1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja



Yüklə 460,36 Kb.
səhifə4/64
tarix13.10.2022
ölçüsü460,36 Kb.
#65093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
ЭТКМдан маруза матн 2019-2020 oxirgi

Takrorlash uchun savollar



  1. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursining predmeti nima?

  2. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o’rganishning ahamiyati nimalarda deb o’ylaysiz?

  3. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursining amaliy ahamiyati nimalardan iborat?

  4. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashdaqanday uslublardan foydalanish mumkin.

  5. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ma’naviy-ma’rifiyyo’l deganda nimalar nazarda tutiladi.

  6. «Jaholatga qarshi ma’rifat» g’oyasining diniy ekstremizm va terorizmning oldini olishdagi ahamiyati nimada?


2-mavzu: Ekstremizm va terrorizmning mohiyati va uning jamiyat barqarorligiga tahdidi


Reja:

  1. «Mutaassiblik», «ekstremizm» va «terrorizm» tushunchalarining mazmun-mohiyati

  2. Mafkura va amaliyotning rivojlanishi

  3. Ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga tahdidi


Tayanch tushunchalar: mutaassiblik, ekstremizm, terrorizm, fundamentalizm, aqidaparstlik, separatizm, millatchilik, shovinizm, neofashizm.


  1. «Mutaassiblik», «ekstremizm» va «terrorizm»tushunchalarining mazmun-mohiyati.

Diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmagan. Shunday ekan, uning oldini olish va unga qarshi kurashish insonyyatning istiqboliga daxldor masalaga aylandi.
Ilmiy istilohda qo’llanayotgan «mutaassiblik», «fundamentalizm», «ekstremizm», «terrorizm», «fanatizm» kabi atamalar deyarli barchaga tushunarli bo’lsa-da, har kishi ularni o’zicha talqin etishi mumkin. Keng ma’noda bu atamalar qonuniy hokimiyatga qarshi kurashuvchi ijtimoiy-siyosiy guruh va oqimlarga tegishlidir.
Ammo muayyan mintaqa yoki din bilan bog’liq bo’lgan tadqiqotlarda yuqoridagi atamalarning qammasi qam doimo qo’l kelavermaydi. Masalan, «fundamentalizm» atamasi aslida asrimiz boshida AQSh protestantlari orasida quyidagi besh aqida:
Isoning bokira ayoldan dunyoga kelgani;
uning insoiiyat gunoqlarini oqlash uchun qurbon bo’lgani;
jisman qayta tirilishi;
er yuziga jismonan ikkinchi marta kelishi;
Kitobning muqaddasligini o’z ichiga olgan ta’limotga berilgan nom sifatida paydo bo’lgan.
Bu atama islom diniga nisbatan olinganida faqat bir aqida - Isoning bokira ayoldan tug’ilganida o’xshashlik bor, xolos.
Oxirgi paytlarda matbuotda o’zini musulmon hisoblovchi mutaassib jangarilarni «fundamentalistlar» deb atash odat tusiga kirib qoldi. Ko’rinib turibdiki, bu fundamentalizmning ilk ma’nosiga muvofiq kelmaydi. Agar o’z e’tiqodlarini faol targ’ib qilayotgan injilchi-xristian fundamentalistlarining ko’plab jamoalari jahon bo’ylab qozir ham mavjudligini qisobga olsak, Misr, Jazoir va boshqa davlatlardagi mutaassib musulmon guruhlariga nisbatan «fundamentalizm» emas, balki «islom niqobi ostidagi ekstremizm» iborasini ishlatish ma’qulroq ko’rinadi.
«Ekstremizm» (lotincha - «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish») jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarash va qarakatlarni anglatadi. Bunday qarakatlarga diniy tus berish diniy ekstremizmga olib keladi.
«Diniy ekstremizm» - jamiyat uchun an’anaviy bo’lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid g’oyalarni aldov va zo’rlik bilan targ’ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi. Ekstremistik qarashlarni barcha dinlarda, buddizm, xristianlik, islomdagi turli oqimlarda uchratish mumkin. Masalan, mutaxassislar katolik cherkovining erkin fikr yurituvchi, hukmron feodal-katolik cherkovi aqidalarini rad etuvchi kishilar - papa hokimiyati dushmanlarini ta’qib qilish uchun XIII asrda tuzilgan va minglab odamlarning qurbon bo’lishiga olib kelgan inkvizitsiya faoliyatini ham ekstremizmningo’ziga xos ko’rinishi sifatida baholaydilar1. Ammo hozirda islom dini niqobi ostidagi diniy-siyosiy harakatlar a’zolari tomonidan turli jinoyatlar sodir etilayotgani jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.

Yüklə 460,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin