1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org
Birinchidan, jamoatchilik fikrini chalg‘itayotgan, vayronkor axborotlar tashqaridan kelayotganini nazarda tutib, muntazam ularga qarshi turish. Befarqlik va sukut saqlash kayfiyatiga barham berish.
Ikkinchidan, har qanday hujumkor va buzg‘unchi g‘oyaga qarshi o‘z vaqtida, mo‘ljalni aniq olib munosabat bildirish va bunda ehtirosga berilmaslik, ortiqcha shov-Shuvlarga yo‘l qo‘ymasdan vazminlik va bosiqlik, ayni paytda, uddaburonlik bilan kuchlik ta’sir o‘tkazish usullarini qo‘llash.
Yoshlarning barchasi internet tarmog‘idan faqat ilm yo‘lida foydalanmoqda desak, yanglishamiz. Afsuski, internetdan noto‘g‘ri, buzg‘unchilik va behayolikka doir ma’lumotlarni olishda ham foydalanmoqda. Bu kabi noxush holatlardan so‘ng yoshlar kelajakda qahri qattiq, mehrsiz, hayosiz bo‘lib etishmaydi, deb hech kim kafolat berolmaydi.
Ma’lumki, ko‘plab sayt va tarmoqlar katta mablag‘lar evaziga filtirlab qo‘yilgan va bu holatni ko‘p davlatlarda kuzatish mumkin. Albatta, ta’qiqlar yoki filtr vositalari orqali odamlarni internet olamidagi turli kuchlarning xatarli tahdidlaridan himoya qilish juda qiyin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5 sentyabr 2019 yilda 07/19/4436/3693-sonli qarori qabul qilindi. Unga asosan mamlakatimizda milliy an’ana va qadriyatlarimizni rivojlantirish, ulug‘ alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini chuqur o‘rganish, yoshlarimizni Vatanga muhabbat, ilm-ma’rifatli, intellektual barkamol avlod etib tarbiyalashga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda.
Bu sohada olib borilayotgan islohotlar dunyo miqyosida ham munosib e’tirof etilib, diniy bag‘rikenglikning namunali modeli sifatida baholanmoqda. Xususan, O‘zbekistonning diniy erkinliklar sohasida alohida xavotir uyg‘otadigan davlatlar ro‘yxatidan chiqarilganligi, BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» rezolyusiyasining qabul qilinganligi bunga yaqqol misoldir.
O’zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyasining tinchlik-osoyishtalikni saqlash, diniy bag‘rikenglikni ta’minlashdagi ahamiyatini quyidagi jihatlarda ko‘rish mumkin:
Birinchidan, rezolyusiya O‘zbekiston Prezidentining diniy-ma’rifiy sohaga oid tashabbuslari nafaqat xalqimiz, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham faol qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatadi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi – bularning barchasi xalqaro darajadagi yirik loyihalardir. Ushbu tashabbuslarning ahamiyati shundaki, ilm-ma’rifat, madaniyat zamini bo‘lgan O‘zbekistondan ma’rifiy islom g‘oyalari tarqalishi, muqaddas dinimizning asl insonparvarlik ta’limotlarini yoyish bo‘yicha Movarounnahrda shakllangan tarixiy maktablar an’anasining davom etishi “Jaholatga qarshi – ma’rifat” bilan kurashishning eng samarali echimi bo‘ladi.
Ikkinchidan, “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyasi dunyo jamoatchiligini bezovta qilayotgan terrorizm, ekstremizm, zo‘ravonlik, murosasizlik kabi bugungi kunning o‘tkir muammolariga echim sifatida ilm-ma’rifat, o‘zgalarga adolatli va bag‘rikeng yondashuv hamda tinchlikparvar siyosatni targ‘ib qiladi.