1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja


Falsafada milliylik va umuminsoniylik tamoyili



Yüklə 269,37 Kb.
səhifə6/50
tarix12.09.2023
ölçüsü269,37 Kb.
#142923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
1-Mavzu Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. R-fayllar.org

Falsafada milliylik va umuminsoniylik tamoyili. Albatta, falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Ma`lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o`tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog`liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o`z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo`ladi. O`z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg`uradi, ularni o`ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs Dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o`z navbatida, umuminsoniy fan bo`lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo`ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo`lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o`ralish, milliy mahdudlik degani emas.
Lekin sizning xayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bo`lishi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o`z mohiyati bilan umuminsoniy fandir, degan ta`rif ber ildi-ku?» – degan savollar charx urishi mumkin. Bu — o`ziga xos milliy taraqqiyot yo`lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo`lgan savollardir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan qaraydigan bo`lsak, O`zbekistonda bu yo`nalishni rivojlantirish zarurati etilganini anglaymiz.
Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo`lishi mumkin emas, bunday yondashuvning o`zi etnik mahdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy g`oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo`ladi, deya milliy falsafani yo’qlab chiqadi.
Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud degan fikrga o`rganib qolganmiz. Aslida, ularning barchasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat mentalitetini belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizatsiyaga uzviy qo`shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo`ladi. Eng muhimi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.
Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, ayrim milliy falsafalarning umuminsoniy ma`naviyat xazinasiga munosib hissa bo`lib qo`shilganini ko`ramiz. Masalan, Rim impyer iyasi zavolga yuz tutganidan keyin o`z milliy davlatchiligiga ega bo`lgan YYevropa mamlakatlarida, o`rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish imkoni tug`ildi. (O`rta asr YYevropa madaniyatiga bag`ishlangan mavzuda bu haqda atroflicha fikr yuritamiz). To`g`ri, ular umumYevropa hududida, qadimgi Yunoniston va Rim madaniyati negizida shakllandi. Ularda YYevropa xalqlariga xos umumiy jihat va xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon avvalo, Italiya va Angliyada, so`ngra Frantsiyada yuz ber di. Bu falsafiy maktablarning F. Bekon va R. Dekart, B. Spinoza va J.J. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o`z mamlakatlari, balki YYevropa va jahon falsafasi tarixida o`chmas nom qoldirdi. Ular, avvalambor, o`z yurti, o`z millati sha`nu sharafini yuksaklikka ko`tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg`or g`oyalarni o`rtaga tashlagan, davr taqozo etgan mafkuraning shakllanishiga hissa qo`shgan.
Xuddi shunday, XVIII-XIX asrlarda milliylik va jahon falsafasining taraqqiyotiga nihoyatda katta ta`sir ko`rsatgan hudud Prussiya bo`ldi. Uzoq vaqt Avstriya-Vengriya impyer iyasi tarkibida bo`lgan bu o`lka mustaqillikka yer ishib, milliy davlatchiligini tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsafiy in`ikosi o`laroq I. Kant, I. Hegel, Fixte, Shelling, Feyyer bax kabi donishmandlar tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Keyinchalik bu falsafa Nichshe, Freyd kabi ko`plab faylasuflar tomonidan rivojlantirildi. Ushbu falsafa maktabining atoqli namoyandasi hisoblangan Hegel ta`limoti esa, Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsaning o`tkinchi ekanligini nihoyatda yaxshi biladigan, yangi zamonning Arastusi nomini olgan Hegel Pruss monarxiyasining o`tkinchi ekanligini bilmasmidi? Nima sababdan u dialektik ta`limoti emas, balki monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemasining mukammalroq bo`lishi uchun ko`proq kuch sarfladi? degan savollar haligacha faylasuflarni o`ylantirib keladi.
Xo`sh, nima sababdan Hegel bu yo`ldan bordi? Chunki, Hegel o`z davrining, o`z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy davlati — Pruss monarxiyasi davrining mahsuli, o`sha davr falsafasining namoyandasi edi. U «Faylasuflar osmondan yomg`ir kabi yog`ilmaydilar yoki yomg`irdan keyingi qo`ziqorinlardek yer dan o`sib chiqmaydilar, balki ularni xalq yaratadi» deganida aynan ana shuni nazarda tutgan edi. Hegel o`z ijodi va faoliyati bilan Pruss monarxiyasi, garchand monarxiya shaklida bo`lsada, nemis davlati ekanligini o`z millatining ongi va Dunyoqarashini tarkibiy qismiga aylantirib keta olgan buyuk faylasuf edi. Uning «Aqlga muvofiq narsalarning barchasi voqedir, voqe bo`lgan narsalarning barchasi esa aqlga muvofiqdir», degan so`zlarini ham ana shu ma`noda tushunish lozim. Hegelning bu masalada dialektik emas, balki metafizik usulga ko`proq e`tibor ber ganligining sababi ham ana shunda.

O`sha davrgacha, Rim impyer iyasi qulaganidan keyin ko`proq tarqoq hududlarga bo`linib, Avstriya-Vengriya imspyer iyasi tarkibida yashab kelgan nemis millati uchun Pruss monarxiyasi — milliy davlat edi. Uning shakli-shamoyili kelajakda o`zgarishi boshqa masala bo`lgani holda, bu davlatning Yevropada nemis milliy davlati tarzida saqlanib qolishi, uning millat falsafasiga aylanishi bilan bog`liq edi. Millat falsafasiga, uning Dunyoqarashiga aylangan milliy davlatchilik g`oyasi hech qachon so`nmaydi, garchand yurtni yovlar asrlar davomida bosib tursalarda, qachondir baribir qad rostlaydi va millatning davlati tarzida yana qayta namoyon bo`ladi. Hegel o`z millatining falsafasi va dunyo’qashiga o`sha davlatning shakli-shamoyilini va mazmun-mohiyatini singdirib keta olgan faylasuf darajasiga ko`tarilgani uchun ham bu millat tarixida va u orqali, jahon falsafasi tarixida abadiy qoladi. Milliylik va umumYevropa madaniyatidan bahra olgan bu falsafa haligacha o`z jozibasini yo`qotmaganligining sabablaridan biri ham ana shunda.


Shunga o`xshash vazifani, o`z davrida, millatimizning asl farzandi Alishyer Navoiy ham bajargan. U ozodlikka yer ishgan millat falsafasini adabiyot falsafasiga, mustaqil davlat tilini adabiyot tiliga aylantira olgan, o`z xalqining bu sohadagi dahosi buyuk ekanligiga, nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham ishontirib keta olgan edi. Navoiy va uning zamoniga, o`sha davrga xos o`zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga qayta-qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. Zero, har bir xalq, avvalo, o`zining tarixidan bugungi kun uchun tashbehlar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos bo`ladigan ma`naviy tamoyil, an`ana va qadriyatlarga murojaat qiladi.
Vatanimiz mustaqillikka yer ishganidan keyin milliy falsafani shakllantirish uchun imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug` ajdodlarimiz tamal toshini qo`ygan o`zbek milliy falsafasini rivojlantirishning obektiv va sub`ektiv shart-sharoitlari mavjud. Shu bilan birga, bugungi o`zbek falsafasining rivojini ta`minlashda quyidagi jihatlar alohida o`rin tutadi:
- xalqimizning o`z milliy an`analariga sodiqligi;
- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e`tiqodi;
- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.

O`zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning echimini topishga bog`liq:


- birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g`oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko`rsatib ber ishni taqozo qiladi. O`z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo`q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;

- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma`naviy myer osdan bahramand bo`lish va ulardan ijodiy foydalanishga to`siq bo`lmoqda;


- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g`oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo`shliqni yangi g`oyalar bilan to`ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug`ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas`uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz Dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan o`zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta`sir ko`rsatadi.




Yüklə 269,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin