1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Yüklə 269,37 Kb.
səhifə26/50
tarix12.09.2023
ölçüsü269,37 Kb.
#142923
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
1-Mavzu Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. R-fayllar.org

Qarama-qarshilik deb esa, narsa, voqea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o`zaro munosabatiga aytiladi.
Qarama-qarshiliklar o`rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko`p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, me`yoriy o`zgarishlar tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma`noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo`lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo`lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir.
Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko`tarilgan marksizmda asosan ziddiyatga ko`proq e`tibor berilar edi. U mutlaqlashtirilar va jamiyatga ko`chirilib, asosan, antogonistik ziddiyatlar to`g`risida gapirilar va ularning echilishi insoniyatni baxtli hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, insoniyat paydo bo`libdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo`lib kelmoqda. Odamzod ziddiyatlar kamroq bo`lgan, kishilarning xilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g`oyalari uyg`unlashgan, barqarorlik ustuvor bo`lgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib kelmoqda.

Anu shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflikt — ziddiyat, logos- ta`limot) deb ataladigan falsafiy yo`nalish paydo bo`lishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug`ullanadigan olim va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat uchun foydali tarzda hal qilish yo`llari va usullari ustida bosh qotirishadi.
Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o`zgarishga, yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o`tishga sabab bo`ladi. Olam turli-tuman bo`lganligi uchun ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bo`lmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o`rtasida farq bo`lgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo`q. Chunki amalda, hayotda ular bir-biriga o`tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o`rin tutishlari mumkin.



Yüklə 269,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin