1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni reja


Ma’naviy merosni asrash va yana yuksaltirish, yoshlarning falsafiy tafakkurini shakllantirish, ongini turli zararli g‘oyalardan saqlash



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə209/212
tarix28.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#168517
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org

Ma’naviy merosni asrash va yana yuksaltirish, yoshlarning falsafiy tafakkurini shakllantirish, ongini turli zararli g‘oyalardan saqlash.

Qadimgi SHarq va G‘arbda shakllangan falsafa insoniyatning ilm, fan, ma’naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o‘ziga xosligi va betakrorligidan qat’iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega.


Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan el-u yurtga mehnati singgan insonlarning hurmatini joyiga qo‘yish an’anasi davom ettirilmoqda. 2017-yilning o‘zida bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi. Toshkent va Samarqandda Islom Karimov (2018-yil Qarshida), Namangan viloyatida Is’hoqxon Ibrat, Xorazm viloyatida Komiljon Otaniyozov, Qoraqalpog‘istonda Ibroyim Yusupov, Farg‘onada Erkin Vohidov, Qashqadaryoda Abdulla Oripov, Andijonda Muhammad Yusuf xotiralarini abadiy- lashtirish bo‘yicha yirik tadbirlar o‘tkazildi. Ularning nomi bilan ataladigan markazlar, ijodiy maktablar tashkil etildi. Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga bag’ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 25- yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra Islom Karimov haykallari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga va Islom Karimov birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga o‘rnatildi.
Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi
• Xalq turmush tarzi va ma’naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari tashkil qiladi. Shu bois mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma’naviy tiklanish haqida gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarni ham alohida ta’kidlash lozim. Istiqlol sharofati bilan xalqimizning milliy-ma’naviy merosini tiklash va yangilash hamda ular ongiga yetkazish va turmushiga singdirish muhim vazifalardan biri sifatida kun tartibiga ko‘ngdalang qo‘yildi.
• Milliy-ma’naviy merosga yangicha munosabat davlat miqyosida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida amalga oshirila boshlandi. Eng avvalo milliy ma’naviyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo‘shgan bobolarimiz – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Ibn Sino, Al-Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari jahonda va mamlakatimizda nishonlanib, ruhlari shod etildi va asarlari nashr etildi hamda qadamjolari obod qilindi.



  1. Yüklə 1,43 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin