1-mavzu: falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati


Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati va roli yoki amaliy falsafa



Yüklə 167,87 Kb.
səhifə10/27
tarix28.11.2023
ölçüsü167,87 Kb.
#167596
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
1- Mavzu

Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati va roli yoki amaliy falsafa. Odatda falsafa kundalik hayot va amaliyotdan ancha uzoq bo`lgan haddan tashqari umumiy masalalarni o`rganadi, degan fikr mavjud. Ammo bu fikrga qo`shilish mushkul, zero umumiy nazariyalar, agar ularga kengroq ma`noda va uzoqroq istiqbol nuqtai nazaridan yondashilsa, ba`zan bilimning tor sohalariga taalluqli bo`lgan ko`pgina muayyan g`oyalardan yaxshiroq samara beradi.
Albatta, falsafa doim kundalik hayotdan ma`lum darajada uzoq bo`lgan va shunday bo`lib qolmoqda. Uning o`ziga xos xususiyati, betakrorligi ayni shu omilda namoyon bo`ladi. Biroq, boshqa tomondan, falsafa oddiy ijtimoiy borliq, kundalik ijtimoiy, siyosiy yoki iqtisodiy hayot amaliyoti deb nomlash mumkin bo`lgan narsalardan ham o`zini olib qochmaydi. Falsafiy refleksiya va u bilan mushtarak bo`lgan harakatlarning mazkur yo`nalishi XX asrda hatto butun bir yo`nalish – amaliy falsafa vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Bunda falsafa siyosiy, ijtimoiy va boshqa qarorlar qabul qilishga muqarrar tarzda va bevosita ta`sir ko`rsatadi, deb aytish mumkin emas, ammo bu holni butunlay istisno etish ham o`rinli bo`lmaydi. Biroq shu narsa aniqki, falsafa odamlar dunyoqarashini shakllantirish orqali ularning xulq-atvorini, yuqorida zikr etilgan qarorlarni ishlab chiqish jarayonida ularning yondashuvlarini ham ko`p jihatdan belgilaydi, faylasuflarning o`zlari esa ba`zan odamlar hayotini butunlay o`zgartiruvchi muhim, g`oyalar tashabbusi bilan chiqadilar.
Faylasuflar jamiyatdagi ma`naviyat va axloqning holati uchun ham sezilarli darajada javobgardirlar, zero ular nafaqat ijtimoiy me`yorlar va tamoyillarni rivojlantiradilar, ulardan dars beradilar yoki kitoblar, maqolalar orqali ijtimoiy ongni ular bilan oshno etadilar, balki aksariyat hollarda keng jamoatchilik fikrini uyg`otadigan, ijtimoiy ahamiyatga molik bo`lgan, ijtimoiy-siyosiy muammolar, madaniyat va ma`naviyat masalalariga doir muhokama va munozaralar tashkil etadilar.
Falsafaning ijodiy xarakteri. Falsafa jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalariga kuchli ta`sir ko`rsatgan holda, ayni vaqtda fan bilan doim yaqin aloqada ish ko`radi. U yoki bu fan qanday muayyan muammolarni hal qilishidan qat`iy nazar, ular bilan bog`liq jarayonlar va hodisalarga, ya`ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo zaruriy shart hisoblanadi. Muayyan fan predmetiga va uning oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng bilimning boshqa sohalarida erishilgan eng so`nggi yutuqlarni ham aks ettiradigan yaxlit yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishiga erishish ham mumkin emas.
O`z vaqtida dunyoga nisbatan (odatdagi, «klassik» fizika doirasida uzoq yillar hukm surgan yondashuvlarga qaraganda) kengroq yondashuv, masalan, A.Eynshteyn (1879-1955)ga dunyoning manzarasini tushunishga nisbatan butunlay yangicha yondashuvni taklif qilish va avvalgi fizikaning aksariyat qoidalari muayyan darajadagina haqiqiy bo`lib qolgan sharoitda klassik (Nьyuton) mexanikasini ham o`z ichiga olgan «Nisbiylik umumiy nazariyasi»ni ta`riflash imkonini berdi. Ammo tabiiy bir savol tug`iladi: bu erda falsafa chindan ham ijodiy rol o`ynadimi? Agar ijodiy rol o`ynagan bo`lsa, bu nimada va qay tarzda namoyon bo`ldi?
Umumiy dalillarga to`xtalmay, shuni qayd etishni o`rinli deb hisoblaymizki, Eynshteyn ongida o`zidan oldingi va o`zi yashayotgan davrdagi falsafa g`oyalari to`qnashdi. Ular mutafakkirning butun ijodiy faoliyatiga kuchli ta`sir ko`rsatdi, zero u ratsionalistik falsafaning ko`pgina klassiklari, ularning o`tmishdoshlari va izdoshlari bilan talabalik yillaridayoq tanishgan edi. “Biz Eynshteyn ijodiga XX asr o`rtalarining fizik kontseptsiyalari va kelajakka prognozlar nuqtai nazaridan, retrospektiv nazar tashlar ekanmiz, uni insoniyat ma`naviy hayoti katta bir bosqichining yakuni deb hisoblash mumkin. – Bu bosqich faqat Nьyuton mexanikasi bilan boshlangani yo`q. Butun ratsionalistik fan va XVII asr falsafasi uning negizi hisoblanadi. Eynshteyn asarlari bilan tanishar ekansiz, Galiley, Dekart, Spinoza, Gobbs, Nьyuton satrlarini beixtiyor eslaysiz – ba`zan g`oyalarning ajabtovur o`xshashligiga duch kelasiz. XVII asr ratsionalistik tafakkurining nomuayyan farazlari va izlanishlari qanday qilib ijodiy, izchil shakl-shamoyil kasb etayotganining guvohi bo`lasiz. Bu erda tadrijiy aloqa mavjudligi shak-shubhasizdir”1.
Falsafiy tasavvurlar va tabiiy-ilmiy qarashlarni farqlash oson ish emas. Biroq falsafiy tasavvurlar tabiiy-ilmiy qarashlarga ta`sir ko`rsatgani, xuddi shuningdek al-Xorazmiy, al-Farg`oniy, Ibn-Sino, Mirzo Ulug`bek, I. Nьyuton, A.Eynshteyn kabi buyuk olimlarning ilmiy g`oyalari zamirida ularning keng va teran falsafiy bilimlari yotishi shak-shubhasizdir. Ayni shu sababli ko`rsatilgan mutafakkirlarning yaxlit falsafiy ta`limoti haqida bo`lmasa ham ularning jiddiy falsafiy qarashlari haqida to`la asos bilan so`z yuritish mumkin.

Yüklə 167,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin