1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


Ijtimoiy-psixologik hodisalarni o’rganishda ishlatiladigan testlar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə11/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
6594 Majmua

Ijtimoiy-psixologik hodisalarni o’rganishda ishlatiladigan testlar
Test tushunchasi hayotimizga eng ko’p uchraydigan atamalardan biri hisoblanadi. Bu – shaxsga, guruh yoki ijtimoiy qatlamga taalluqli bo’lgan ayrim xususiyatlar va holatlarni qisqa fursatda tekshirib olish usulidir. Bugunga kelib, testlarning juda ko’plab turlari mavjud. Ular haqida uslubiy adabiyotlarda yetarli darajada
49 ma’lumotlar bor. Amaliyotda, asosan, verbal yoki noverbal testlar ishlatiladi. Birinchisida tekshiriluvchi hukmiga savollar majmui havola etish, ularga qay tarzda javob berish kerakligi to’g’risida ham ma’lumot beriladi. Bir qarashda bu, standartlashtirilgan anketani eslatadi.
Noverbal testlarda esa, tekshiruv materiali sifatida rasm, konkret jism va texnik apparaturadan foydalaniladi. Shuningdek, qo’llarni yoki barmoqlarni bir-biriga bog’lash topshirig’i orqali xarakterni o’rganish ham noverbal testga misol bo’ladi. Bu usul, asosan, bolalar bilan ishlaganda; til muammosi paydo bo’lib, boshqa davlat vakillari o’zga yurtlarda qiyosiy tekshiruvlar o’tkazishganda; proyektiv metodikalar qo’llanganda ishlatiladi. Noverbal testlarning ham, verbal testlarning ham o’ziga xos afzalliklari va cheklanganlik darajasi mavjud. Nima bo’lganda ham, testning qay darajada bizni qiziqtirayotgan sifatni aniqlay olishiga e’tiborni qaratish kerak. Chunki hozirda shunday yuzaki tuzilgan, vaqtni maroqliroq o’tkazishga qaratilgan testlar mavjud bo’lib, ularning rus yoki ingliz tilidan to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilingan shakllari ishonchsiz va ilmiy asoslanmagan hisoblanadi. Masalan, gazetalar sahifalarida beriladigan (ko’pincha payshanba sahifalarida) “Siz rashkchimisiz?”, “Siz baxtlimisiz”, “Sodiq do’st bo’la olasizmi” kabi testlar ilmiylik va ijtimoiy hayot qonuniyatlari bilan aloqasi yo’q hisoblanib, bo’sh vaqtni o’tkazish uchun o’ylab topilgan vositalardir. Shuning uchun korxona yoki tashkilot rahbari amaliyotchi psixolog (ekspert) jamoadagi biror ijtimoiy hodisani o’rganmoqchi bo’lib, bunda testlardan foydalanmoqchiligini aytsa, o’sha testning texnik tasnifini, ma’lumotlarning ishonchliligi darajasini qanday qilib isbot qilishini, mahalliy sharoitga qachon va qanday qilib moslashtirilganini albatta so’rashi lozim. Shundan keyingina tajriba o’tkazishga ruxsat berish maqsadga muvofiq sanaladi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin