1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni reja


Globallashuvning yoshlar ongi va qalbiga salbiy ta’siridan himoya qilishda ta’lim tizimining o‘rni



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə206/212
tarix28.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#168517
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   212
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org

Globallashuvning yoshlar ongi va qalbiga salbiy ta’siridan himoya qilishda ta’lim tizimining o‘rni. “Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ilangan, puxta il-miy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin”.
Ijtimoiy hayot shiddat bilan o‘zgarib borayotgan globallashuv davrida yashayapmiz. O’tgan asrning 70-80 yillarida tor doiradagi geosiyosiy, makroiqtisodiy va siyosiy-mafkuraviy adabiyotlarda paydo bo‘lgan bu atama bugun kishilar o‘rtasidagi oddiy muloqot mavzuiga aylanishga ulgurdi. globallashuvning bu qadar shiddat bilan rivojlanishiga o’tgan asrning 90-yillariga kelib “Sovuq urush”ning barham topishi, uning oqibatida xalqaro munosabatlarda kuchlar nisbatining butunlay o‘zgarishi, avvalgi “ikki qutbli dunyo”dan iborat jahon siyosiy haritasi asta-sekinlik bilan “ko‘p qutbli dunyo”ga aylana boshlaganligi faol ta’sir ko‘rsatdi.
Endilikda xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi manbalar sifatida davlatlarning harbiy bloklari emas, turli kuch markazlari tomonidan muttasil ko’mak olib turuvchi “g‘ayriqonuniy” tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. U yoki bu davlatda yuz berayotgan ichki ziddiyatlar, davlatlararo mintaqaviy mojarolar esa, ba’zan o‘z-o‘zidan xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi manbaga aylanib ketsa, ba’zan sun’iy ravishda shunday manbaga “aylantirilmoqda”. O‘z navbatida, bularning barchasi globallashuvning keng quloch yozishi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotganligini tushunish unchalik qiyin emas.
“ommaviy madaniyat”ning yana bir jihati shuki, u doimiy ravishda moliyalashtirib turishni talab qilmaydi, aksincha, axloqsizlik, madaniyatsizlik, kelajakka ishonchsizlik, huquqiy nigilizm, o‘z joniga qasd qilish, pornografiya, zo‘ravonlik, alkogolizm, giyohvandlik va shu kabi yot illatlarni targ‘ib qiluvchi foto, audio, video va boshqa ko‘rinishdagi materiallar, turli bosma nashrlar, global axborot tarmog‘iga joylashtirilgan millionlab saytlar ular uchun doimiy daromad manbai vazifasini ham bajaradi. Shunisi xavfliki, “ommaviy madaniyat”, asosan, yoshlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Chunki uning homiylari katta yoshdagi kishilarga nisbatan yoshlarning ongu shuurini egallab olish osonroq ekanligini yaxshi anglaydilar. Agar ular maqsadlariga u yoki bu darajada erishgudek bo‘lsalar, buning oqibatini bartaraf etish uchun bir necha o‘n yilliklar, hatto, asrlar kerak bo‘ladi, bu esa, butun insoniyat taqdiri juda katta xavf ostida qolishi mumkinligini anglatadi.
Ayniqsa, ta’lim-tarbiya muassasalari va ommaviy axborot vositalari globallashuv va “ommaviy madaniyat” ning salbiy xurujlariga qarshi turuvchi eng asosiy qalqon ekanliklarini unutmasliklari lozim. Zero, aynan ta’lim muassasalari yosh avlodning mafkuraviy immunitetini shakllantiruvchi, ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalovchi, yuksak bilimli, intellektual rivojlangan kadrlarni etkazib beruvchi markazlar hisoblanadi.
Bu jihatdan ta’lim muassasalarini globallashuvning salbiy tahdidlariga qarshi turuvchi ichki himoya tizimi, deb ta’riflashimiz mumkin bo‘ladi.
“To‘rtinchi hokimiyat” vakillari esa, global axborot makonida tashqi mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashuvchi eng samarali vosita – mazkur jarayondagi tashqi himoya tizimi vazifasini bajaradi. Chunki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan mustaqil ommaviy axborot vositalarigina jahonning turli mintaqalaridagi mafkuraviy poligonlar tomonidan global axborot tarmoqlari orqali amalga oshirilayotgan axborot xurujlariga qarshi doimiy kurash olib borish imkoniyatiga ega.
Albatta, globallashuv jarayonida tashqi ma’naviy tahdidlarni, “ommaviy madaniyat”ning kishilik jamiyatiga qarshi qaratilgan salbiy ta’sirini butunlay bartaraf etish qiyin. Lekin bu holat hech narsa qilmaslik yoki lozim darajada harakat qilmaslik uchun asos bo‘la olmaydi. Shunday ekan, ushbu masala barkamol avlodni shakllantirish jarayonida eng muhim masalalardan biri bo’lib qolaveradi. Unga jiddiy yondashish, masalaning tub ildizlariga etib borish va uni hal etish esa, bugungi kunimizning eng asosiy talabidir.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin