1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


Ijtimoiy-psixologik hodisalarni o’rganuvchi noan’anaviy metodlar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə12/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
6594 Majmua

Ijtimoiy-psixologik hodisalarni o’rganuvchi noan’anaviy metodlar

Biz quyida bayon qiladigan usullar fanda umuman yo’q bo’lgan yoki boshqa fanlardan olinganlar sirasiga kirmaydi. Ular ayrim sabablarga ko’ra ilgari ilmiy metod sifatida qaralmagan, ammo hozirda zamonaviy, deb e’tirof etilayotgan metodlardir. Masalan, rus olimi G.V.Shekinning vizual psixodiagnostikasi ana shundaylar sirasiga kiradi. Bu usulning mohiyati va uning asosini tashkil etuvchi omil – ijtimoiy obyektda bevosita ko’zga tashlanadigan simptomlar va belgilar hisoblanadi. Simptomatika – muallifning fikricha, vizual ijtimoiy-psixologik diagnostikaning asosiy elementidir. Lekin ijtimoiy-psixologik hodisalar tabiatan murakkab jarayonlar bo’lgani uchun ham, bu usul barcha jabhalarni qamrab olishi mumkin, deb bo’lmaydi. Masalan, muloqot jarayonini oladigan bo’lsak, biz har doim suhbatdoshning gaplarinigina e’tiborga olgan holda xulosa chiqaramiz. Lekin bu jarayonda noverbal vositalar ham mavjud bo’lib, ular muloqatni to’ldiradi, boyitadi va kuchaytiradi. Bu holat bizning qiliqlarimiz, mimika, pantomimikamiz, yuz qiyofamiz, lablarimiz, peshonamiz, qomatimizning holati va hokazolar orqali tavsiflanadi. Ana shu belgilar vizual psixodiagnostika predmetini amaliy ahamiyatini ko’rsatadi.


Quyida biz ayrim qiliqlarning vizual ma’nolari sharhini keltiramiz. Ochiqlik. Qo’l kaftining ochiq tarzda yuqoriga qaratilganligi; kostyum tugmalarining yechib qo’yilishi (yoqtirgan odamlari davrasida odam ko’pincha kostyumini yechib ham o’tirishni afzal ko’radi). Himoya. Biror tahdidga qarshi odamdagi himoyani ifodalovchi belgilarga ikki qo’lni ko’krak qafasida chalishtirib turishni kiritish mumkin. Baholash. O’ychanlik va xayolparastlikni ifodalovchi qiliqlar shundayki, bunda odamning qo’llari beixtiyor uning chakkasida bo’ladi. Yoki yarim musht holdagi qo’llariga chakkasini tiragan holda xayol suradi. Shubhalilik va pismiqliqlik. Bunda qo’l og’izni go’yoki yopadi, nigoh atrofga qaratilgan, bo’yinga, burunga yengilgina tegish – shubha alomatini ifodalaydi. Ustunlik-tobelik. Qo’l berib so’rashayotgandayoq ustunlik alomatlari namoyon bo’lishi mumkin. Sherigining qo’lini qattiq qisgan holda, o’z kaftini yuqoriga qaratgan tarzda burishi, bunga misoldir. Tayyorlik. Qo’llarning tizzada bo’lishi – biror ishga hozirlik belgisidir. Shunga o’xshash har bir ko’zga tashalanadigan qiliqlarimiz bizga sherigimiz haqida ma’lumot beradi (“Yazik tela”. A.Shtangl)

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin