1-mavzu: falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati



Yüklə 167,87 Kb.
səhifə4/27
tarix28.11.2023
ölçüsü167,87 Kb.
#167596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
1- Mavzu

Madaniy funktsiyasi. Falsafa odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish uyg`otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali madaniy funktsiyani ham bajaradi. U dunyoni o`zlashtirish va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi yutuqlarini o`zida mujassamlashtiradi va ularni butun insoniyat mulkiga aylantiradi. Turli mamlakatlar va xalqlarning falsafa tarixini o`rganish ularning o`tmishdagi va hozirgi madaniyatini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, g`oyalar almashinuvi va madaniy an`analarning o`zaro ta`siriga ko`maklashadiki, bu madaniy meros bilan uzviy bog`liq bo`lgan ko`pgina muammolarni echishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Aksiologik funktsiyasi. Falsafa hayotning ma`nosi, o`lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo`yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”, “yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” kategoriyalari bilan baho berish orqali– aksiologik (yunon. axia - qadriyat) funktsiyani bajaradi. U uzoq muddatli tendentsiyalarni qisqa muddatli tendentsiyalardan farqlash, yuzaki jarayonlarni fundamental jarayonlardan, muhim narsalar va hodisalarni ikkinchi darajali narsalar va hodisalardan ajratish orqali insonning qadriyatlarga munosabati bilan uzviy bog`liq bo`lgan tegishli ehtiyojlarini shakllantiradi. SHu tariqa insonning muayyan qadriyatlari, mo`ljallari va ustuvorliklari belgilanadi, ya`ni tegishli qadriyatlar tizimi tarkib topadi. Bu tizim odamlarning muhim xususiyati hisoblanadi, ularning hayotga munosabatini aks ettiradi va jamiyatdagi xulq-atvorini ko`p jihatdan belgilaydi.
Falsafaning axloqiy funktsiyasi odamlar xulq-atvori va u yoki bu jamiyatda yuzaga keluvchi munosabatlar bilan bog`liq. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yo`l bilan, ya`ni real hayot amaliyotida o`rnatiladigan me`yorlar va qoidalarga sezilarli darajada ta`sir ko`rsatadi. Bunday me`yorlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o`zaro aloqalari, ularning munosabatlari va o`zaro til topish darajasida namoyon bo`ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa doimo axloqda, jamiyatning barcha a`zolari xulq-atvorida namoyon bo`ladi va shu tariqa yana bir muhim funktsiya – axloqiy funktsiyani bajaradi.

Yüklə 167,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin