1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni reja



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə211/212
tarix28.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#168517
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org

Falsafa va fan. Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa, sohalari: iqtisod, siyosat, ijtimoiyot, huquq, kabilar bilan ham uzviy bog‘liq. Biroq, biz falsafa va fan munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash maqsadida so‘z yuritamiz. Mazkur masalani mufassalroq o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo ko‘rsatilgan tushunchalarning asosiy ma’nolari va mazmunlarini aniqlab olamiz.
Hunday qilib, azaldan yaxlit va bo‘linmas dastlabki bilim sifatida amal qilgan falsafa zaminida o‘sha zamonlardayoq amaliy xususiyat va tegishli yo‘nalishga ega bo‘lgan bilim sohalari faol shakllana boshladi. SHu tariqa asta-sekin tabiatshunoslik vujudga keldi, muayyan fanlar (matematika, geometriya, fizika, tibbiyot, astronomiya, tarix va boshqalar) shakllanib, o‘z shakl-shamoyilini kasb etdi va mustaqil tus oldi. Ayni shu ma’noda falsafa barcha fanlarning asosi hisoblanadi. Bu fanlar falsafadan ajralib chiqqach, keyinchalik ilmiy bilimning tabaqalanishi jarayonida ba’zan parchalanib, o‘z tadqiqot predmetini yanada toraytiradi va mufassallashtiradi. Ular tahlilining teranligi va narsalar mohiyatini anglash darajasi ortsa, ayni vaqtda o’rganilayotgan masalalar doirasi torayadi.
Fan va falsafaning vazifasi – insonning tabiat ustidan hukmronligini kuchaytirishga, inson sog‘lig‘i va go‘zalligiga ko‘maklashish, hodisalarning sabablarini, ularning muhim kuchlarini o‘rganish zarurligi anglab etilishiga olib kelgan. SHu sababli substansiya va uning xossalari muammolari YAngi davrning deyarli barcha faylasuflarini qiziqtirgan.
Bu davr falsafasida «substansiya» tushunchasini tavsiflashga nisbatan ikki xil yondashuv paydo bo‘lgan: birinchi yondashuv substansiyani borliqning chegaraviy asosi sifatida ontologik tushunish bo‘lsa, ikkinchi yondashuv – «substansiya» tushunchasining, ilmiy bilim uchun zarurligini gnoseologik jihatdan anglab etish bilan bog‘liq.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi. Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Kitob bo‘limlar quyidagicha nomlangan:
  • «Yangi O‘zbekiston strategiyasi»


  • «Xalqparvar davlat»


  • «Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish»


  • «Adolatli ijtimoiy siyosat»


  • «Ma’naviy taraqqiyot»


  • «Xavfsizlik va tashqi siyosat»


  • «O‘zbekiston va umumbashariy muammolar».


Eng asosiysi, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 7 ustuvor yoʻnalishning bosh gʻoyasi - inson qadrini taʼminlash. Chunki ­Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi asosiy gʻoya ham “Inson qadri uchun” tamoyili edi.


Bu - bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “ajdodlarimiz yetti raqamini baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu ­niyatni roʻyobga chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar”.
Davlatimiz rahbarining Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturini amalga oshirish istiqbollari haqidagi nutqini tinglash asnosida bizda ham bir qator fikrlar tugʻildi. Prezidentimiz Davlat dasturi toʻliq bajarilishi va kutilgan samaralarni berishi uchun uning mazmun-mohiyatini keng targʻib etish zarurligiga alohida eʼtibor qaratgani bejiz emas.
Shu maqsadda milliy darajada: taʼlimning maktablardan toki oliy oʻquv yurtlarigacha boʻlgan barcha bosqichlarida “Yangi Oʻzbekiston strate­giyasi” kitobi boʻyicha milliy insholar tanlovini oʻtkazishni taklif etamiz. Bu tadbir yoshlarimiz ongu shuurida vatanparvarlik, milliy gʻurur ­gʻoyalarini mustahkamlab, kuchli gʻoyaviy immunitet hosil boʻlishiga xizmat qiladi.
Xalqaro darajada: “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” mavzusida gibrid shaklida xal­qaro forum oʻtkazish lozim. Ayni yoʻnalishda turli siyosiy-diplomatik tadbirlar tashkil etilishi ham ayni muddaodir.
Xulosa. Dunyoning turli mintaqa va hududlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ziddiyatli to‘qnaShuvlarga teran qarash hissini oshirish, har qanday ko‘rinishdagi tahdidlarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, ayniqsa bu borada kelajagimiz hisoblangan yosh avlodni, bir so‘z bilan aytganda har birimiz uchun muqaddas bo‘lgan oilamizni din niqobi ostidagi yot g‘oyalar ta’siridan asrash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etish, bunda «fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish» har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin