2. Mafkuravaamaliyotningrivojlanishi Ma’lumki, muayyan siyosiy omillar va turli ilmiy yondashuv bilan bog’liq sabablarga ko’ra, diniy ekstremizm va terrorizm tushunchalari bo’yicha soha mutaxassislari tomonidan umumiy e’tirof etilgan yagona ta’rif yo’q.
O’zbekiston tomonidan imzolangan «Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo’yicha Shanxay Konventsiyasi» (Shanxay, 2001 ynl 15 iyun)ga muvofiq, ekstremizm konstitutsion tuzumi zo’rlab o’zgartirish. kuch ishlatish orqali hokimiyatni egallash vaushlab turish, jamoat xavfsizligiga tajovuz qilishga qaratilgan faoliyat, mazkur maqsadlar yo’lida noqonuniy qurolli tuzilmalar tashkil etish yoki ularning faoliyatida ishtirok etish hisoblanadi.
Diniy sohada ekstremizm boshqadin vakillariga o’ta murosasizlik (masalan, Hindistonda musulmonlar va hinduiylar, hinduiylar va sikxlar orasidagi nizolar), bitta din ichidagi (Afg’oniston,Pokiston, Iroqda sunniylar va shialar, Suriyada alaviylar va sunniylar) mojaroli munosabatlar, dunyoviy tuzumga qarshi kurash (aksariyat musulmon mamlakatlarida) yoki xalqaro darajadagi tsivilizatsion qarama-qarshiliklar («Al-Qoida», «Hizbulloh» tashkilotlari tomonidan AQSh etakchiligidagi G’arbga qarshi e’lon qilingan kurash) bilan bog’liq.
Ta’kidlash joizki, diniy ekstremizm deyarli doimo siyosiy maqsadlarda - sekulyar davlatchilikka qarshi va muayyan konfessiyavakillarining hokimnyatni egallashga qaratilgan faoliyati bilan bog’liq. Shu nuqtai nazardagi, diniy ekstremizm - ba’zi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati hisoblanadi. Diniy ekstremizmning mohiyati jamiyat uchun an’anaviy bo’lgan milliy-ma’naviy qadriyatlar va diniy-aqidaviy qarashlarni rad etish hamda umuminsoniy qadriyatlarga zid keluvchi dunyoqarashni agresiv ravishda targ’ib qilishdan iborat. Bu diniy oqim a’zolari tomonidan o’z g’oyalarini butun jamiyatga tarqatishga qaratilgai harakatlarda namoyon bo’ladi. Diniy ekstremizmning xos jihatlari sifatida boshqacha dunyoqarash egalari, ayniqsa, boshqa din vakillari va dahriy (ateist)larga o’ta murosasizlik, o’z g’oyalarnni targ’ib etish va atrofdagilardan go’yoki ustun ekanini namoyish etish va ksenofobiyani qayd etish mumkin.
Diniy ekstremizm asosan dunyoviy davlatga, jamiyatda shakllangan tartibga, davlat va din orasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi qonun va normativ hujjatlarga qarshi qaratilgan bo’lib, teoraktik boshqaruvni barpo etishni maqsad qiladi. Diniy ekstremizm siyosat, madaniyat, millat va dinlararo munosabatlarga buzg’unchi ta’sir o’tkazadi.
Islom olamida diniy-ekstremistik mafkuraning vujudga kelishi ildizlari sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:
- XX asr o’rtalarida islom dunyosida mustamlakachilarga qarshi terror usullaridan foydalangan milliy-ozodlik harakati asosida keyinchalik kuch ishlatish uslublarnga tayanuvchi guruhlarning vujudga kelnshi;
- Arab-Isroil urushlari va Yaqin Sharq muammosisinnng hal etilmay kelayotgani, G’arb mamlakatlari, ayniqsa, AQShning «Katta Yaqin Sharq» geosiyosiy loyihasi kabi dasturlarni amalga oshirish orqali Yaqin Sharq davlatlarini o’z ta’sir doirasiga olishga qaratilgan intilishlari;
- Etakchi davlatlarnnng musulmon dunyosi mamlakatlaridagi energetik zaxiralar ustidan o’z nazoratlarini o’rnatishga qaratilgan siyosati;
- Ayrim musulmon davlatlarining mintaqaviy etakchilik yo’lida olib borayotgan o’zaro raqobat kurashi doirasida boshqa musulmonmamlakatlarida o’z ta’sir doiralarini kengay tirilgan qaratilgan intilishlari;
- Sunniylar va shialar orasida ananaviy davom etib kelayogan qarama-qarshiliklarining davlatlararo munosabatlar darajasiga ko’tarilishnioqibatida o’zaro kurashni turli ko’rinishlarda, jumladan, noqonuniy qurolli tuzilmalar orqali olib borilishi.
Diniy ekstremizm o’z mohiyatiga ko’ra siyosiy hodisa bo’lib, u amaldagi siyosiy hokimyat tizimnni keskin o’zgartirishga yo’naltrilgan. Shu nuqtai nazardan, islomiy shiorlar ostida faoliyat ko’rsatayotgan diniy-ekstremistik oqimlarning asosiy maqsadi dunyoviy davlatlarda konstitutsion tuzumni ag’darib tashlab, shariat tizimiga asoslangan davlat barpo etish hisoblanadi.
O’zini islom nomi bilan bog’laydigan diniy-ekstremistik tashkilotlarning xususiy jihatlari quyidagilardan iborat:
- dunyoviy davlat va jamiyatga murosasiz munosabatda bo’lish va uni shariatga asoslangan tuzumga anlantirish harakat qilish;
- dinningdavlatdan ajratilishini radetish va jamiyatningbarcha a’zolarini majburan shariat talablari asosida hayot kechirishini ta’minlash;
- islom dinini dunyoning boshqa jamiyatlariga qarshi qo’yish;
- mamlakatlarning mustaqilligi va hududi yaxlitligini tan olmaslik, yagona davlat «xalifalik» qurish g’oyasini ilgari surish;
- o’z maqsadlari yo’lida davlat va jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan xatti-harakatlarga urg’u berish;
- o’z g’oyalariga ergashmagan musulmonlarni dindan chiqqanlikda, «kofir» likda ayblash, an’anaviy islom tarafdori bo’lgan ulamolarni obro’sizlantirish ularga tazyiq o’tkazish va hattoki o’ldirish.
Terroristik guruhlarning mafkurachilarni omma ongini egallash uchun va fuqarolik jamiyatining ichiga chuqur kirib borishni ustuvor vazifa sifatida qaraydilar. OAV, Internettarmog’i, orqali terrorchilarni ko’paytirish tizimi yaratiladi. Yangi a’zolarni yollashning asosiy manbalari sifatida virtual makon, qamoqxonalar,yoshlar tashkilotlari, milliy diasporalar, o’ldirilgan yoki qamoqqa olingan jangarilarning a’zolarining oila a’zolari, terrorizmga qarshi tadbirlarda jabr ko’rganlar hisoblanadi.
Islom dunyosidagi deyarli barcha diniy-ekstremistik oqimlarning mafkurasida tizim tashkil etuvchi ikkita tamoyil «takfir» va «jihod» mavjud. «Takfir» bu - dindan chiqqanlikda ayblashdir. Masalaning e’tiborli jihati shundaki, diniy ekstremistlar tomonidan takfir aynan musulmonlarga qarshi qo’llanilmoqda. Chunki aqidaparastlarning nazarida, boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar shunday ham kofir sanaladi.
«Jihod» esa diniy-eksremistik oqim vakillari tomonidan faqat muqaddas urush, «g’azot» ma’nosida qo’llanilib, islomiy davlat qurishning farz hisoblangan vositasi sanaladi. Shunday qurolli jihod musulmon bo’lmaganlarga qarshi bo’lgani kabi, dinsizlikda ayblangan musulmonlarga nisbatan ham amalga oshirilishi mumkin hisoblanadi.