1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə6/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
6594 Majmua

Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. eksperimental psixologiya psixologiyaning qanday sohasi hisoblanadi?
2. eksperimental psixologiyaning vujudga kelishi qaysi davrga to`g`ri keladi?
3. eksperimental psixologiyaga kim asos solgan?
4. V.Vundtning psixologik laboratoriyasi kachon tashkil etilgan?5. Psixologik tadqiqotlarga quyiladigan talablarni sanang?
6. Tadqiqot qanday bosqichlarda amalga oshiriladi.

3.4-MAVZU: Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fani tarixi
Reja:
1.Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning psixologik tadqiqotlar sohasi sifatida shakllanguncha bo‘lgan davrda psixodiagnostikaga oid bilimlar taraqqiyotidan lavhalar.
2. (Qadimgi Xitoy, Yunoniston, Bobil va boshqa davlatlarda kundalik hayot ehtiyojlari ta`sirida ilk psixodiagnostik va eksperimental tekshiruvlarning o‘tkazilishi, o‘rta asr faylasuf va yozuvchilari asarlarida psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaga doir qarashlarning ifodalanishi).
3. Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri (XX asrning 20-yillaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davrda psixodiagnostika va eksperimental psixologayaga oid bilimlarning to‘planishi).
4 Sobiq ittifoqda psixodiagnostika va eksperimental psixologaya fanining taqdiri.
5. O‘zbekistonda eksperimental laboratoriyalarning ochilishi.


Tayanch tushunchalar:psixofizika, psixofiziologiya, psixologik laboratoriya, psixodiagnostika, psixometrika.

Psixodiagnostika yuzaga kelishi bevosita psixologiya fanining tarixi bilan uzviy bog’liq, ya’ni uning amaliy jihatdan namoyon bo’lishida katta ahamiyat kasb etadi. Zero, inson psixikasining tarixi har qanday psixik taraqqiyotni asosi bo’la oladi... Ma’lumki, psixologiya qadimiy fanlardan hisoblanib, u bundan 2,5 ming yil ilgari paydo bo’lgan.


Qadimgi grek faylasuflaridan Geraklit, Demokrit, Gippokrat, Sokrat, Platonlarni asarlarida kishining joni va ruhiy hayoti to’g’risida xilma-xil fikrlar bayon qilinganini uchratish mumkin. Inson ruhiy hayoti haqidagi ayrim fikrlarni qadimgi xitoy va hind mutafakkirlarining asarlarida ham uchratish mumkin. Lekin inson psixikasi haqidagi muntazam ta’limotni birinchi marta yunon faylasufi Aristotel (Arastu) yaratgan. U “Jon haqida” degan asarida psixika haqida batafsil to’xtalib, uning muhim qirralarini tushuntirishga harakat qilgan. Shu bilan bir qatorda, o’zidan oldin yashab o’tgan olimlarning qarashlariga ilmiy sharh bergan. Shu sababli ham u psixologiya fanining “otasi” hisoblanadi.
Qadimgi davrda vrachlar va boshqa tadqiqotchilar psixik hodisalarni miya faoliyatining mahsuli ekanligi haqida taxmin qilishib, turli ruhiy kasalliklarni uning buzilishi, deb to’g’ri talqin qilishgan. Har qanday psixik jarayon o’z-o’zicha hosil bo’lishi mumkin emas, ya’ni psixika faqat u yoki bu qo’zg’otuvchining miyaga ta’siri tufayligina vujudga keladi. Psixika boshlanishi qo’zg’otuvchini ta’sirida bo’lsa, uning natijasi organizmni unga nisbatan javob reaksiyasidir. Shu bois ham psixik faoliyat miyaning aks ettiruvchi, reflektor faoliyatidangina iboratdir.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin