1-mavzu. Fan ijtimoiy – madaniy xodisa. Fanlarning tasnifi. Reja



Yüklə 108,65 Kb.
səhifə14/17
tarix04.02.2023
ölçüsü108,65 Kb.
#82783
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1 ma\'ruza IDM UZB

«Transformator» modeli mavjud muammoga uzil-kesil ta`riflangan muammo deb qaramaydi, ammo uning echimini faqat ko’p marta o’zgartirish, hamda uning shart va talablarini qayta-qayta ta`riflash, maqsadlarining shaklini o’zgartirish orqali aniqlashga harakat qiladi.
«Shlyuz» modeli ma`naviy yoki moddiy rag’batlantirish vositalari yordamida inson ijodiy faolligining imkoniyatlarini ochishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
«İdish» modeli har bir inson axborot saqlovchi va ko’plab imkoniyatlarni tasarruf etuvchi ekanligidan kelib chiqadi. İnson to’plab boradigan bilim dinamik xususiyatga ega bo’lib, uni voqelikni o’zgartirish tomonga yo’naltirish mumkin.
«Urug’» modeli organizmik o’xshatishlar bilan sug’orilgan bo’lib, u ijodiy faoliyat biologik va ijtimoiy jihatdan belgilanganligini ko’rsatadi. Har bir inson kreativ imkoniyatlarga ega bo’lib, ularni o’stirish talab etiladi.
«Raketa» modeli ichki impulьs va energiyaning muhimligi hamda ahamiyatiga e`tiborni qaratadi. İnson o’zi uchun hayotiy muhim bo’lgan muammoni hal qilishdan manfaatdor bo’lganida ushbu energiya faollashadi. Mazkur modelь ichki energiyani tashqi harakat, hodisa yoki echimga aylantirishni nazarda tutadi.
«Tramplin-to’siq» modelida ijod jarayoni sub`ekti axborot etarli bo’lmagan hollarda duch keladigan psixologik to’siqni bartaraf etish bilan bog’liq vaziyatni tahlil qiladi. Ba`zan odatdagi fikrlash usuli gnoseologik to’siq yoki axborot to’sig’i sifatida ta`sir ko’rsatadi. Uni evristik qoidalar va tavsiyalar majmui bo’lgan tramplin modeli yordamida bartaraf etish mumkin.
«Prizma» modeli qo’yilgan vazifaning turli jihatlarini ko’rib chiqishni nazarda tutadi.
«Quruq yog’och» modeli Gyotedan qolgan ijod va ilhom xususiyatini ifoda etadi. Ma`lumki, Gyote doimiy, kundalik mehnatni «o’tin yorish va uni quritish»ga o’xshatadi. İjod olovi alangalanganida quruq yog’och lovillab yonadi.
«Teng pallali tarozi» modeli ijod samarali bo’lishi uchun ijodkorning bilimi, tajribasi, izchil faoliyati, motivlari va irodasi singari o’zaro bog’liq jihatlar teng holatda bo’lishini nazarda tutadi.
«Hazilsiz mutoyiba» modeli ijodni oshirib ko’rsatish, payrov qilish, oddiy va g’ayrioddiyni uyg’unlashtirish, tasodifiy belgisiga qarab uyg’unlashtirish bilan bog’liqligini nazarda tutadi. Bunday usullar hazilkash odamning faoliyatini yodga soladi, ammo u tafakkurning ijodiy jarayonida zohir bo’ladi.
Evristik faoliyat natijalarining kelib chiqishi har xil bo’lishi mumkin. Ular xayolot va fantastika, skepticizm va kriticizm, realizm va astoydil mehnat, ilhom, pragmatizm, intuiciya mahsuli bo’lishi mumkin. Ular sxolastika yoki prognoz, misticizm, illyuziyalar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Ular solipsizmga, hissiy qabullashlar kuchiga asoslanishi yoki sentimentalizm bilan sug’orilgan bo’lishi mumkin27.
Evristik mushohadaga uzil-kesil va izchil mushohada deb emas, balki dastlabki va haqiqatnamo mushohada deb qarash kerak. Chunki isbotlangan, uzil-kesil xulosa chiqarishdan oldin haqiqatnamo mushohadalarga tayanish lozim. Evristik mushohadalar, qoida tariqasida, indukciya, abdukciya va analogiyaga asoslanadi.
Evristika sohasi qanchalik jo’shqin va o’zgaruvchan bo’lib tuyulmasin, uni o’rganuvchi tadqiqotchilar va metodologlar evristik faoliyat toki yaxshi g’oya paydo bo’lmagunicha ishonch va tirishqoqlik bilan astoydil harakat qilish kerakligini nazarda tutadi.
Evristikada muqarrar tarzda amal qiladigan qoidalar mavjud emas, evristik izlanish jarayonida aniqlangan o’ziga xos xususiyatlar va xossalar to’g’risidagina so’z yuritish mumkin. Muayyan kashfiyotning barcha usul va amallari, bosqich va kodlari evristika sohasiga kirib keladi. Oqilona evristika izchil ketma-ketlikda joylashtirilgan va umumiy tarzda ta`riflangan stereotip va qoidalarning mavjudligini nazarda tutmaydi. Unda tadqiqot jarayoni ham, izlanish usullarini tanlash ham, uning natijasi ham yangilik bo’ladi. Unda har bir insonning o’ziga xos xususiyatlari aksini topishi va e`tiborga olinishi lozim.
Fan falsafasining muammolar maydoniga evristika ilmiy bilimning o’sishi bilan bog’liq har qanday modelning o’zgarmas xossalarini, ya`ni nazariya o’z doirasidan chetga chiqib, kengayishga da`vogar bo’luvchi vaziyatni aks ettirish maqsadida kiritilgan. Mazkur jarayonning yangi mazmun kasb etish bilan bog’liq evristik xususiyati yaqqol ko’zga tashlanadi. Evristika, V.V. İl’inning asarlarida ishonarli tarzda ko’rsatib berilganidek, nazariyaning o’z dastlabki chegaralaridan tashqariga chiqish, ekspansiya qilish va kengayishga intilish xossasidir.





Yüklə 108,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin