1-mavzu: falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati


Falsafaning yangi sohalari



Yüklə 167,87 Kb.
səhifə8/27
tarix28.11.2023
ölçüsü167,87 Kb.
#167596
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
1- Mavzu

Falsafaning yangi sohalari. Falsafiy bilimning tuzilishi o`zgarmas, uzil-kesil shakllangan emas. Falsafaning rivojlanishi va u hal qilayotgan muammolar doirasi kengayishiga qarab falsafiy bilim tuzilishida ham o`zgarishlar yuz beradi. Ilmiy nazariyalar yoki falsafiy g`oyalar inqirozga uchragan yoki o`zining asossizligini namoyish etgan taqdirda, ularning bilim tizimidagi o`rni va rolini qayta baholash amalga oshiriladi, bu esa ba`zan ularning nazariy va amaliy ahamiyati yo`qolishiga olib keladi. Masalan, flogiston nazariyasi, «falsafa toshi»ni izlash, empiriokrititsizm falsafasi va o`z ahamiyatini yo`qotib, tarix mulkiga aylangan boshqa ko`pgina g`oyalar bilan shunday bo`lgan. Bugungi kunda falsafa bilan ham shunga o`xshash hodisa yuz beryapti, degan fikr mavjud. Hatto falsafa o`lyapti deb hisoblaydiganlar ham yo`q emas.
Darhaqiqat, o`zini oqlamagan g`oyalar, yo`nalishlar va kontseptsiyalar bisyor, ularning aksariyati hozir juda og`ir ahvolda, ayrimlari esa kuchli inqiroz holatini boshdan kechirmoqda. Ammo falsafa o`zining birinchi ma`nosida – «donolikni sevish» sifatida, haqiqatning tagiga etish usuli sifatida, jon holati sifatida va nihoyat, dunyoqarashning alohida shakli sifatida insoniyat turguncha mavjud bo`ladi.
Buni falsafiy bilimning ayrim nisbatan yangi sohalari ham tasdiqlaydi (ba`zan ular mustaqil falsafiy fanlar maqomiga da`vogarlik qiladi). Ular falsafa yondashuvlari va metodlari jamiyat hayotining ayrim jabhalari, murakkab ob`ektlar, muayyan fanlar va shu kabilarni o`rganishga nisbatan qo`llanilishi natijasida yuzaga keldi. Ularning aksariyati falsafaning eng yangi tarixi bilan bog`liq bo`lib, asosan XX asrga tegishlidir. Bu erda avvalo tabiat falsafasi, huquq, fan, tarix, siyosat, san`at, din, texnika falsafasi, tanatologiya, gerontologiya va boshqalar nazarda tutilmoqda. O`tgan asrning so`nggi o`n yilliklarida tadqiqotning yana bir yangi va o`ta muhim sohasi – globallashuv va u yuzaga keltirayotgan global muammolar falsafasi paydo bo`ldiki, uni o`rganish ham foydadan xoli bo`lmaydi.

Yüklə 167,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin