1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə10/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
6594 Majmua

Nazorat uchun savollar.
1.Psixodiagnostikaning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar nima?
2. Dastlabki diagnoz qanday qilib qo‘yilgan?
3. Testlarga ehtiyoj qanday vujudga kelgan?
4. Psixodiagnostikani rivojlanish bosqichlari?
5. Psixodiagnostikaning uchinchi rivojlanish boqichi haqida fikr bildiring?
5.6-MAVZU: Psixodiagnostik tekshiruvda qo’llaniladigan asosiy metodlar haqida umumiy ma’lumot.
Reja:
1.Metod va metodika haqida tushuncha. Standartlashtirilgan va eksport (klinik) metodlarning o’zaro farqlari.
2.Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Test turlari.
3.So’rov metodi va uning asosida ishlab chiqilgan metodlar. So’rovnoma turlari.
Tayanch so‘zlar: Eksperiment, psixologik laboratoriya, intervyu, kontent analiz, korrelatsion tahlil, kuzatish, kuzatuvchilik, metod, miqdoriy tahlil.
Kuzatuv va eksperiment metodlarining imkoniyatlari
Ijtimoiy-psixologik amaliyotda guruh ichida kuzatish va guruhdan tashqari kuzatish turlari farqlanadi. Birinchisida tekshiruvchi odam, guruh ichiga a’zolar qatorida kirib olib, kechayotgan jarayonlarni tizimiylashgan tarzda o’rganib boradi. Tashqi kuzatuvning o’zi yashirin yoki ochiq bo’lishi mumkin. Chunki, ba’zan biror tashkilot a’zosi yoki yaxlit guruh faoliyati zimdan kuzatib boriladi. Sinaluvchi bu haqda bilmaydi yoki oynali moslama orqasidan turib, kuzatiladi.
Ba’zi hollarda videokameraga yozib olinib o’rganiladi. Shuningdek, bu masalaning huquqiy va etik jihatlari ham bor. Chunki kuzatilayotganlar jinoyatchi hisoblanishmaydi, ular uchun prokuror sanksiyasi ham kerak emas. Lekin ma’lumotlar tabiiy sharoitda, maksimal tarzda obyektiv bo’lishi uchun yuqoridagidek jarayon tashkil etiladi. Shuning uchun, odob nuqtai nazaridan korxona rahbari kuzatish bo’layotganligi haqida jamoa a’zolarini xabardor qilib qo’yadi. Tashqaridan ochiq kuzatishning ham afzallik va kamchilik tomonlari mavjud. Chunki, bunda tashqaridan taklif qilingan mutaxassis yoki ekspert korxona ish faoliyatini to’la o’rganayotganligi haqida oshkora aytishga majbur bo’ladi. Bu holat xodimlarni vaziyatga nisbatan biroz sun’iy tutishga majbur qiladi. Ya’ni, ilgari ishga kechikadiganlar endi o’z vaqtida keladigan bo’lib qoladilar. Afzalligi – kuzatishning tabiiy, mehnat faoliyati sharoitida tashkil etilganligidadir. Umuman kuzatish metodining kamchiligi sifatida, tizimiylashgan tarzda, qisqa davr ichida, rasmiy ma’lumotlarni olib bo’lmasligini e’tirof etish mumkin.
Bu o’rinda formallashtirish ayrim hodisalar va sifatlarga qaratilgan bo’lishi mumkin. Masalan, sosiometrik kuzatuvda guruh a’zolarini bir-birlariga murojaatlari va muomalalari soni hamda ularning qaytarilishi inobatga olinadi. Jumladan, butun kuzatuv jarayonida guruh doirasida A shaxsga qarata eng ko’p marta murojaat qilingan bo’lsa, bu qiymatni boshqalarga nisbatidan A ning jamoadagi statusini belgilash mumkin bo’ladi. Mohiyatan kuzatish metodi ijtimoiy psixologiyadagi eksperiment metodiga ancha yaqin. Amalda psixologlar eksperimentning natural, xayoliy (fikriy), dala hamda laboratoriya shaklidagi turlarini farqlaydilar. Natural yoki tabiiy eksperiment biror obyektni o’rganish maqsadida aniq mo’ljal bilan konkret narsaga ta’sir ko’rsatishni nazarda tutadi.
Xayoliy yoki fikran o’tkaziladigan eksperiment esa, real obyektni emas, balki unga aloqador ma’lumot va uning modeli bilan ishlashni taqozo etadi. Lekin bu xayoliy yoki modelli obyekt realiga imkon qadar yaqinlashtirilgan bo’lishi kerak. Dala eksperimenti tabiiydan farqli ravishda, o’rganilayotgan obyektni bevosita faoliyati jarayonida, ya’ni tabiiy sharoitda diagnostika qilishni nazarda tutadi. Laboratoriya eksperimenti – maxsus laboratoriya sharoitlarda, asbob-uskuna
(integratorlar, gomeostatlar, “Arka”, “Estakada”, “Labirint”, “Guruhiy ritmograf”, “Guruhiy volyuntograf”, “Sensorli integrator” va boshqa)larni ishlatish vositasida amalga oshiriladi. Ularning barchasi guruh sharoitida hamkorlik, o’zaro ta’sir, harakatlarni muvofiqlashtirish, moslashtirish qoidalarini eksperimental sharoitlarda ishlab chiqishni taqazo etadi. Lekin har qanday eksperiment ma’lum ma’noda tekshiriluvchilar faoliyatiga begonalarning aralashuvini nazarda tutgani uchun ham, odatda, ularga nisbatan ehtiyotkorlik va ishonchsizlik borligini unutmaslik kerak. Bunda eksperiment o’tkazuvchi o’ta professional va bilimdon bo’lgandagina ishonchli hamda asosli ma’lumotlarni qo’lga kiritish mumkin.
Ijtimoiy-psixologik diagnostika va so’rov usullari
So’rov metodlari ijtimoiy psixologiyada juda keng tarqalgan usullardan. Bu – bevosita yoki bavosita yo’l bilan og’zaki yoki yozma tarzda ma’lumotlar olish usulidir. Uning natijasida odamlarning u yoki bu ijtimoiy hodisa, qonuniyat yoki shaxs to’g’risidagi fikrlari, baholari, ustanovkalari, ongga o’rnashib qolgan fikrlari – stereotiplari aniqlanadi. So’rovning ikkita asosiy turi mavjud: intervyu anketa. Biz, odatda, jurnalistlar tomonidan so’roqqa tutilgan odamlar savol-javoblarini ko’rishga o’rganib qolganmiz. Bu oddiy intervyu bo’lib, ijtimoiy hayotning u yoki bu hodisasiga nisbatan ijtimoiy fikr o’rganilgandagina ishlatiladi. Lekin psixologik intervyu biroz murakkabroq jarayon. Chunki bunda bevosita muloqot jarayonida insonlarning yuraklaridagi yashirin fikrlari, hodisalarga subyektiv munosabatlari, o’tmish xotiralar va ularning talqini orqali juda muhim hayotiy faktlar aniqlanadi.
Jurnalistdan farqli, psixolog intervyu jarayonini erkinroq olib borishga, maksimal tarzda shaxsiy fikrni ajratib olishga intiladi. Shu bois, oldindan aynan qanday javoblar olishini bilmaydi. Psixolog ana shunday intervyuni guruh sharoitida ham o’tkazishi mumkin. Bunda muloqot munozara – diskussiya shaklida o’tkazilib, diagnost fikrlarni umumlashtirib, oxirida o’ziga zarur ma’lumotni to’plab oladi. Lekin bu jarayon oson emas. Misol uchun O’zbekiston TVdagi “Bahs”, “Men nechun sevaman O’zbekistonni”, “Azizim”, “Oddiy haqiqatlar” kabi ko’rsatuvlar guruh sharoitidagi so’rovga misol bo’la oladi. Bundan tashqari, ommaviy intervyu tushunchasi ham bor. Bu ijtimoiy fikrni, kayfiyat, tanglik kabi hodisalarni o’rganishda ishlatiladi (E. Noel. “Massoviye oprosi”). Bunda omma fikrini o’rganish uchun ma’lum “chizma” bo’yicha oldindan javob variantlari nazarda tutilib anonim so’rov o’tkaziladi. Ommaviy intervyu maksimal tarzda formallashtirilgan va standartlashtirilgan jarayondir. Bunday intervyuni telefon orqali ham amalga oshirish mumkin. Yozma so’rov usuli ma’lumki, anketa deyiladi. Bu usul ham ko’pchilik fikrini qisqa muddatlarda aniqlash zarurati tug’ilganda ishlatiladi. Anketani tarqatishning pochta orqali, pressa orqali va bevosita turlari mavjud bo’lib, bizda oxirgi yillarda asosan bevosita tekshiruvchi bilan respondent uchrashuvini nazarda tutuvchi anketa so’rovi qo’llaniladi. Anketaga kiritilgan savollar ochiq yoki yopiq turli bo’lishi
48 mumkin. Ochiq anketadagi savolga javob variantlari berilmaydi, respondent nimani yozishni xohlasa, shuni yozadi. Masalan, “Sizningcha, korxonangizning 5 yildan keyingi istiqbolini qanday tasavvur qilasiz?”, “Siz uchun baxt nima?” kabilar ochiq savollarga kiradi. Bu subyektiv fikrlarni o’rganish uchun yaxshi, lekin har doim ham odamlar o’z fikrlarini aniq va muxtasar bayon eatvermaydi. Qolaversa, ochiq savollarga berilgan javoblarni talhil qilish ham ma’lum professional tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun oxirgi yillarda ijtimoiy hayotni o’rganishda anketaning yopiq savollardan iborat turi ko’proq ishlatilmoqda. Yopiq anketa savollariga berilishi mumkin bo’lgan javoblar oldindan ko’rsatiladi. Masalan: “Korxonangiz istiqboli nimalarga ko’proq bog’liq? a) mehnat unumdorligining oshishiga; b) malakali kadrlar soniga; v) rahbarlik usulubining takomillashuviga; g) tashqi investisiyalarning dadil jalb etilishiga; d) ish sharoitlarining yaxshilanishiga; ye) yangi texnologiyalar va asbob-uskunalarga; j) yana (yozing)____________________” Anketalarga qo’yiladigan asosiy talablardan biri – unga kiritilgan savollarning hamma uchun tushunarli bo’lishidir. Shuningdek, savollarning va ularga berilgan javoblarning maksimal tarzda qisqa bo’lishi va anketaning hajm jihatdan juda katta bo’lmasligi respondent vaqtini ko’p olmasligini kafolatlaydi.
Bundan tashqari, ijtimoiy-psixologik fenomenlar o’rganilayotganda, har bir savol o’z o’rnida kiritilishi, u mazmunan kishida shubha uygotmasligi, samimiy javobga chorlashi lozimdir. Ba’zan anketalardagi savollar saviyasini pastligi tekshiruvchining yengiltakligini baholab, jiddiy javob ololmaslik holatlarini ham keltirib chiqaradi. Masalan, ba’zan umuman odobsiz savollar beriladi: “Musiqani yoqtirasizmi?”, “Ota-onangizni sevasizmi?” kabi. Yoki ba’zida uzundan-uzun savollarning berilishi respondent o’zidan nimani xohlashayotganliklarini his qilish darajasini pasayishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham psixologik tekshiruvlarda o’rinli, ma’noli, jo’yali savollar tuzish, ularning birin-ketinligi va tartibi masalasiga katta ahamiyat berishlishi zarur. Sosiometrik so’rov ham anketaning bir turi hisoblanadi. U aynan guruhdagi shaxslararo munosabatlarnigina aniqlagani bois, uni ba’zan mualliflar psixologik testlar qatoriga ham kiritishadi.
Nima bo’lganda ham bu usul yordamida guruhiy hodisalar, unda har bir a’zoning tutgan o’rni, liderlikning taqsimoti va jamoadagi ma’naviy muhit o’rganiladi. Hozirda sosiometrik so’rovning yuzlab modifikasiyalari mavjud bo’lib, dastlabki ma’lumotlar olishning samarali vositasi sifatida undan ko’plab tadqiqotchilar foydalanadilar.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin