1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


Psixologik tadqiqot bosqichlari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə5/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
6594 Majmua

Psixologik tadqiqot bosqichlari:
1. Tayyorgarlik bosqichi: vazifa, faraz va metodikani aniqlab olish.
2. Ma`lumot to`plash bosqichi. Metod kichik bosqich va seriyalarga bo`lib o`tkaziladi.
3. Tadqiqot natijalarini miqdoriy tahlil qilish bosqichi korrellyatsiya koeffitsienti,
o`rtacha qiymat, standart og`ish va boshqalarni hisoblash, grafiklar tuzish.
4. Natijalarni interpretatsiya qilish, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
YUqoridagi bosqichlar asosida tashkil etilgan psixologik tadqiqotlar ko`zlangan maqsadga olib borish imkoniyatiga ega bo`ladi. Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishga qo`yiladigan talablar:
1. Tadqiqotni rejalashtirish metod va metodikalarni tanlash va ularni moslashtirishni
o`z ichiga oladi. Psixologik tadqiqot uchun ajratib olingan jarayonga ta`sir etuvchi barcha ichki va tashqi omillar e`tiborga olinishi kerak. Rejalashtirish-bu tadqiqotning mantiqiy va xronologik loyihasini tuzish, tekshiriluvchilar soni va kontingentini aniqlash, tekshirishlar sonini belgilash, matematik statistik tahlil rejasini ishlab chiqishdan iboratdir.
2. Tadqiqot o`tkaziladigan joy tashqi ta`sirlardan holi bo`lishi (xech bo`lmaganda ular hisobga olinishi kerak). Sanitariya-gigiena va injener-texnik talablarga javob berishi zarur.
3. Tadqiqotning texnikaviy ta`minoti hal etilishi, lozim bo`lgan vazifalarning talablariga mos bo`lishi kerak.
4. Tekshiruvchilarni tanlashda ularning sifat jihatdan bir xil bo`lishiga e`tibor berish lozim.
5. Tadqiqotchi ishni rejalashtirishdan tortib xulosa va tavsiyalar ishlab chiqqunga kadar tadqiqotning borishiga, shubhasiz, ta`sir etib turadi.
6. Tekshiriluvchi uchun ko`rsatma rejalashtirish bosqichida tayyorlanib, u qiska,
lo`nda va tushunarli bo`lishi kerak.
7. Tadqiqot bayonnomasi to`liq va maqsadga muvofiq holda to`ldirilib borilishi
zarur.
8. Olingan ma`lumotlar miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilinishi lozim. Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri natijalarni sifat jihatdan tahlil etilishidir. Bunda tekshiriluvchi tomonidan vazifani necha marta bajarganligi emas, qanday amalga oshirganligi e`tiborga olinadi. Psixodiagnostik va eksperimental bilimlar qo‘llanadigan sohalar.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin