Metafizika. Falsafaning yana bir muhim klassik metodi metafizikadir. Dastlab
«metafizika» atamasining ma’nosi inson aqli orqali egallanishi mumkin bo‘lgan barcha bilimlardan yuqori turuvchi murakkab bilim ma’nosini bergan. Eramizdan avvalgi birinchi asrda Rodoslik Andronnik Aristotel qo‘lyozmalarini sistemalashtirib, uning fizika to‘g‘risidagi traktatlari guruhidan keyin uning bir kator boshqa mavzudagi asarlarini tizimlashtiradi. Bularni Arastuning o‘zi «ilk falsafa» deb atagan edi. Bu borliq va bilishning dastlabki oliy prinsiplarini aqliy bilish to‘g‘risidagi asarlar edi. Mana shularni Andronnik «metafizika» deb ataydi (yunon tilidagi aynan ma’nosi: fizikadan keyin keladigan narsa). SHu an’anaga binoan keyingi zamonlarda ijod qilgan tadqiqotchilar ham «metafizika» deganda borliq va bilishning oliy asoslari to‘g‘risidagi falsafiy tadqiqotlarni tushunganlar. Metafizikani ana shunday tushunishni YAngi zamon falsafasiga qadar uchratamiz. XVIII asr oxiri, ya’ni ma’rifatparvarlik davrida metafizika dunyo haqidagi tasavvurlarning sistemalashgan ko‘rinishi sifatida emas, bilishning alohida shakli sifatida tushunila boshlandi. Mutafakkirlar olam tabiatini tasvirlar ekanlar, barcha savollarga tugal javob berishga, dunyoni to‘la-to‘kis izohlangan deb ko‘rsatishga intilganlar. Boshqacha qilib aytganda, modomiki dunyo haqida muayyan qarash to‘g‘ri ekan, bu faqat bugungi dunyoni emas, balki tubdan o‘zgarmasligi kerak bo‘lgan kelgusidagi dunyoni ham tasvirlab beradi deb o‘ylashgan. Agar bilish metodi ob’ektni qandaydir qotib qolgan, rivojlanmaydigan narsa sifatida tadqiq etsagina bunday fikr yuritish mumkin bo‘ladi. SHu tariqa metafizika bilish metodi sifatida shakllandi. Metafizika metodini birinchi bo‘lib I.Kant tanqid qildi. Inson bilimi, Kantning fikricha, faqat unga sezgi va idrokda berilgan tajribanigina izohlay oladi. Metafizika tushunchasini yangicha izohlash ham Kantdan boshlanadi. U o‘z falsafasini tanqidiy metafizika deb ataydi va bilishning chegaralari to‘g‘risidagi barcha oldingi falsafiy bilimlarni tanqidiy nuqtai-nazardan qarab chiqadi. Kant ta’limotida butun falsafa «tanqidiy falsafaga» (ya’ni, uning falsafasiga) va «notanqidiy», dogmatik falsafaga (metafizikaga) bo‘linadi. Gegel ta’limotidan boshlab falsafiy bilish metodini ikki qarama-qarshi metodga – metafizik va dialektik metodlarga ajratish boshlanadi. Metafizik, dogmatik tafakkur, bu – insonni qurshab turgan dunyoning va inson tafakkurining biron bir tomoni, qirrasi, xossasini absolyutlashtirishdir. Bunday fikrlash hodisalarning o‘zaro aloqalari va ta’sirini kam hisobga oladi, unga predmetlarning ayrim elementlari va xossalarini farqlantirish va qayd etishni absolyutlashtirish xosdir. Metafizik tafakkur aloqalar, o‘zaro ta’sirlar va o‘tishlarni nazardan qochirib, o‘zini dunyoning barcha turli-tuman tomonlari, boyligi va birligini ochib berish imkonidan mahrum etadi. Agar dialektika aloqalar haqidagi ta’limot sifatida namoyon bo‘lsa, metafizika ularni inkor etishga intiladi. Sinergetika. Falsafaning zamonaviy metodlaridan biri sinergetik metoddir. Sinergetika o‘z-o‘zidan tashkil topish mexanizmlari va qonuniyatlarini taraqqiyot jarayonining universal komponenti sifatida o‘rganadi. Bu universallik o‘z-o‘zidan tashkil topish nazariyasi uchun shu qadar muhimki, sinergetika tadqiqotchilaridan biri G.Xaken bu fanning asosiy masalasini u bilan bog‘laydi. «Nima uchun, - deb yozadi u,- o‘z tabiatiga ko‘ra turli komponentlardan – elektronlar, atomlar, molekulalar, fotonlar, xujayralar, hayvonlar yoki xatto odamlardan iborat bo‘lgan tizimlar o‘z-o‘zidan tashkil topganda, ayni bir tamoyilga bo‘ysunib, suyuqlikdagi tuzilmalar, elektr tebranishlari, hayvonlar populyasiyalari yoki ijtimoiy guruhlarni tashkil etishi kerak?».46 O‘z-o‘zidan tashkil topish hodisalarining bu qadar keng ko‘lami sinergetikada postulat qilib olinmaydi. U mutaxassislarning turli tuman bilim sohalarida tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning umumiy determinantlarini kashf etishi natijasidir. SHu tufayli sinergetika alohida fan g‘oyalarining yig‘indisi sifatida emas, balki fizik, ximik, biolog va matematik o‘z materialini ko‘radigan umumiy qarashlar tizimi sifatida va, aksincha, bulardan har biri, o‘z fani metodini qo‘llab, sinergetikaning rivojlanishiga biron bir tarzda hissa qo‘shadi. «Men yangi fanni «sinergetika» deb atadim, bunga sabab, - deb yozadi G. Xaken,-unda tizimlarning ko‘pgina elementlarining birgalikdagi harakati tadqiq etilishigina emas, balki o‘z-o‘zidan tashkil topishni boshqaruvchi umumiy prinsiplarni topish uchun ko‘pgina turlituman fanlarning kooperatsiyalashuvi zarurligidir».47Sinergetika bu turli tabiatli tuzilmalarning o‘z-o‘zidan tashkil topish, barqarorlik, parchalanish va qayta paydo bo‘lish jarayonlarini tadqiq etuvchi nazariyadir. Sinergetika dialektikaning quyidagi g‘oyasini tasdiqlaydi – har bir ob’ekt olamdagi hodisalarning umumiy bog‘langanligi oqibatida uni qurshab turgan xilmaxil jarayonlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ayni vaqtda turli qism sistemalardan tarkib topadi. Ob’ektning xar bir tarkibiy qismi boshqa tarkibiy qismlar va tashqi dunyo bilan o‘zaro bog‘lanishda mavjud bo‘ladi. SHu sababli xar bir tarkibiy qism o‘ziga xos individual aloqalar tizimiga ega bo‘ladi, demak u o‘ziga xos harakatga va ichki harakatga ega bo‘ladi va oqibatda ob’ektning ichki o‘z-o‘zidan differensiatsiyalanuvi tendensiyasi paydo bo‘ladi. Ayni vaqtda bir butun ob’ekt uning bir butunligi saqlanishi mobaynida o‘z qismlariga ta’sir o‘tkazadi, shu sababli ob’ektning ichki o‘z-o‘zidan integratsiyalanuvi tendensiyasi paydo bo‘ladi. Sinergetika taraqqiyot konsepsiyasini chuqurroq ifoda etishga imkon beradi. I.Prigojin ta’kidlashicha: «ham klassik, ham kvant mexanikada agar qaysidir bir vaqtda sistemaning holati etarli aniqlikda ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, unda kelajakni juda bo‘lmaganda prinsipda oldindan aytish mumkin edi. Buning ustiga bunday turdagi nazariy sxema ko‘rsatdiki, qaysidir bir ma’noda «hozir» o‘zida o‘tmish va kelajakni saqlaydi. Ko‘rib turganimizdek, haqiqatda unday emas. Kelajak o‘tmishning tarkibiy qismiga kirmaydi. Hatto fizikada huddi sotsiologiyadagidek atigi xilma-xil mumkin bo‘lgan «ssenariylar»nigina oldindan aytish mumkin»48. Sinergetika taraqqiyotning qator fundamental o‘ziga xosliklarini ochib berishga imkon beradi. Taraqqiyot jarayonida tizimning umumiy muhitida tebranishlar hosil bo‘lishi, ya’ni tizim muhitini yangi tashqi ta’sir vujudga keltirayotgan yangi tarkibi sifat jihatdan sakrash nuqtasiga yaqin bosqichda hal qiluvchi hisoblanadi. Bu jarayon fluktatsion jarayon deb ataladi. Bu bifurkatsiya nuqtasini, ya’ni taraqqiyotning bundan keyingi yo‘nalishining aniq bir variantining ko‘pdan ko‘p mumkin bo‘lgan variantlardagi «tanlovi» ni hosil qiladi. Taraqqiyot jarayoni kogerentlik, turbulentlik, dinamik tartibsizlik, dissipativ va avtoto‘lqinli strukturalar dinamikasi, kengmasshtabli spontan fluktuatsiyalar kabi bungacha taraqqiyot konsepsiyasi qamrab ololmagan ko‘pgina boshqa fenomenlarni o‘z ichiga oladi49. Rivojlanish va taraqqiyot jarayonida bifurkatsiya nuqtalari orasida deterministik qonunlar, bifurkatsiya nuqtalarida esa ehtimoliy qonunlar ustunlik qiladi. Bu mu