1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Sharq va G’arb falsafasi. Rivojlanish falsafasi


Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. SHakllanish, o‘zgarish va rivojlanish tushunchalari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə42/55
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#211103
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. SHakllanish, o‘zgarish va rivojlanish tushunchalari. Asrlar mobaynida insoniyat ongida o‘zgarish, rivojlanish, taraqqiyot yoki turg‘unlik kabi jarayonlar tushuncha sifatida shakllanib kelgandir. Dastlab bu g‘oya bir hodisaning vujudga kelishi va boshqasiga aylanishi, shakllanishi haqidagi tasavvur ko‘rinishida uyg‘ongan. Insonlar ongida tarixiy jarayonda hosil bo‘lgan madaniy taraqqiyot, sivilizatsion o‘zgarishlar, jamiyat rivojlanish xususiyatlari, urush va tinchlik omillarining insonlar turmush tarziga ta’siridan olingan tasavvur va tajribalar bu tushunchalar haqidagi bilimlarni boyitdi. Masalan, qadimgi yunonlar dunyoda hamma narsa takrorlanadi va aylanib-aylanib ma’lum muddat o‘tgach «o‘zining dastlabki doirasiga» qaytib keladi, deb hisoblashgan. Dunyo mangu va yaratilmagan, u muayyan siklda takrorlanuvchan xilqatdir. Geraklit: «Dunyo yagonadir va u na biror odam, na biror xudo tomonidan yaratilmagan, u bo‘lgan, bor, bo‘ladi va u mangu alangalanib va so‘nib turuvchi olovdan iboratdir»- deb xitob qilgan edi. Antik falsafaning aksariyat vakillari borliqning doimiy ravishda harakat, o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lish g‘oyasini talqin qiluvchi ta’limotlar yaratdilar. Sharq falsafasida ham zardushtiylikning abadiylik va cheksizlikni targ‘ib qiluvchi dualistik ta’limoti borliqning atributi bo‘lmish abadiy va to‘xtovsiz harakat g‘oyasini targ‘ib qiladi. Hindiston va Yaqin Sharq, Markaziy Osiyoning qadimgi an’analarini davom ettirgan Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi Islom teologiyasiga borliqning makon, zamon va harakatda abadiyligi va cheksizligi g‘oyasini olib kirdi. Bu fikrlar rivojlanishini o‘tmishdan kelajakka qarab yo‘nalgan jarayon sifatida tushunishga turtki bergan muhim g‘oyalardir.
Rivojlanish jarayonining zamirida harakat va o‘zgarish yotadi. Harakat – bu ham bir o‘zgarishdir. Agar harakatni umuman o‘zgarish, ya’ni har qanday o‘zgarish ma’nosida tushunsak, rivojlanish alohida shakldagi o‘zgarishdir. Rivojlanish jarayonida ob’ektni tashkil etuvchi barcha elementlar o‘zgarishga uchraydi. Lekin, bu elementlar bir-biriga asoslangan va bir-biriga aloqador holda, kompleks va yahlit holda o‘zgaradi. Rivojlanayotgan sistema kompleks va yaxlit o‘zgarishi natijasida bir miqdoriy va sifatiy holatdan boshqa o‘zgargan miqdoriy va sifatiy holatga o‘tadi. SHu tariqa o‘zgarish sistemaning yaxlit o‘zgarib ketishiga (boshqa sistemaga aylanishiga) sababchi bo‘ladi, ya’ni rivojlanish – bu holatlarning aylanib turishidir. Agar biz bu jarayonni vaqtning o‘tishi nuqtai nazaridan izohlasak, quyidagi fikrga kelamiz: hozirgi zamon o‘tgan zamonning aylangan holati va kelgusi zamonning aylanadigan holati, kelajak esa hali aylanishga ulgurmagan hozirgi zamondir. Bundan, siklik aylangan holat rivojlanishning natijasidir, degan xulosa kelib chiqadi. Sistemaning aylanishi o‘zining yo‘nalishiga egadir. Sistema paydo bo‘lishda, yangilanishda, gullab-yashnashda, ravnaq topishda, qarish-chirishda va halokat holatida bo‘lishi mumkin. Bularning hammasi aylanish oqibatida sodir bo‘ladi. Aylanishlar sistema tashkiliy holatini murakkablashtirishi, yoki aksincha soddalashtirishi mumkin. Shunga qarab sistema ravnaq sari, yoki inqiroz sari yo‘naladi. Bu esa, rivojlanish – yo‘nalishga ega bo‘lgan o‘zgarishdir, degan xulosani beradi. Dunyoda absolyut izolyasiyalangan, alohida ajratilgan, absolyut yopiq sistemaning o‘zi bo‘lishi mumkin emasligidan rivojlanayotgan sistema, u bilan yonma-yon yashayotgan boshqa qo‘shni sistemalar bilan o‘zaro Yüklə 0,6 Mb.
Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin