1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Sharq va G’arb falsafasi. Rivojlanish falsafasi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə53/55
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#211103
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Miqdor va sifat. Borliqda mavjud bo‘lgan moddiy va ma’naviy predmetlar, tizimlar va hodisalar muvozanat saqlab turadilar yoki o‘zaro ta’sir jarayonida holatlarini o‘zgartiradilar. O‘zgarishlar turlicha bo‘ladi: joy almashish, ko‘payish, strukturaviy siljish, kengayish, yuksalish, yangilanish va hokazolar. Bunday o‘zgarishlarni kuzatish asosida kishilar narsalarning miqdori va sifati o‘rtasida bog‘lanish borligini anglaganlar.
Narsa va hodisalarni bilish ularning belgi va xususiyatlarini aniqlashdan boshlanadi. Daraxt bargining zangori bo‘lish xususiyati bir qator bioximik va fiziologik jarayonlarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. O‘z navbatida predmetlarning ichki va tashqi xususiyatlari xossalar orqali namoyon bo‘ladi. Har bir predmetning alohida, yakka ob’ekt holatida mavjud bo‘lishi belgilaydigan xususiyatlar majmui, tizimidir. Xossa barqaror va o‘zgaruvchan, umumiy va juz’iy, uyushmagan va strukturaviy bo‘lishi mumkin. Har bir kishiga xos bo‘lgan temperament, hissiyoti, mehnat qilish qobiliyati barqaror, umumiy xossadir. Lekin, jismoniy tuzilish, biron – bir kasbga nisbatan layoqatga ega bo‘lish esa insonda mavjud bo‘lgan o‘zgaruvchan xossalar qatoriga kiradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, xossalarning o‘zgarishi har doim sifatini o‘zgarishiga olib kelmaydi. Xossa ob’ektning yakka, ayrim belgisini yoki xususiyatini bildiradi. Temirning torayuvchanligi xossasi o‘zgarishi mumkin, lekin bu metall sifatining o‘zgarishiga olib kelmaydi. Xossalar bilan birga ob’ektda xossalar o‘rtasida o‘zaro ta’sir, struktura, muhit bilan munosabat va boshqa xislatlar mavjuddir. Unda sifat nimani bildiradi? Sifat shunchaki xossalar yig‘indisi emas. Masalaning murakkab tomoni shundaki, sifat xossalarning yig‘indisi bo‘lmasa ham, lekin u o‘zini xossalarning yig‘indisi bo‘lmasa ham, lekin u o‘zini xossalar orqali namoyon qiladi. Bu erda faqat xossa yoki xossalar yig‘indisi bilan sifatni aynan emasligini ko‘zda tutish kerak. S i f a t – bu ob’ektning barcha elementlari va xossalari va xossalari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, undagi ichki bog‘lanishlardan, boshqa ob’ekt, tashqi muhit bilan bo‘lgan barqaror aloqalardan hosil bo‘lgan bir butunligini, tizimli yaxlitlikni, muayyanlikni bildiradi. Sifat ob’ektning bir butunligini, barqaror muayyanligini, mohiyatli tomonini bildirsa, xossa uning o‘zgaruvchan, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turadigan xislatini namoyon qiladi. O‘zining sifati bilan bir ob’ekt boshqa ob’ektdan tubdan farq qiladi. SHu bilan birga, ob’ektning sifat muayyanligi doirasida ayrim xossalari yo‘qolib, yangi xossalar vujudga kelishi mumkin. Eski va yangi xossalarning almashinuvi ob’ektning bir butunligi xislatini o‘zgartirgan taqdirdagina uning sifati ham o‘zgara boshlaydi. Sifat jihatdan bir – biridan farq qiluvchi qismlarning bironta ob’ektda birlashishi ko‘p sifatli xislatni yuzaga keltiradi. Turli mavjudotda fizikaviy, kimyoviy va biologik sifatlarning, insonda bulardan tashqari ijtimoiy va shaxsiyatli sifatlarning murakkab uyushmasi mavjuddir. Sifat muayyanligi bilan birga ob’ektlarga miqdor muayyanligi ham xosdir. Bu xususiyat ma’lum o‘lchamni bildiradigan son, hajm, darajasida namoyon bo‘ladi. Miqdorni o‘zi paydo bo‘ladi. YA’ni poydo qiladigan asos aynan bir xil sifat, xossa yoki qismga ega bo‘lgan predmetlarning ma’lum turkum va tizim doirasida birlashishidir. Bir – biriga o‘xshash bo‘lgan, yayni paytda o‘zaro bog‘langan narsa va hodisalar turkumi miqdorli munosabatni hosil qilib, bu munosabat o‘lcham (oz – ko‘p, katta – kichik, keng – tor, tez – sekin va hokazolar) orqali belgilanadi. Miqdor bu mazmunan farq qilmaydigan, o‘xshash sifatga ega bo‘lgan ob’ektlarning turkumlanishidan chiqqan o‘lchamdir. Mazmun jihatidan farq qiladigan, sifat va xossasi tafovutda bo‘lgan ob’ektlar miqdorni, miqdoriy munosabatni hosil qilmaydilar. Masalan, alohida – alohida olingan elektron, atom va molekula turkumni tashkil qilmaydi, sifat jihatidan turli moddalarga mansub bo‘lganlari uchun ularni sanab bo‘lmaydi. Predmetda mavjud bo‘lgan miqdordagi elementlarning o‘zaro aloqadorligi va ta’siri o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan sifatni hosil qilishi. Kislorod atomining sifati undagi o‘zaro aloqada bo‘lgan elementar zarra uning miqdoriy muayyaligi bilan belgilanadi. U yoki bu ijtimoiy tuzumning sifati ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarning ko‘p xilligi, iqtisodiyotni potensial imkoniyati, shaxs, ijtimoiy uyushma va guruhlar, hamda jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni sur’ati, darajasi bilan xarakterlanadi. Demak, ma’lum miqdor muayyan sifatni keltirib chiqaradi. Sifat bilan miqdorning bir – biriga nisbatan qanchalik mustaqil bo‘lishi va ayni paytda uzviy bog‘lanish chegarasi «me’yor» kategoriyasi orqali ifodalanadi. YA’ni, «me’yor» faqat miqdor bilan sifatning birligini belgilamasdan, balki ular o‘rtasidagi chegarani ham bildiradi. Me’yor – bu ob’ektdagi qismlarning o‘zaro aloqadorligi xususiyatidan kelib chiqadigan sifat va miqdor birligining chegaranganligini, shu birlikning muayyanligini saqlaydigan miqdoriy o‘zgarishlar intervalini ifodalaydigan kategoriyadir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin