1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə9/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
6594 Majmua

Birinchi bosqich o'tgan asr 20-yillarining boshidan 30 yillar o'rtasigacha b o ‘lgan davmi o‘z ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng tarqaldi. Bunga b o g iiq ravishda pedalogiya - bola haqidagi fan rivojlana boshlandi. Uning predmeti — bolalar hayotini o‘rganish. irsiyatning rolini, jism oniy va
ma'naviy taraqqiyot qonunlarini aniqlash, bolalar psixikasida kasallik ko'rinishlarini o'rganishdan iborat (K.N.Kornilov, 1917). Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishiga M .S.Bem shteyn, L.S.Vigotskiy, P.P.BIonskiy, S.G.Gellershteyn,
N.D.Levitov, G.l.R.ossolimo, PX Shpilreyn, A.M .Shubert va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. O lim lar tomonidan ilgari surilgan qator ilg‘or fikrlar keyinchalik rivojlantirilm adi, chunki 1936 yildan keyin bu sohadagi barcha tadqiqotlar to ‘xtatildi va psixodiagnostikaning keyingi rivojlanishiga jiddiy to‘siq yuzaga keldi.
Mashhur rus psixologi L.S.Vigotskiy shaxs psixik taraqqiyoti xususiyatlarini o ‘rganishga muhim hissa qo'shdi. Uning ta'limoti insonga xos b o ‘lgan psixik jarayonlar va inson ongining tarixiy rivojlanishiga b a g ‘ishlandi. Uning fikricha, bolalar psixik taraqqiyoti insoniyat m adaniyatini o ‘zlashtirishi natijasida ro‘y beradi. Bunda shaxs shakllanishida ta'lim va tarbiya jarayonlari etakchi rol o'ynaydi.
Psixodiagnostikaning rivojlanishidagi ikkinchi bosqich 50 - 60- yillarga to‘g ri keladi. Bu davrda aqliy taraqqiyotni o'rganishga katta e'tibor berildi. Jum ladan, A.A.Lyublinskaya tadqiqotlarida nutq va uning funktsiyalarining rivojlanish xususiyatlari o ‘rganilgan. A.R.Luriya rahbarligida faoliyatni boshqarishda nutqning roli o'rganildi. A .N .Leont'ev va A.V.Zaporojets rahbarligida asosiy psixik jarayonlarning rivojlanishida faoliyatning roli o ‘rganilgan. D.B.Elkonin rahbarligida nutqning rivojfanishi va bog'cha davrida o'yinning etakchi faoliyat turi sifatidagi roli aniqlandi. Bu tadqiqotlardan olingan natijalar bolalar uchun ta'lim va tarbiya
dasturlarini tuzishda asos bo’lib xizm at qildi. Rus psixologlari tomonidan ishlab chiqilgan aqliy taraqqiyotni sifatiy tahlil qilish tamoyili qator vazifalami hal qilishda o‘z mahsuldorligini namoyon qildi va k o kpgina tadqiqotlarda o ‘z aksini
topdi (Z.I.Kalmikova, 1975, 1982; G. A. V ardanyan, 1979; L A .V enger, 1974; K.M .Gurevich, 1980; V.I.Voytko, Yu.Z.Gilbux, 1981; D.B.Elkonin, 1982; V.V.Stolin, A .G .Shm elev, 1987; L.F.Burlachuk, S.M.Morozov, 1989 va boshqalar). Psixologik diagnostikaning kichik amaliy yo'nalishi u yoki bu hodisalarni bilishga va tavsiflashga qaratilgan.
B.G .A nanev (1968) psixologik diagnostikani psixologik tadqiqotlarga qaratilgan yo‘nalish, deb ta'riflaydi, uning maqsadi, psixofiziologik funksiyalar, jarayonlar va shaxs xususiyatlari rivojlanish darajasini aniqlash, turli qo‘zg“atuvchilar ta'sir qilganda inson holatini bilish. insonning mehnat qobiliyatini, layoqatini aniqlashdan iborat. K..K. Platonov (1974) psixologik diagnostikani psixik hodisalarning xossa va xususiyatlarini o’rganish haqidagi fan, deb hisoblagan. K.N.Gurevich (1974) esa insonlarni psixologik va psixofiziologik belgilari b o ‘yicha ajratish va tavsiflash metodlari haqidagi fan deb hisoblaydi. V.V.Stolin va A .G .Shm elev (1984) psixodiagnostikani psixologik diagnoz qo'yish haqidagi fan deb
bilishgan.
Diagnoz (tashxis) - sinaluvchining alohida k o ‘rsatkich va xarakteristikalarini chuqur tahlil qilish asosida uning xususiyati va holati haqidagi xulosadir. Shu bilan birga psixodiagnostik tadqiqot, eksperimental tadqiqotdan tubdan farq qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ individlar guruhi haqida m a'Ium ot olinadi. eksperimental tadqiqotda nazariy faraz tekshiriladi. Shuning hisobiga
psixodiagnostika maxsus m etodik tam oyillarga bo‘ysunadi. Lekin psixologik diagnostikaga turlicha ta’rif berishlariga qaram asdan, uning asosiy tushunchasi «psixologik diagnoz» tushunchasi b o iib qoladi.
Hayotda biz kasalxonalarda turli kasalliklarga diagnoz (tashxis) q o ‘yishlariga o ‘rganib qolganm iz. Bunda tashxisning to4g ‘riligi tekshirishning turli klinik m etodlaridan foydalanishga bog’liq bo’ladi. Qator hollarda bunday diagnostika m urakkab apparaturali test m etodlaridan foydalangandan keyingina mumkin bo’ladi. Eksperimental diagnostikada ham tadqiqotchi turli metodlar, apparaturali testlardan foydalanadi. O lingan m alumotlar asosida psixolog sinaluvchining xulq-atvori, faoliyati haqida xulosa chiqaradi, ya'ni shaxsga psixologik diagnoz qo'yadi. Psixologik diagnoz q o ‘yishning umumiy sharoitlariga aloqador asosiy m ezonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: psixologik diagnoz insonga xos bo lg an maxsus hodisa va xususiyatlarni ochib berishi kerak;
har qanday diagnoz olingan natijalami bayon qilish bilan chegaralanmasligi, u yoki bu belgining vujudga kelish sababi, oqibati, keyingi rivojlanishi ham namoyon boMishi kerak. Psixologik diagnoz tadqiqot sharoitida inson xulq-atvorini xarakterlaydigan material asosida tushuntiriishi kerak. Sinaluvchining shaxsiy hayot va psixik faoliyati haqida eksperimental tadqiqot y o ‘li bilan m a'lum otlar asosida psixologik diagnoz
q o ’yiladi. Tadqiqotchi psixik faoliyat natijalari haqida ma’lumot olish
uchun turli psixodiagnostik m etodlardan foydalanadi (N.A.M enchinskaya, 1966; Z.I.Kalmikova, 1968; S.Ya.Rubinshteyn, 1970; B .V .Zeygarnik, 1976; V.M .BIeyxer, 1976; L.F.Burlachuk, 1979; M .K .G urevich, 1984 va boshqalar).
Respublikam izda psixodiagnostikaning rivojlanishiga M .G.D avIetshin, B.R.Qodirov, G ‘.B.Shoumarov., E.G i.G ioziev, V .A .Tokareva, R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, Sh.R.Baratov, A.Jabborov, Z.T. Nishanova, Sh.A .Do‘stmuhamm edova, E.N.Sattorov, G .To‘laganova kabi olimlar o ‘z hissalarini
qo‘shganlar.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin