1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni reja



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə200/212
tarix28.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#168517
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   212
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org

Mustahkamlashuchun savollar:
1.Estetika fanining predmeti asosiy.tushunchalari va axamiyati.
2. Estetik ongning asosiy unsurlari: estetik ehtiѐj va estetik munosabat,
3. Estetik tuyg‘u va estetik did
4. San’atturlarivaularningahamiyati.
5. Estetik tarbiya va uning zamonaviy yo‘nalishlari va vositalari .
6.Estetik kategoriyalar. Go‘zallik va ulug‘vorlikni qanday tushunasiz.


Asosiy adabiyotlar:
1. Мадаева ва бошқ. Фалсафа. –Тошкент: ЎзМУ наширёти, 2019.-B. 517
2.Q.Nazarov [va boshq.]. Falsafa asoslari [Matn]: o‘quv qo‘llanma / - Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 380 b. -B. 321-355
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Очилова Б. Миллий-маънавий юксалишда мерос, қадриятлар ва ворисийлик. –Т.: Истиқлол, 2009.

15-MAVZU: FALSAFA VA PEDAGOGIKA SOHASINING O‘ZARO ALOQADORLIGI


Reja:
  1. Talabalar va o‘quvchi yoshlarda kreativ hamda tanqidiy tafakkurni shakllantirishda falsafiy dunyoqarashning o‘rni.


  2. Globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar.


  3. Ma’naviy merosni asrash va yana yuksaltirish, yoshlarning falsafiy tafakkurini shakllantirish, ongini turli zararli g‘oyalardan saqlash.


  4. Yoshlarni falsafiy bilimlar bilan qurollantirish zaruriyati.




Tayanch atamalar: yoshlar, falsafa, dunyoqarash, pedagogika, aloqadorlik, kreativ, tanqiliy tafakkur, falsafiy dunyoqarash, zararli g‘oyalar, asrash, : globallashuv, globallashuv jarayoni, yoshlar ma’naviyati, ma’naviy tahdid, yoshlarni yot g’oyalar.



  1. Talabalar va o‘quvchi yoshlarda kreativ hamda tanqidiy tafakkurni shakllantirishda falsafiy dunyoqarashning o‘rni.

O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘lar. O‘quv mashg‘ulotlarida etishmayotgan omil – kreativlik sanaladi.


SHaxsda kreatiqlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui” sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.) ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir.
Ko‘plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar (Kim, 2005 y.).
“Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazilmutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; SHternberg, 1985 y.).
SHarqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000 y.). Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).
E.P.Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi: Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin5 . O‘qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
Fan dunyoni umumiy qonunlar va nazariyalar yordamida anglab etishga harakat qiladi. Ammo hayot har doim betakror bo‘lib, uni ta’riflar yordamida ifodalash mumkin emas, faqat hayot faoliyati mahsullaridagi moddiy ifodalarnigina o‘rganish mumkin. Bu eng avvalo ijodga tegishli, kreativ faoliyatning barcha turlaridan intilishga eng yaqini esa musiqadir (intilishning birinchi moddiy ifodasi). So’zlar va obrazlar hayotga intilishning izlarini ma’lum darajada ko‘zdan yashiradi.
SHopengauerning izdoshi F.Nitsshe hayotga intilishning mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon bo‘ladi, deb hisoblaydi. Ammo bu nuqtai nazar haqiqiy borliqning anglab etish mumkin bo’lmagan hodisa sifatidagi talqiniga daxl etmaydi. Nitsshe insonda eng avvalo o’z hayoti uchun kurashishi lozim bo‘lgan biologik mavjudotni ko‘radi. Inson o’z hayot kuchlari va instinktlarini axloqiy taqiqlar va jamiyat me’yorlari hukmiga bo‘ysundirish yo‘li bilan kurashdan bo‘yin tovlamasligi kerak. Axloq insonni o‘rtacha andozalarga yaqinlashtiradi va uning qayta tug‘ilishiga sabab bo‘ladi: inson xavfsizlik hissini saqlash yo‘lida to‘laqonli, lekin xavfli hayotdan voz kechadi. Bunday qayta tug‘ilishning yo‘llaridan biri – Iso Masihning diniy axloqi, ikkinchi yo‘l – Suqrotning ratsionalistik axloqi. Ikkala ta’limot ham narigi dunyo g‘oyasiga asoslanadi, ularning ikkalasi ham real hayotning qimmatini kamsitishga qaratilgan.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin