1-mavzu: falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati


Falsafiy bilimning tuzilishi



Yüklə 167,87 Kb.
səhifə7/27
tarix28.11.2023
ölçüsü167,87 Kb.
#167596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
1- Mavzu

Falsafiy bilimning tuzilishi. Falsafa o`z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va ma`naviyatni, shuningdek sababiy bog`lanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va oqilonalik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va serqirraligi tufayli o`sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim bo`limlar ajralib chiqa boshladi, vaqt o`tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi va yangi bilimlar bilan to`ldirildi. Pirovard natijada ular falsafiy bilimning tuzilishini (strukturasini) tashkil etdi.
Quyidagilar falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari: ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim;
- gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko`ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi;
- ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta`limot;
- etika – axloq haqidagi ta`limot;
- aksiologiya - qadriyatlar haqidagi ta`limot;
- falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta`limot va boshqalar.
Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib etish, ularning eng muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno bo`lish – ko`rsatilgan bo`limlarni sinchiklab o`rganish, bunda ularga yaxlit bir butunning tarkibiy qismlari sifatida yondashish demakdir. Pirovardda biz falsafaning o`ziga xos tili, o`z yondashuvlari va metodlari, nihoyat, tabiat, jamiyat va tafakkurga oid eng muhim aloqalar, xossalar va qonunlarni o`zida aks ettiruvchi umumiy tushunchalar – kategoriyalar tizimi vujudga kelganining guvohi bo`lamiz. Bunda falsafadagi har bir bo`lim yoki yo`nalish ham o`z tushunchalar apparatiga, ya`ni bilimning faqat shu sohasiga xos bo`lgan va uning asosiy mohiyatini yoritib beradigan kategoriyalar tizimiga egadir.
Falsafada ko`rib chiqilgan mavzular bilan bir qatorda shunday bilim sohalari ham mavjudki, ular qolgan barcha bilim sohalariga kirib boradi, ular bilan uyg`unlashadi va ularni to`ldiradi. Masalan, tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkurida yuz beruvchi harakat, rivojlanish va o`zgarishlar haqidagi falsafiy ta`limot dialektika ana shunday bilim sohalaridan biri hisoblanadi.
Ob`ektiv sabablarga ko`ra falsafiy bilimning ayrim sohalari sezilarli darajada rivojlandi va vaqt o`tishi bilan mustaqil falsafiy fanlarga aylandi. Bunday bilim sohalari qatoriga, masalan, insonning bilishni amalga oshirish shakllari, qonunlari va usullarini o`rganadigan fan - mantiqni; ma`naviyat va axloq haqidagi ta`limot – etikani; go`zallik qonunlariga muvofiq ijodning mohiyati va shakllari haqidagi fan – estetikani kiritish mumkin.
SHu ma`noda falsafa tarixi fani alohida diqqatga sazovordir, zero u, mohiyat e`tibori bilan, nafaqat falsafiy, balki tarixiy fan hisoblanadi. Ayni vaqtda u falsafiy bilim tarkibiga ham kiradi, chunki falsafiy tafakkurning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini, falsafiy g`oyalar evolyutsiyasi va xususiyatini turli faylasuflar, yo`nalishlar, oqimlarning ta`limotlarida qanday tavsiflangani nuqtai nazaridan o`rganadi. Falsafa tarixi fanida falsafiy ta`limotlarni tizimga solish va tasniflashga, matnlar, tarixiy sanalarni tahlil qilishga, daliliy material, biografik ma`lumotlar yig`ishga alohida e`tibor beriladi. SHu munosabat bilan dunyoqarashni kengaytirish va teranlashtirishga, o`z falsafiy yondashuvlarini yaratishga qaratilgan falsafani o`rganish, uning tarixi, asosiy namoyandalari va eng muhim falsafiy asarlari bilan albatta tanishishni nazarda tutadi.

Yüklə 167,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin