1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Sharq va g`arb vujudga kelishi , rivojlanishi tarixi



Yüklə 197,4 Kb.
səhifə3/39
tarix05.06.2023
ölçüsü197,4 Kb.
#125065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli

2.Sharq va g`arb vujudga kelishi , rivojlanishi tarixi
«Sharq» Yer shari quruqlik qismining Osiyo qit’asi va Afrika qit’asining shimoliy qismini qamragan geografik atama bo‘lib ko‘rinsa-da, bunda tarixiy-madaniy, jamoachilik, an’anaviylik, ijtimoiy-siyosiy (alohida davlat tipi, individuallikdan jamoaviylikning ustunligi), ma’naviy jihatlar — (turli darajadagi ochiq dinlar, intuitivlik bilan ratsionallikning qo‘shilib ketganligi) eng ko‘p darajada ifodalangandir.Sharq dunyosi asosiy jihatlariga ko‘ra yaxlit bo‘lgani holda o‘zigaxos xilma-xilliklar, muayyan darajadagi ijtimoiy-madaniy qaramaqarshiliklarham inkor etilmaydi. Sharqdagi o‘ziga xoslik shundaki, insoniyat tarixi ayni ana shu yerdan boshlangan. Uning muhim qismi bo‘lgan Yaqin Sharqda Jahon sivilizatsiyasining ilk o‘choqlari paydo bo‘lgan. Mohir odamning ilk ajdodlari eng qadimdan o‘zlari uchun makon qilib olgan mazkur mintaqada bundan 12—10 ming yillar avval chorvachilik va dehqonchilikka asos solindi.
Natijada inson bilantabiat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi jihatlar paydo bo‘ldi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanish tabiat qonunlarini o‘rganib boorish imkoniyatlarini berdiki, bu ishlab chiqaruvchilarning tashqi sharoitlardan xiyla mustaqil bo‘lishiga olib keldi. Bu faoliyat asosan mavsumiy bo‘lganidan aholining ma’lum qismi boshqa sohalarda va maqsadlarda mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Jumladan, zig‘ir tolasi va jundan ip yigirib gazlama to‘qish, kulolchilik, uy-joy qurish, ish qurollarining turli xillarini tayyorlab berish va hokazo sohalarda yangi yo‘nalishlar yaratilgan. G‘ildirakning ixtiro etilishi muhim yangilik edi. Ishlab chiqarish orqali xo‘jalik yurgizish shaklining vujudga kelishi kishilarning turmush tarzini tubdan o‘zgartirgan.
Ularning axloq-odobi, an’analari barqaror rivojlanish kasb eta borgan.Sharq ma’naviy hayotida avval boshdan diniy-asotiriy va tafakkurning mutlaqlashtirish uslubi mavjud bo‘lgan. Qadimgi kishilar dunyoqarashida Olamning Tabiat va Sotsiumga, tabiiy va notabiiyga bo‘linishi dastlab yuz bermagan edi. Shunga ko‘ra Sharq kishilarining olamni idrok etishi qorishiq — sinkretik tusda bo‘lib, «barcha narsalar birlikda», «hamma narsa hamma narsada» tarzida qaralgan. Olamni bunday idrok etishda kishilar xatti-harakati, «Sharq» tushunchasining mazmuni боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini ularning taqdiri koinotiy qonunlarga ko‘ra erkin bo‘la olmaydilar.Bunday dunyoqarashda kishilar taqdirini Tabiat, Sotsium va Davlat belgilashi muqarrar. Sharq sivilizatsiyalarining kelib chiqishi, umuman olganda Yaqin Sharq mintaqasi bilan cheklanmagan, balki bir-biriga nisbatan mustaqil ravishda Hindistonda, O‘rta Osiyoda va Xitoyda lokal tarzda yuz bergan.Yaqin Sharqdagi, xususan ikki daryo oralig‘ida paydo bo‘lgan ilk sivilizatsiyaning yaratuvchilari Shumerliklar faoliyati natijasi o‘laroq barpo etilgan shahar davlatlarida an’anaviy xo‘jalik yurgizish bilan birga ijtimoiysiyosiy
sohada ham muhim o‘zgarishlar qilingan. Shumerliklar yaratgan iyeroglifiy alifbo ma’naviy rivojlanishga jiddiy turtki berdi. Bu jarayonlar Shumer davlati o‘rniga kelgan Akkad va boshqa tuzilmalar, ayniqsa Bobil davlati davrida davom etdi. Bobil podshosi Hammurapi davlatni o‘zi tuzgan qonunlar asosida boshqargan. Bu
yerda o‘z davrining ilg‘or taqvimi tuzilgan, sanoqning o‘nli tizimi joriy etilgan. Ko‘pgina xudolar to‘g‘risidagi tasavvurlar, ibodatxonalar, qiziqarli afsonalar (masalan, Gilgamish haqida), san’atning xilma-xil namunalari, geografik xaritalarning birinchi marta yaratilishi, xiyla yetuk tibbiyot — bularning barchasi sivilizatsiyaning ilk davrida erishilgan yutuqlardir.
Yaqin Sharqdagi qadimgi sivilizatsiyaning Misr varianti qator o‘ziga xosliklarga ega. Qaror topgan davlat xo‘jaligi jamoachilikka ancha erta barham berdi. Mamlakat hayoti hukmdorlar tomonidan to‘la nazorat ostiga olingan edi. Shunga qaramay bu yerda paydo bo‘lgan alifbo, me’morchilik (ehromlar qurish san’ati), fan kurtaklari (matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolar), mifologiya va din sohalarida erishilgan yutuqlar insoniyat qadimgi sivilizatsiyasiga qo‘shilgan ulkan hissa hisoblanadi.
Bu sivilizatsiya barcha asosiy jihatlari bilan noyobdir. Uning paydo bo‘- lish davriga oid ma’lumotlar oz. Xarappi va Moxyandjo-Daro yozuvi hozirgacha o‘qilmagan. Bor manbalarda siyosiy-iqtisodiy masalalardan ko‘ra diniy-falsafiy muammolar ko‘p o‘rin egallagan.Bundan tashqari Hind madaniyatida Shimoldan-Markaziy Osiyodan kelgan oriylar hissasi bilan mahalliy qabilalar yaratuvchilik faoliyati nisbati masalasi ham bor. Lekin Hindistonda dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida bu yerdagi daryolar bo‘ylarida ko‘plab shaharlar vujudga keldi.
Xitoy sivilizatsiyasi Hindistondagidan farqli holda o‘zining ko‘pgina yozma tarixiy va arxeologik manbalariga ega. Muayyan yo‘nalishda bo‘lishiga qaramay Xitoyda ham sivilizatsiya daryo bo‘ylarida kelib chiqqan. Donli o‘simliklar bilan birga yovvoyi hayvonlar xonakilashtirilgan. Nafis hunarmandchilik buyumlari yasalgan. Har bir harfi — iyeroglifi bir so‘zni anglatadigan alifbo ham shu davrda yaratilgan. Mutaxassislar Xitoyga chet sivilizatsiyasining, jumladan, Yaqin Sharq mintaqasining ta’siri borligini ta’kidlaydilar.
Dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyatining rivojlanishi ilmiy bilimlarga ehtiyojni yuzaga keltirdi. Ma’naviy madaniyatning qator tarmoqlari paydo bo‘ldi. Bular ichida din fenomenining o‘rni alohidadir. Sharqda ham, keyinroq boshqa mintaqalarda paydo bo‘lgan sivilizatsiyalarda ham shaharlar diniy-ilohiy muassasa — ibodatxonalar yonlarida qurilgan. Dastlabki ilohlar hayvonlarga (masalan, Qadimgi Misrda), ba’zan kishilarga (Shumerda) o‘xshatib yasalgan. Xudolar shaharlarda avval-boshda ko‘pchilikni tashkil etgan holda, keyinroq ulardan bittasi boshliq holida ajratilib ko‘rsatilgan. Kohinlar xudolar nomidan ish yuritiruvchi bo‘lib ko‘ringan. Ular boshqaruvni kasb qilib olgan kishilar sifatida suv va urug‘ni taqsimlash, ekin ekish va hosilni yig‘ishtirib olish vaqtlarini belgilash, zaxira, dollarni sarflash va boshqa juda muhim bo‘lgan vazifalarni bajarishgan.
Neolit inqilobi Sharq sivilizatsiyasining iqtisodiyot sohasida quyidagi o‘ziga xosliklarga ega bo‘lgan: Birinchidan, xo‘jalik yurgizish tajribaviy yo‘l bilan o‘zlashtirilgan texnologiya asosida va mavjud ishlab chiqarish masalalari bilan an’anaviy amalga oshirilgan, Tovar munosabatlari kam rivojlangan.Ikkinchidan, qo‘l mehnati va, umuman, muskul kuchi bilan harakatlantiradigan ishlab chiqarish qurollaridan foydalanilgan.Uchinchidan, ziroatchilik va unga asoslangan jamoaning alohida mavqega egaligi oqsoqollar tomonidan boshqarilgan jamoatning yerga egalik qilishi va davlatga renta-soliq to‘lashi tartibi paydo bo‘lgan. To‘rtinchidan, ishlab chiqarishdan orttirilgan jamg‘armaning unchalik katta emasligi va ularning ham noishlab chiqarish sohalarda sarflanishi kuzatilgan. Beshinchidan, davlatning hokimiyatga, uning qolgan barcha ko‘rinishlarida ega bo‘lganlarning qo‘lida mulkning to‘planishi oqibatida xususiy mulk ikkinchi darajali ahamiyat kasb etgan. Qadimgi Sharqda xo‘jalik yuritilishi .
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining ma’naviy sohasi quyidagi tavsiflarni o‘z ichiga olgan:Birinchidan, ma’naviy sohada kishilar hayotining konservativligi tufayli dastlab politeistik, so‘ngra monoteistik dinlar belgilovchi o‘rin tutadi.
Ikkinchidan, afsonalarga notanqidiy yondashish, dogmatizm, ekzaltatsiya (yunoncha: cheksiz shodlik, yoki boshqa xursandlik holati, qattiq hayajonlanish) va mistitsizmga berilish mavjud.Uchinchidan, ilmiy bilimlarning aksariyat hollarda hunar sifatida kishilar faoliyatining mavjud shakllari uchun qolip, andoza shaklida
tushunilishi tufayli fan to‘la shakllana olmagan.To‘rtinchidan, barqaror stereotiplar sifatida avlodlar tajribasi muhim qadriyatlar sanalib, avlodlarning to‘liq o‘zaro birdamligi mavjud bo‘ladi.
Ijtimoiy-siyosiy hayot ham Qadimgi Sharq sivilizatsiyalariga mansub jamiyatlarda qator o‘ziga xosliklar bilan ajralib turadi: birinchidan, ijtimoiy tarkibda aholi turli qatlamlarining o‘zaro hokim-tobe munosabatda ekanligi — (masalan, Hindistonda kastachilik), ijtimoiy faollikning cheklanganligi, jamoaviylikning shaxsiylikdan ustunligi, inson turmush faoliyati barcha jihatlarini, ijtimoiy adolat tamoyillarini belgilash va nazorat qilish; ikkinchidan, davlat va jamoat boshqaruvida ko‘pincha mustabidlik mavjud bo‘lib, bunda davlatning jamiyatdan mutlaq ustunligi, uning barcha insoniy munosabatlarni boshqarib borishi ijtimoiy ideal va ishtiyoqni shakllantiradi; uchinchidan, Qadimgi Sharq sivilizatsiyalarida insonga muayyan jamoaning a’zosi sifatida qaralib, uning o‘z shaxsiy hayotini erkin belgilashi iloji bo‘lmagan. Sharq sivilizatsiyasi to‘g‘risida fanda xilma-xil qarashlar mavjud. Bularning hammasiga xos umumiylik shundaki, uning G‘arb sivilizatsiyasidan jiddiy farqli tomonlariga ega ekanligidir. Masalan, Qadimgi Yunoniston va Rimdan farqli o‘laroq Sharqda tipik quldorchilik bo‘lmagan. Yevropada feodalizm deb atash qabul qilingan tartibotlar Sharqda tipik ifodasini topmagan. Yer yuzining bu qismida kishilar ilk jamoachiligidan boshlangan an’analar qariyb o‘zgarishsiz holda qadimda bo‘lganidek, o‘rta asrlarda ham, birmuncha yangi jihatlar kasb etgan holda yangi zamonda ham davom etib keldi. Ma’lumki, qadimda jamoaga birlashgan kishilarning hayot Ma’naviy va
ijtimoiy-siyosiy hayot Sharq sivilizatsiyasidagi betakror jihatlar Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon faoliyati quyidagi jihatlarga asoslangan: Birinchidan, jamoa a’zolari majburiy ravishda bajariladigan o‘zaro almashuv tamoyillari va mexanizmlariga amal qilishi kerak edi: har bir a’zo umumiy qozonga topganining hammasini qo‘shgani holda, undan faqat o‘ziga tegishli qisminigina olgan. Bular o‘rtasidagi farq esa jamoa yoki urug‘ boshlig‘iga tegishli bo‘lib, uning nufuzini anglatgan. Ikkinchidan, katta oila boshlig‘i, urug‘ oqsoqoli yoki urug‘ kengashi a’zosi obro‘-e’tibor va hokimiyatga egalik qiluvchi sifatida jamoaning barcha mulkini qayta taqsimlaydi, shu bilan jamoa mulkining ham egasi ekanligini ko‘rsatadi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanish sharoitida boshliq jamoani jins, yosh, avlod, oiladagi mavqega ko‘ra boshqargan. Albatta,
bunda amalga saylangan oqsollar boy va omadli bo‘lishlaridan tashqari obro‘-e’tiborli, boshqalarning unga bog‘liqligi ham muhim hisoblangan. Yana shuni aytish kerakki, odatda asta-sekin bir nechta qo‘shni jamoalarning nufuzlisi atrofida birlashish hodisasi yuz berishi ham mumkin. Nufuzli jamoa markazidagi ilk shaharlarda ibodatxona, saroy, xazina, omborlar qurilgan. Natijada oqsoqollarning
eng kuchlisi yuqoridagi tarzda shakllanayotgan ilk davlatning sardori bo‘lgan.
Sharqda dastlab nomajburiy ijtimoiy hokimiyat, so‘ngra majburiylikka asoslangan davlat hokimiyati vujudga kelgan. Bunda boshqaruvchilarning o‘rni va ahamiyati tobora oshib borgan. Oldinroq aytib o‘tilganidek, boshqaruvchilar dastavval yetishtirilgan mahsulotlarni taqsimlashda jiddiy mavqega ega bo‘lganlar. Ularning
bu holati nufuz, obro‘-e’tibor orqali hokimiyat bilan bog‘langani tufayli yanada kengayib borgan, otadan farzandlarga meros bo‘lib o‘tadigan va sakral xarakter kasb etadigan hokimiyat institutini maydonga keltirgan. Buning natijasi o‘laroq kim hokimiyatga aloqador bo‘lsa, uning boshqa sohalarda ham ahvoli tegishli tarzda belgilangan. Hokimiyat egasi qo‘lida boylik va mulk bo‘lgan. Shunga ko‘ra kim hokimiyatga ega bo‘lsa, barcha narsalarga, jumladan mulkka ham ega bo‘lgan.
Qadimgi Sharq mamlakatlari sivilizatsiyalarida hokimiyat-mulk tamoyili amalda bo‘lgan. Oddiyroq qilib aytilsa, bunday tamoyilda hokimiyat mulkni tug‘dirgan, hokimiyatdan mahrum bo‘lish esa barcha mulkdan ajralishgacha olib borgan.


Yüklə 197,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin