|
|
səhifə | 11/15 | tarix | 12.10.2023 | ölçüsü | 84,53 Kb. | | #154896 |
| 1-mavzu. Fanga kirish. Qadimiy dinlarning iqtisodiy jihatlari. Q-fayllar.org
Xammurapi (ba’zi manbalarda Xammurabi) konun
tuplamlari (jami 282 ta) dikkatga sazovor (m.a.1760 y.). Bu tuplam 1901 – 1902 yy.
Suza shaxri koldiklarini arxeologik kazish paytida topilgan (Frantsiya poytaxti
Parijdagi mashxur muzey – Luvrda saklanyapti). Nusxasini BMT binosidagi
muzeyda xam kurish mumkin. Toshga uyilib yozilgan muxim va Qadimiy, tarixiy
xujjatni taxlil kilish shuni kursatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jixatdan ancha
mukkammal ajralgan. Biz uchun ayniksa, mulkchilik va unga egalik shakllari
muximdir. Konunda «kuchlilar zaifroklarni cheklamasligi kerak» degan koida bor.
Masalan, karzdorligi uchun podsho jangchilari va boshka axolining yerlarini sotish
yoki tortib olish man etilgan. Sudxurlik faoliyati cheklangan, uning mikdori pulda
20, maxsulotda 33 foizdan ortik bulmasligi kerak.
Asosiy maksad ishlab chikarishni, birinchi navbatda kishlok xujaligini
rivojlantirishni qullab – kuvvatlash bulgan, ya’ni mexnatsiz daromad topishga
karshi kurashilgan. Karzni karz xisobiga uch yildan ortik ushlab turish mumkin
bulmagan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan, yerga xam tan olingan.
Birovning xususiy mulkiga kuz olaytirgan, unga zarar yetkazganlar Iqtisodiy
jixatdan jazolangan. Bu konunlar tuplami davlatning mamlakatni Iqtisodiy
boshkarish soxasidagi dastlabki tajribasini kursatadi. Okibatda shu davrda
mamlakat xam siyosiy jipslashdi, xam Iqtisodiy ravnak topdi.
Qadimgi Xindistonning «Manu konunlari» da (m.a. IV– III asrlar) ijtimoiy
mexnat taksimotining, xukmronlik va buysunish institutlarining mavjudligi aytiladi.
Xindistondagi Iqtisodiy goyalarni aks ettiruvchi Qadimgi yodgorlik
«Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oraligida) dir (tom ma’nosi buyicha ifoda, amaliy
xayot tugrisidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda tuldirilgan). Bu Qadimiy va muxim
tarixiy yodgorlikdir (u CHandragupta I podsholigi davrida podsho
maslaxatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda
qulchilikni mustaxkamlash asosiy vazifa kilib kuyilgan. Qulchilik eng past
tabakalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning kiymati» muammosi
kutarilgan, kiymat mikdori «ish kunlari» bilan belgilangan, ragbatlantirish esa
mexnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.
Bu asarda davlatni boshkarish buyicha takliflar berilgan bulib, bir
kancha Iqtisodiy goyalar xam ilgari surilgan. Masalan, unda maxsulotning bozor
baxosi bilan uning tabiiy kiymati urtasidagi fark aytilgan. Tovarga bulgan extiyoj
ortganda, uning baxosi kiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan
shugullanuvchilarga aloxida urgu berilgan bulib, foyda masalasi kutarilgan,
foydaning mikdori tovar baxosiga (boshka xarajatlar katorida) kushilib, maxalliy
maxsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import usha davrda xam
afzal) kilib belgilangan.
Davlatning Iqtisodiy ishlarga aralashuvi qullab kuvvatlangan. Kishlok
xujaligiga aloxida e’tibor berilgan, bush yerlar xalkka bulib berilishi va solik tulash
zarurligi, sugorish inshootlari kurishga e’tibor xakida suz yuritiladi. Umuman,
davlat mamlakatning ishlab chikaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, degan goya
markaziy urinni egallaydi. (Xozirgi davrdagi J.M.Keyns va institutsionalizm
tarafdorlari fikri bilan solishtiring.)
Moliya soxasida daromad soligiga katta e’tibor berilgan. Davlat ba’zi ishlarni
rivojlantirishi uchun moddiy va ma’naviy yordam berishi kerak, deyilgan.
Maxsulotga baxo belgilash, davlatning boyishini ta’minlash (foydani oshib, sarf –
xarajatni kamaytirish), xisob – kitobni tartibga solish, xar xil ugriliklarga karshi
kurashish kerakligi belgilangan. SHu tamoyillarni amalga oshirish tufayli
jamiyatdagi norozilik, tengsizlik yukoladi, deyilgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|