1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja



Yüklə 460,36 Kb.
səhifə9/64
tarix13.10.2022
ölçüsü460,36 Kb.
#65093
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
ЭТКМдан маруза матн 2019-2020 oxirgi

Takrorlash uchun savollar



  1. Ekstremizm va diniy ekstremizm tushunchalarini tuushntirib bering?

  2. Fundamentalizm tushunchasi qanday kelib chiqqan?

  3. Mutassiblik va aqidaparastlik tushunchalari haqida nimalarni bilasiz?

  4. Islom olamida diniy-ekstremistik mafkuraning vujudga kelishiga nimalar sabab bo’lmoqda?

  5. Terrorizmnning mazmun mohiyati nimalardan iboat?

  6. Terrorchilik guruhlari o’z oldilariga qo’ygan maqsadlariga ko’ra qanday guruhga ajratish mumkin


3-Mavzu: Islom - tinchlik, bag’rikenglik va ma’rifat dini


Reja:
1. Islomda tinchlikparvarlik g’oyalari;
2. Islom dinida bag’rikenglik g’oyalari;
3. Islom - bilim va ma’rifat dini.


Tayanch tushunchalar: tinchlik, bag’rikenglik,insonparvarlik,vatanparvarlik, birdamlik, mo’’tadillik, Qur’on, sunnat, hadis, ilm.


1. Islomda tinchlikparvarlik g’oyalari
Bugungi kunda dunyoda tiichlik va barkarorlikni ta’minlash yo’lida xal etilishi zarur bulgan ko’plab muammolar mavjud ekani, kishilarning osuda hayotini izdan chiqarishga karatilgan yangi shakldagi taxdidlarning paydo bo’layotgani va buning natijasida buzg’unchi g’oyalar mafkura maydonini qurshab olayotgani ochiq-oydin xavf tug’dirmoqda. Bunga e’tiqodumumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta’minlash orqali jaxon maydonlarini mafkuraviy jixatdan o’ziga og’dirishga xarakat qilayotgan kuchlarni misol keltirish mumkin. Masalan, islom niqobi ostida faoliyat kursatayotgan mutaassib uyushmalar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qati’y nazar, barcha musulmonlarning ma’naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib, ularni yagona maqsad ostida birlashuvi g’oyasini ilgari suradilar.
Bunday kuchlar shu yul bilan xar bir davlatning o’z taraqqiyot yulidan chiqarishga xarakat qiladilar, qaerda g’oyaviy bo’shliq loqaydlik va beparvolik mavjud bo’lsa, ular o’sha erda paydo bo’ladilar.
Darhaqiqat, yurt tinchligi, birdamligi va sog’lom muhitni qaror toptirish uchun odamlarda eng avvalo,daxldorlik xissini kuchaytirish darkor. Daxldorlik bu shaxsning yon-atrofida biror noxushlikni ko’rganida beparvo bo’lmasligi, bu ko’ngilsizlik bugun unga zarar keltirmayotgan bulsa, balki ertaga o’zining xam boshiga tushishi mumkin ekanini xis qilgan holda yashash demakdir. Shunday ekan, ogoh va xushyor bo’lish davr talabi bo’lib qolayotganini alohida ta’kidlash zarur.
Azaldan turmushning obodligi, oilaning mustahkamligi va tinchosuda hayot kechirish o’zbek xalqiniigorzusi bo’lib kelgan.
Darxaqiqat, tarixning o’tgan qisqa davrida ezgu maqsadlarga erishishimizda, o’zligimiz va tafakkurimizii anglashimizda muqaddas dinimizning o’rni va ahamiyati beqiyos. Zero, tinchlikparvarlik, osoyishtalik, xotirjamlik islom dinining mohiyatini tashkil etishi, uning kishilarni tinchlikni asrash va barqarorlikni ta’minlash yo’lida o’zaro hamjihatlik va birdamlik bilam harakat qilishga da’vat etishi fikrimiz isbotidir.
«Islom» so’zining arab tilidagi lug’aviy ma’nosi - «bo’ysunish», «itoat etish», istiloxda esa, Allohga til bilan imon keltirib, dil bilan tasdiqlash, uning ko’rsatmalariga bo’ysunishni anglatadi. Shuningdek, «Islom» so’zining o’zagi «salom» bo’lib, tinchlik, sulh ma’nosini anglatadi. Bunga dalil sifatida bir naslga mansub odamlar o’rtasida xavfsizlikni ta’minlashi, farovonlik va xamkorlikni anglatishimi keltirish mumkim. «Salom» so’zi Qur’onning 30 dan ortiq joyida takrorlangan. Shuning bilam birga, u Alloh taoloning uzal ismlaridan biridir».
Tinchlik bebaho ne’mat ekani islom manbalarida xam o’z ifodasini topgan. Xususan, Qur’oni karimda: «Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga itoatgakirishingiz!...»(Baqara, 208) deyiladi.
Ushbu oyatdagi «yoppasiga itoatga kirishingiz» degani tafsir kitoblarda sulhga, o’zaro tinchlikka kirishing, urushni tark eting ma’nosini beradi.
Shuningdek, «U (er) ga sog’-salomat, tinch-omon kiringiz!»(Hijr, 46), degan Alloh taoloning oyatida xam jannat ahlining abadiy hayoti tinchlik, osudalik va salomatlikda kechishi aytilgan. Mazkur oyat bizga tinchlik va xotirjamlik nafaqat bu dunyoda qadrli, balki jannatda ham juda ulug’ ne’mat ekanini xamda Er yuzi insoniyatning farovon, o’zaro totuv va hamjihat yashashi uchun yaratilganini bildiradi.
Hadisi shariflarda esa, «Tinchlik va xotirjamlik ikki ulug’ ne’matdirki, bundan ko’p odamlar mahrumdirlar», «Kim bizlarga qarshi tig’ ko’tarsa, u ahdi islomdan emas», deya insonlarni tinchlikning qadriga etishga, o’zaro ahil-inoq yashashga chaqirilgan. Shuningdek, Ibn Abbos (roziyalloxu anhu)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda aytilganidek, «Ikki eng aziz ne’mat bor, ko’plar buning qadriga etishmaydi, bular salomatlik va tinchlik-xotirjamlikdir»(Imom Buxoriy va Imom Termiziy).
Yuqorida qayd etilganidek, islom tinchlik, xotirjamlik va mohiyatan engillik dinidir. Uning e’tiqod qiluvchilarga faqat engillikni ravo ko’rish mo’’tabar manbalarda etarlicha bayon etilgan. Ma’lumki, shariat ahkomlarini joriy kilish Alloh yoki U izn bergan payg’ambarlarga xos. Boshqa xech kim, biror-birsababga ko’ra bu ishni amalga oshirishi, bandalar ustiga shar’iy amrni joriy kilishi mumkin emas. Payg’ambar Muhammad (alayhissalom) ham o’z ummatlariga doim engillik, osonlik, o’rtahollikni istab kelganlar.
Islomningengil din ekani,uni qiyinlashtirish, unga o’zgacha talqin va qarashlar olib kirish qoralanishi Qur’on oyatlari va hadislarda atroflicha yoritilgan. Jumladan, Qur’oni karimda bunday deyiladi:

Yüklə 460,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin