1-Mavzu Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. R-fayllar.org
Nozidlik qonuni Inson tafakkuri anik, ravshan bo`libgina kolmasdan, ziddiyatsiz bo`lishi ham zarur. Zidiyatsizlik inson tafakkuriga xos bo`lgan eng muhim xislatlardan biridir. Ma`lumki, ob`ektiv voqelikdagi buyum va xodisalar bir vaqtda, bir xil sharoitda biror xususiyatga ham ega bo`lishi, ham ega bulmasligi mumkin emas. Masalan, bir vaqtning o`zida, har xil sharoitda inson ham axloqli, ham axloqsiz bo`lishi mumkin emas. U yo axloqli, yo axloqsiz bo`ladi.
Bir vaqtning o`zida bir predmetga ikki zid xususiyatning taalluqli bulmasligi tafakkurda nozidlik qonuni sifatida shakllanib kolgan. Bu qonun fikrlash jarayonida ziddiyatga yul kuymaslikni talab kuyiladi va tafakko`rning ziddiyatsiz hamda izchil bo`lishini ta`minlaydi.
Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki xodisa haqida aytilgan ikki o`zaro bir-birini istisno kiluvchi (qarama-qarshiyoki zid) fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bo`lishi mumkin emaslngini, Xech bo`lmaganda ulardan biri albatta xato bo`lishini ifodalaydi. Bu qonun «A ham V, ham V emas bula olmaydi» formulasi orqali beriladi. Nozidlik qonuni qarama-qarshiva zid muloxazalarga nisbatan qo`llaniladi. Bunda qarama-qarshimuloxazalarning har ikkalasi ham bir vaqtda xato bo`lishi mumkin o`zaro zid muloxazalar esa bir vaqtda xato bo`lmaydi, ulardan biri xato bo`lsa, ikkinchisi albatta chin bo`ladi. Qarama-qarshimuloxazalarda esa bunday bo`lmaydi, ya`ni ulardan birining xatoligidan ikkinchisining chinligi kelib chikmaydi. Masalan: «Aristotel`-mantiq fanining asoschisi» va «Aristotel`-mantiq fanining asoschisi emas»-bu o`zaro zid muloxazalardir. Bu zid muloxazalarning har ikkalasi bir vaqtda xato bo`lmaydi. Ulardan birinchisi chin bo`lgani uchun, ikkinchisi xato bo`ladi. O`zaro qarama-qarshibo`lgan «Bu dori shirin» va «Bu dori achchiq» muloxazalarining esa ikkalasi bir vaqtda, bir xil nisbatda xato bo`lishi mumkin. Chunki dori shirin ham, achchiq ham bo`lmasligi, balki bemaza yoki nordon bo`lishi mumkin.
Ba`zida ikki qarama-qarshi fikr aytilganda mantiqiy ziddiyat bo`lmasligi mumkin. Bunda bir masala yuzasidan bayon qilingan qarama-qarshifikrlar turli vaqtda va turli nisbatda aytilgan bo`ladi. Masalan: Talaba A. mantiq fanidan imtixon topshirmadi» va «Talaba A. mantiq fanidan imtixon topshirdi». Bu zid muloxazalar turli vaqtga nisbatan chin bo`ladi, ya`ni ular o`rtasida ziddiyat bo`lmaydi.
Demak, fikrlash jarayonida, vaqt, munosabat va ob`ekt birligining saklanishi nozidlik qonunining amal qilishi uchun zaruriy shart-sharoit xisoblanadi. Nozidlik qonuni to`g`ri fikr yuritish jarayonida amal qiladi.
Mantiq ilmi umuman har kanday zid muloxazalarni ta`kiklamaydi, balki bir masala yuzasidan bir xil vaqt va munosabat doirasida o`zaro zid, qarama-qarshimuloxazalarni bayon qilish mumkin emasligini ta`kidlaydi.
Formal mantiq dialektik ziddiyatlar bilan mantiqiy ziddiyatlarni chalkashtirib yuborishni koralaydi. Mantiqiy tafakkurdagi ziddiyat bilan real xaet ziddiyatlarini, ya`ni dialektik ziddiyatni bir-biridan farqlash, ularni almashtirib yubormaslik zarur. Chunki bulardan birinchisi tafakkurda yul kuyib bo`maydigan ziddiyat bo`lsa, ikkinchisi buyum, xodisalar taraqqiyotining ichki manbaini tashkil qiladigan dialektik ziddiyatdir. Birinchisi sub`ektov, ikkinchisi ob`ektiv ziddiyatdir.
Noziddlik qonunini bilish va unga amal qilish rakibning, suxbatdoshning fikrlaridagi mantiqsizlikni aniqlash, ilmiy taxlilni izchil va chukur mantiqiy asosda olib borish imkonini beradi