Falsafiy Dunyoqarash. Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o`zgalarga va ularning faoliyatiga, o`z umri va uning mazmuni kabi ko`pdan-ko`p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo`ladi.
Falsafiy Dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta`sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari aks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyg`u, aql-idrok va tafakkur ham muhim o`rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog`liq bo`lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr Dunyoqarashida zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o`z ifodasini topadi. Masalan, bugungi O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlash zarurati istiqlol Dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta`sir ko`rsatmoqda.
Falsafiy Dunyoqarash murakkab tuzilishga ega. U muayyan bilimlar, kelajakka qaratilgan g`oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e`tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat.
Bularning ichida e`tiqod muhim ahamiyat kasb etadi. U Dunyoqarashning mazmunini tashkil etadigan asoslardan biridir. E`tiqod insonning o`z qarashlari va g`oyalari to`g`riligiga, orzu-umidlarining asosli ekaniga, faoliyati va xatti-harakatining umumiy maqsadlarga va talablarga mosligiga bo`lgan chuqur ishonchidan paydo bo`ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi, ularni boshqaradi, shaxsni omilkorlikka, samarali faoliyatga undaydi.
Falsafiy Dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o`rin tutadi. Hissiyot Dunyoqarashning emotsional-ruhiy jihati bo`lib, dunyoni tushunish esa, Dunyoqarashning aqliy shaklidir. Hissiyot – quvonch, shodlik, zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish, xavotirlanish, asabiylashish, yolg`izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g`am-g`ussa, nadomat, o`z yaqinlari va vatani taqdirini o`ylash kabi xilma-xil shakllarda namoyon bo`ladi. Ana shular barchasining uyg`unligi dunyoni his etishga olib keladi. Dunyoni his qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan Dunyoqarashning shakllanishiga asos bo`ladi.
Inson aqli unga xos hissiyot va tasavvurlar asosida ilmiy Dunyoqarashni shakllantiradi va takomillashtiradi. Har bir kishiga xos hissiyot va fikr, bilim va e`tiqod, intilish va kayfiyat, orzu-umid va qadriyatlar Dunyoqarash tarkibida yaxlitlashadi va olamni bir butun holda aks ettiradi. Bir butun, yaxlit Dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib, inson hayotining oxirigacha davom etadi. Bu holat individual Dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini ifodalaydi.
Falsafiy Dunyoqarashning shakllanishida bilim g`oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimda Dunyoqarashning barcha belgilari mavjud. Lekin, bilim va Dunyoqarash aynan bir narsa emas. Olamni tushunish bilimlar paydo bo`lishi uchun asosdir. Bilim inson ongida hissiy va aqliy bilish jarayonida hosil bo`ladi, u dunyoqarashning asosi, uning uzviy qismidir.
Bilim muayyan sharoitda biron bir hodisa yoki narsani baholashda qo`l keladi va aynan ana shu jarayonda dunyoqarashga aylanadi. Bunday baho ber ish jarayonida mudom muayyan manfaatlar asos qilib olinadi. Shuning uchun ham ijtimoiy dunyoqarash turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etadi, gohida ularni amalga oshirish uchun kurash maydoni bo`lib qoladi.
Biror partiya yoki guruh o`z maqsadlariga etishish yo`lida butun jamiyat uchun xos bo`lgan umumiy ijtimoiy Dunyoqarash tarkibida ko`proq va salmoqliroq joy egallashga yoki uni o`z manfaatlari foydasiga o`zgartirishga harakat qiladi. Umuman, hayotda maqsadga yer ishishning eng oson va qulay yo`li o`zgalar Dunyoqarashini jamiyat foydasiga o`zgartira olishdir.
Falsafa azal-azaldan Dunyoqarash bo`lgan. Chunki, uning o`zi hayot nima uchun ber ilgan, dunyoga kelishdan maqsad nima, umrni mazmunli o`tkazishning qanday yo`llari bor, degan talay savollarga javob topish zarurati tufayli vujudga kelgan. Falsafiy Dunyoqarash o`zining nazariy asoslangani va puxta ishlangani bilan ajralib turadi. Shu ma`noda, u boshqa fan yoki faoliyat sohasi uchun umumiy uslub vazifasini ham bajaradi.
Agar nazariya bilish jarayonining natijasi bo`lsa, usul (metod) shu bilimga yer ishish yoki uni amalga oshirish yo`lini anglatadi. Falsafiy nazariya esa, bir vaqtning o`zida usul vazifasini ham bajara oladi. Tarixning burilish davrlarida o`zgarishlarning asosiy yo`nalishlari va maqsadlari nechog`li to`g`ri ekani falsafiy Dunyoqarash tamoyillariga solishtirib aniqlanadi. Bunda muayyan falsafiy nazariya umumiy usul (metod) sifatida qabul qilinadi. Shu sababdan ham bunday davrlarda falsafiy nazariyalarga e`tibor kuchayadi, taraqqiyot yo`llaridan borish falsafiy modellarining ahamiyati ortadi.
Bu yo`lning asosiy mohiyati islohotlarni inqilobiy tarzda emas, tadrijiy ravishda olib borishni nazarda tutadi. Bunda taraqqiyotning mazkur yo`li aniq tarzda tasavvur etilgan. Ya`ni, uning tarixiy va zamonaviy jihatlari, umumbashariy va mintaqaviy xususiyatlari, mamlakatimizning buguni va kelajagi uchun naqadar ahamiyati har tomonlama o`rganilgan. Ana shu asosda kyer akli xulosalar chiqarilgan va ularni hayotga tadbiq etishning asosiy yo`l-yo`riqlari ko`rsatib ber ilgan.
Biz ana shu nazariyani, bir tomondan, taraqqiyotimizning o`zimizga xos va mos modeli deb ataymiz. Ikkinchi tomondan esa, uni mamlakatimiz hayotini tubdan o`zgartiradigan va uning kelajagini belgilab ber adigan, milliy Dunyoqarash, ong va tafakkur rivojida muhim o`rin tutadigan umumfalsafiy tayanch – metodologiya deb bilamiz. Chunki, uning tamoyillari taraqqiyotimizning asosiy yo`nalishlarini belgilaydi va shu bilan birga, bu jarayonga kuchli ta`sir ko`rsatadigan metodologik asos bo`lib xizmat qiladi.
Inson ongli ijtimoiy mavjudot bo`lgani bois, uning Dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi. Demak, har qanday Dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o`z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan holda borliqqa munosabatini ifodalovchi g`oyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy xolat va e`tiqod mujassami hamda ularning namoyon bo`lishidir.
Falsafiy Dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko`ra, ma`naviy faoliyat bo`lgani bois, u borliqqa bo`lgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yo`nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari – axloqiy Dunyoqarashlarida, huquqiy munosabatlari – huquqiy, siyosiy munosabatlari – siyosiy, diniy munosabatlari – diniy, ekologik munosabatlari – ekologik Dunyoqarash shakllarida o`z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida izohlaydigan bo`lsak, quyidagicha ko`rinish kasb etadi:
1. Axloqiy.
2. Diniy.
3. Huquqiy.
4. Siyosiy.
5. Ekologik.
6. Estetik.
Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil Dunyoqarash shakllari o`zaro bog`liqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi.
Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va Dunyoqarashida namoyon bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda, Dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari muayyan inson, ijtimoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma`naviy qiyofasini belgilab ber adi.
«Dunyoqarash» tushunchasi o`zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g`urur, tarixiy xotira, ma`naviy barkamollik kabi tuyg`u va tushunchalar bilan uzviy bog`liq holda shakllanadi. Chunki, Dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bo`lagiga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |