1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


Birinchi statistik asoslangan testlar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə8/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
6594 Majmua

Birinchi statistik asoslangan testlar
Ilk maxsus, psixometrik tadqiqot markazi mashhur angliyalik psixolog Galton tomonidan Angliyada tashkil etilgan edi. 1884 yilda u Antropometrik laboratoriyaga asos soladi. Laboratoriyaning asosiy vazifalaridan biri, inson qobiliyatlari haqidagi statistik ma’lumotlarni yig’ishdan iborat edi. Mazkur laboratoriyaga tashrif qiluvchilar ixtiyoriy ravishda o’z qobiliyatlarini o’lchash imkoniyatiga ega bo’lishib, o’z davrida undan deyarli 10000 ga yaqin kishi foydalangan edi. Galton statistikani psixologiyada qo’llashning tashkilotchisi hamda statistik metodlarni ishlab chiqishda katta xizmat ko’rsatgan edi. 1877 yilda Galton psixologiyada korrelyasiya metodini qo’llashni taklif etadi va buning uchun u Fisher hamda Pirson kabi matematik olimlarni hamkorlikka chaqiradi. Olimlar birgalikda nafaqat matematika sohasida, balki psixologiyada ham muvaffaqiyatli natijalarga erishadilar. Masalan, Fisher dispersion tahlilni, boshqa bir matematik olim, Galton zamondoshi Spirmen esa faktorli tahlilni kashf etdilar. Spirmen psixologiya tarixida 1904 yil e’lon qilingan “Obshiy intellekt, obyektivno opredelenniy i izmerenniy” nomli maqolasi bilan alohida o’rin egalladi. Birinchi statistik asoslangan testlardan biri intellektga oid bo’lib, fransuz olimi A.Bine tomonidan 1905-1907 yillarda ishlab chiqildi va keng ommaga e’lon qilindi. Biroz vaqt o’tgach u boshqa fransuz olimi T.Simon bilan hamkorlikda bu testni mukammallashtirdi va psixodiagnostika tarixiga “Bine-Simon testi” sifatida kirib keldi.
XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmida yangi psixologik, jumladan intellektual va shaxsga oid, turli jarayon va xususiyatlarning psixodiagnostikasini amalga oshiradigan testlar yuzaga kela boshladi. Shuningdek, so’nggi miqdoriy xarakterdagi psixodiagnostik usullar qatoridan, ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar bilan bog’liq bo’lgan sosiometrik testlar ham o’rin egallagan edi.
Psixologik diagnostika fan sifatida XX asr oxirida eksperimental asosda vujudga keldi. Psixologik diagnostikaning vujudga kelishida F.Galton (1879); J.Cattell (1890); H.Ebbinghaus (1891); A.Binet va V.Henri (1896); A.Binet va Tb.Sim on (1905)
larning ishlari katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu tadqiqotlarda individual farqlarni o‘rganishning yangi statistikaga asoslangan quroli - test ishlatila boshlagan. Psixologiyada ilk bor psixometrik yo'nalish asoschisi F.Galton testlar yaratgan. Dastlabki test aqlni o ‘lchash metodi sifatida q o ‘llanildi, keyinchalik esa undan shaxsni. uning reaktsiyalarini o'rganishda foydalanila boshlandi. Psixodiagnostikada yangi metodlami ishlab chiqish psixiatrik shifoxonalarning ehtiyojlari tufayli kuchaytirildi. Keyinchalik esa kasb tanlash ishlari bilan bog‘liq psixotexnikaning ta
raqqiyoti bilan yanada rivojlantirildi.
Psixologik diagnostika fan sifatida 1920-yillarda keng shakllana bordi. Shveytsariyalik psixolog va psixiatr H .Rorsach (1921 )ning «Psixodiagnostika» asari nashr etilishi bilan psixodiagnostikaga asos solindi.
Psixodiagnostika tushunchasi individni o ‘rganadigan barcha metodlar majmuini o 'z ichiga oladi. Bu kitob nashr etilishi bilan psixologik diagnostika taraqqiyotida yangi davr boshlandi, u psixometriyadagi shaxsni o'rganish yangi m etodlari bo'lm ish proektiv metodlar bilan bog‘langan edi. Proektiv psixologiya bir butun shaxsni o ‘rganish mumkin emas, deb talqin qiluvchi psixometrik nuqtai nazar va bixeviorizmga qarshi e’tiroz bildiruvchi fan sifatida rivojlana boshladi. Keyinchalik psixodiagnostikada yangi m etodlar yaratilishi bilan birga birlashtirilgan (kombinatsiya qilingan) testlar qo’ilanila boshlandi. Masalan, aqlni o ‘rganish m etodlari orasida amerikalik psixolog D.W echsler(1939, 1955)ning subtestlari keng tarqaldi.
Yangi proektiv metodlar ham yaratilib, keng foydalanila boshlandi. (Amerikalik psixolog G.M urray(1935, 1943)ning Tematik Appertseptsion Testi (TAT), nemis psixologi S.Rosenswegning frustratsiyaga bo'lgan reaktsiyani o'rganish bo’yicha testi va boshqalar.) Shaxsiy savolnom alar (MMRI, 16 PF) keng tarqaldi.
Rus psixologiyasida diagnostik m etodlardan foydalanish o’z tarixiga ega. Bu jarayonda shartli ravishda 2 bosqichni ajratish mumkin.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin