1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org
Globallashuv jarayoniga turli munosabatlar. Dunyoning ko‘zga ko‘ringan nazariyotchilari, ekspertlari va mutaxassislari globallashuvni iqtisodiyotda ketayotgan jarayon sifatida qarab kelmoqdalar. Jumladan, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotining sovrindori, Kolumbiya universitetining professori (AQSH) Jozef Sgiglits, AQSHning taniqli faylasufi va sotsiologi Frensisa Fukuyama, shu mamlakat prezidentining sobiq yordamchisi, taniqli sotsiolog Zbignev Bjezinskiy, iqtisodiyotni Bombey, Kembridj, Oksford universitetlarida, Massachuset texnologiya institutlarida va Kolumbiya universitetlarida o‘rgangan globallashuv jarayoni bo‘yicha ekspert, dunyoning etakchi iqtisodchilaridan biri Jagdish Bxagvati va boshqa bir qator iqtisodchilar globallashuvni jahon iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan jarayon sifatida qaraydilar. Shuning bilan bir qatorda globallashuvni siyosat va davlatchilik bilan bog‘lab qaraydiganlar ham bor. Ular jumlasiga globallashuvni o‘rganuvchi Yel markazi eksperti (AQSH) Mark Sirvel, J. Kennedi nomidagi Garvard universitetining Siyosat maktabi institutining derektor o‘rinbosari Devid King, rossiyalik etakchi Analitik “Siyosat” ... prezidenti Vyacheslav Nikolov va boshqalarni kirish mumkin.
Jagdish Bxagvati “globallashuvni iqtisodiyotdagi ketayotgan globallashuv sifatida tushunadi va uning fikricha bu o‘ziga savdo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri invessitsiyalar transnatsional koorporatsialar faoliyati, mamlakatlar o‘rtasidagi moliyaviy oqim, xalqaro migratsiyalarni o‘z ichiga oladi”.
Vyacheslav Nikolovning fikricha “globallashuv davlatning ichki va tashqi siyosati chegaralarini bartaraf etishiga yordam beradi, va xavfsizlik siyosatining mohiyatini o‘zgartiradi”.
Haqiqatdan ham bugungi kunda globallashuv jarayonining yaqqol ko‘zga tashlanayotgan jihatlari iqtisodiyotda sodir bo‘lmoqda. Iqtisodiyot omili vositasida dunyo “maydon tamoqlaridan” yagona makonga aylanmoqda, uning iqtisodiyotda huzurini ham taraqqiy qilgan mamlakatlar ko‘rmoqda. Ammo, jahon miqyosida uning insoniy, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, asrlar davomida shakllanib kelgan, ammo qog‘ozlarda o‘z ifodasini topmagan axloqiy qadriyatlarning barbod bo‘lishiga o‘zkazayotgan ta’siri haqida bugun butun qirrayu zaminda yashayotgan insonlarni boxabar qilish vaqti etib kelganligini anglash jarayoni orqada qolmoqda.
Zero, jamiyat va insonlar taraqqiyotining asosi bo‘lgan iqtisodiyotning globallashuv oxirgi manzilga etib, er yuzida yagona iqtisodiy makon batamom qaror topganidan keyin ma’naviyat, axloq va millatlar ham iqtisodiyotining hukmiga bo‘yin sunmaslik imkoniyati qolmoqda va yagona ma’naviyat, yagona axloq va yagona millatning shakllanish jarayonining oldini olib bo‘lmaydi. Hozircha, ketayotgan bu jarayonning mohiyatini kimlar tushunayotgan bo‘lsa, ikkinchi birovlar, tushunsalar-da undan manfaatdor bo‘lganligi bois sukut saqlamoqda, uchinchi birovlar esa iqtisodiyotning har doim beqaror bo‘lishi, uning kundalik hayot uchun doim tashvish keltirganligi sababli uning globallashuviga ta’sir o‘tkazayotgan omillardan manfaat ko‘rishi bilan o‘zlariga dalda berishga majbur bo‘lmoqdalar.