1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja



Yüklə 460,36 Kb.
səhifə5/64
tarix13.10.2022
ölçüsü460,36 Kb.
#65093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
ЭТКМдан маруза матн 2019-2020 oxirgi

«Fundamentalizm» - (lotincha - «asos») tushunchasining ma’nosi muayyan ijtimoiy hodisaning dastlabki ko’rinishini anglatadi.
«Diniy fundamentalizm» - «Ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo’l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin», degan fikrni ilgari surish ta’limotini anglatadi.
Istilohda aqidaning o’zgarmasligini himoya qiladigan, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, so’zma-so’z talqinga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo’yadigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang’ich davrida belgilangan barcha yo’l-yo’riqlarni qat’iy va og’ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo’llaniladi.
«Fundamentalizm» atamasi yuqorida qayd etilganidek, aslida xristian dini bilan bog’liqdir. «Fundamentalizm» iborasi ilk bor I Jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantizmdagi ortodoksal oqimlarni ifodalashuchun ishlatilgan. Bu oqim 1910 yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an’anaviy aqidalariga, ayniqsa, Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlash, uni so’zma-so’z sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada kengtarqalib ketdi. 1919 yili Filadelfiyada Jahon hristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
XX asrning 70-yillaridan boshlab, bu so’z islomga nisbatan qo’llanila boshladi. Bunda «fundamentalizm» atamasi - Qur’on va hadislarni so’zma-so’z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan aqidalarni targ’ib qiluvchi diniy-konservativ ruhdagi Yo’nalishga nisbatan ishlatildi. Buning natijasida jahon matbuotlarida islom niqobidagi mutaassib jangarilarini «fundamentalistlar» deb atash ham odattusiga kirdi.
Shunday ekan, ekstremizm yoki fundamentalizmni faqat muayyan din bilan bog’lash mutlaqo asossizdir. Xususan, islom dini, u bilan bog’liqturmush tarzi va qadriyatlar majmui hech qachon ekstremistik tuzil- malarning go’yo din va musulmon jamoasi ravnaqi yo’lida amalga oshirayotgan terrorchilik xurujlariningasosiy sababi sifatida qaralishi mumkin emas.
Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohiyatini buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar xuddi yuqoridagi kabi go’yoki, keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligini ko’rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni yuzaga keltirish uchun mablag’ yig’ish, asosiy tahdid manbai sifatida odamlar ongu shuurini egallash, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko’zlaydi. O’zlarini «islomiy» deb e’tirof etadigan bunday toifalar siyosiy jayorayonda inqilobiy va qo’poruvchilik usullari bilan qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda o’zlarini namoyon qilsa, boshqalari targ’ibot-tashviqot ishlari, diniy ta’lim, turli jamoat tashkilotlari, maktab, universitet va ommaviy axborot vositalariga kirib borish, ayniqsa, foydalanish oson hamda qulay bo’lgan audio va video mahsulotlarini tarqatish bilan ko’proq shug’ullanadilar.
Hozirgi davrda ko’plab ekstremistik uyushmalar va mutaassiblar turli dinlar, shu jumladan, xristianlik, islom, yahudiylik dinlari ta’limotidan foydalanmoqdalar. Shu bilan birga, diniy ritorika ularga ko’zda tutilayotgan jamiyatning aniq shaklu shamoyilini taqdim etmagan holda (bu ular uchun xuddi anarxistlar kabi unchalik ahamiyatga ega emas) xayoliy jamiyat haqidagi tasavvurlardan foydalanish imkonini beradi2. Bunda eng muhimi tartib- sizlik va beqarorlikni keltirib chiqarishdir. Unga erishish esa, o’ziga xos umumiy maqsadni tashkil etadi,deyish mumkin.
«Aqidaparastlik» («aqida» - arabcha - «ishonch», «biror narsani ikkinchisiga bog’lash») muayyan sharoitda, biron-bir g’oya yoki tamoyilga qat’iy ishonib,uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko’r-ko’rona qo’llash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo’ladi. U yoki bu hodisa, qoida yoki tamoyilni mutlaqlashtirishga asoslangan yondashuvni ijtimoiy hayotning istagan sohasidan topish mumkin.
«Mutaassiblik» (arab. «g’uluv ketish», «chuqur ketish») muayyan g’oyalarningto’g’ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilish, «o’zgalar» va «o’zgacha» qarash hamda g’oyalarga murosasiz munosabatda bo’lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etishi, ularni tan olmaslikda namoyon bo’ladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo’nalishlar orasida keskin nizo vato’qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni tug’ri deb hisoblab, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan «rahnamolar»ning asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Mutaassiblikning jirkanch basharasi dunyoning turli nuqtalarida sodir etilayotgan qo’poruvchilik va xunrezlik voqealarida yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Ayni paytda, dunyoviy vadiniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham mutaassiblik g’oyalarningtarqalishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu jarayonning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dinni noto’g’ri talqin qilish bilan odamlar orasiga nifoq solish, qo’poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g’arazli manfaatlarni ro’yobga chiqarishga urinishlarda namoyon bo’lmoqda.
Demak, diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiy sababi mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Mutaassiblik diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. Shu o’rinda qayd etish joizki, ko’p manbalarda ishlatilgan «aqidaparastlik» so’zi hozirgi voqelikdan kelib chiqib «mutaassiblik» so’zi bilan almashtirilgan holda iste’foda etilmoqda.
«Terror» (lotincha - «qo’rqitish», «vahimaga solish») - aholining keng qatlamlarida dahshat va qo’rquv uyg’otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chikarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir.
Terror - ommaviy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun zo’ravonlikdan hamda zo’ravonlik qilish bilan tahdid solishdan muntazam foydalanishdir. Shunday qilib, «terror» dushmanni jismoniy zo’ravonlik yo’li bilan qo’rqitish, hatto uni jismonan yo’q qilishni anglatadi. «Terrorizm» esa terror amaliyotidir. Bu ikki tushunchani shu tarzda chegaralash maqbul bo’lsa, u holda terrordan kelib chikqan terrorizm aslo yangi hodisa bo’lmay, bizgacha asrlar qo’ynidan etib kelgan, deb hisoblash mumkin3.



Yüklə 460,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin