1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


Ilmiy va amaliy psixodiagnostikaning asosiy masalalari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə3/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
6594 Majmua

Ilmiy va amaliy psixodiagnostikaning asosiy masalalari.
Psixologiya fanida “psixologik tashxis qo’yish” so’zining ikki xil tushunchasi mavjud. Birinchisi, “Psixodiagnostika” – amaliyotda turli psixodiagnostik usullardan foydalanish mumkin bo’lgan psixologik bilimlar doirasini ifodalab, u o’z ichiga tashxis jarayonini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadigan quyidagi qator masalalarni qamrab oladi: Psixologik xususiyatlar tabiati va ularni ilmiy baholash imkoniyatlarining mavjudligi qanday? Psixologik xususiyatlarni aniqlash jarayonida va miqdoriy baholash vaqtdagi umumiy bo’lgan ilmiy asoslar holati qay tarzda? Hozirgi vaqtda qo’llanila-yotgan psixodiagnostik usul-lar qabul qilingan umum-ilmiy, metodologik talab-larga qanchalik mos keladi? Psixodiagnostikaning turli usullarigaqo’yiladigan me todologik talablar nimalardan iborat? Amaliy psixodiagnostika, jumladan, tashxis jarayonlarini amalga oshirish sharoitlariga qo’yiladigan talablar, olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish usullarining ishonchlilik darajasini asosligi qanday? Psixodagnostik metodlarning ilmiyligini tekshirish va ularni yaratish jarayonlari qanday amalga oshadi? Ikkinchisi, “Psixodiagnostika” – psixologik tashxisning amaliy jihati bilan bog’liq bo’lgan psixologning maxsus faoliyat doirasini o’z ichiga qamrab oladi. Bunda, nafaqat ilmiy, nazariy balki, psixodiagnostikani tashkillashtirish va uni amalga oshirish jarayoniga aloqador amaliy masalalar yoritiladi. Uning tarkibini:
“Psixodiagnostika” – amaliyotda turli psixodiagnostik usullardan foydalanish mumkin bo’lgan psixologik bilimlar doirasini ifodalaydi.
8 uchun qo’yiladigan maxsus talablarni aniqlash; O’z faoliyatini malakali tashkil etishda kerak bo’lgan bilim va ko’nikmalar tartibini joriy qilish;
Psixologning psixodiagnostik metodlarni muvaffaqiyatli va malakali o’zlashtirilishidagi ayrim amaliy shart-sharoitlarni yaratish hamda ularga rioya qilish zarurati; Psixodiagnostik doirada faoliyat ko’rsatadigan psixologni amaliy jihatdan tayyorlash hamda uning kompetentligini baholashda dastur, metod va usullarni ishlab chiqish masalalari tashkil etadi. Yuqoridagi nazariy va amaliy masalalar bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’liq bo’lib, ushbu sohadi yetuk mutaxassis bo’lish uchun psixolog, psixodiagnostikaning har ikkala asoslari bilan yaxshi qurollangan bo’lishi kerak. Faqatgina nazariy, amaliy yoki barcha metodlarni ilmiy asoslarini tushuna bilmasdan mutaxassis sifatida ushbu sohada professionalizmga erishib bo’lmaydi.

Psixologiyada eksperiment metodining qo`llanilishi psixologik bilimlarning


qayta tuzilishida va psixologiyaning falsafa tarkibidan mustaqkil fan sifatida ajralib chiqishida muhim ahamiyatga ega bo`lgan. eksperimental psixologiya XIX asrning o`rtalarida keng rivojlangan fiziologik laboratoriyalar negizida vujudga kela boshlagan. O`sha davrlarda bu laboratoriyalarda-sezgi, idrok, reaktsiya vaqti kabi eng oddiy psixik funktsiyalar o`rganilar edi. Bunday tadqiqotlar falsafa va fiziologiyadan farq qiluvchi eksperimental psixologiyaning fan sifatida vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratdi.
Eksperimental psixologiyaga Vil’gel’m Vundt asos soldi. V.Vundt (1832 - 1920) nemis psixologi, fiziologi, faylasufi va tilshunosi bo`lgan. V.Vundt inson ongini turli qismlarga ajratib, bu qismlar o`rtasidagi aloqa va bog`lanishlarni laboratoriya eksperimenti orqali o`rganadigan fiziologik psixologiya fanini tashkil etish haqidagi g`oyalarni o`zining “Fiziologik psixologiya asoslari” (1880-1881) nomli kitobida ilgari suradi. V.Vundt tomonidan 1879 yili Leyptsig shahrida tashkil etilgan psixologik laboratoriya butun dunyoda eksperimental psixologiyaning markaziga aylandi. Bu laboratoriyada sezgi, idrok, turli qo`zg`atuvchilarga javob berish vaqti assotsiatsiya (bog`lanish)lar, diqqat va oddiy his-tuyg`ular o`rganilgan.
V.Vundtning fikricha nutq, tafakkur, iroda kabi yuksak psixik jarayonlarni eksperiment orqali o`rganish mumkin emas. Bu jarayonlarni o`rganishda madaniytarixiy metodlardan foydalanish maqsadga muvofikdir. Agar dastlabki davrlarda eksperimental psixologiyaning ob`ekti normal etuk insonlar bo`lgan bo`lsa, keyinchalik bolalar, ruhiy kasal kishilar va hayvonlar ustida tajribalar olib borildi (K.Lloyd-Morgan, e.Torndayk).
Eksperimental psixologik tadqiqotlar psixik jarayonlarning umumiy qonuniyatlarini o`rganish bilan cheklanib qolmay, balki sezgirlik, xotira, reaktsiya tezligi kabi individual xususiyatlarni ham qamrab ola boshladi. (F.Gal’ton, D.Kettel). Ayni paytda eksperimental psixologiya zamirida yangi yo`nalish differentsial psixologiya vujudga kela boshladi. eksperimental psixologiya tomonidan qo`lga kiritilgan yutuqlar nazariy ahamiyatga ega bo`libgina qolmay, balki maktabgacha tarbiya pedagogikasidan tortib kosmonavtikagacha bo`lgan inson faoliyatining barcha sohalarida qo`llanila boshlandi. eksperimental psixologiya texnikaviy, ijtimoiy va biologiya fanlar bilan o`zaro bog`liq holda rivojlanmoqda.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin