|
ichinglar, xadya kilinglar, ammo isrof
|
səhifə | 7/15 | tarix | 12.10.2023 | ölçüsü | 84,53 Kb. | | #154896 |
| 1-mavzu. Fanga kirish. Qadimiy dinlarning iqtisodiy jihatlari. Q-fayllar.org
ichinglar, xadya kilinglar, ammo isrof kilmanglar» degan oyatlar asosida olib
boriladi (bu xozirgi davrda eng aktual masalaga aylangan). «Daryo buyida taxorat
kilsalaringiz xam
suv
ni isrof kilmanglar» kabi koidalar aynan xozirgi Iqtisodiyoti va
ekologiyasi uchun nixoyatda axamiyatli. Islom xukukshunosligida foyda mikdori 10
foiz kilib belgilangan (buni boshka fikrlar bilan solishtiring). SHark Iqtisodiy
tafakkurining rivojlanishida arab mutaffakiri Ibn Xaldun Abduraxmon Abu
Zayd (1332-1406)ning xissasi benixoya katta (Tunisda tugilgan, Fes sultonida
xattot-kotib bulgan). 1382 yili Koxiraga kelib mudarrislik kilgan, keyinrok kozi
bulgan. Asosiy asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi», 1370y.). U
birinchilardan bulib tarixiy-ijtimoiy tarakkiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi
xakidagi fikr yuritdi, Garb olimlari Makiavelli, Monteskega katta ta’sir kursatdi.
Olimning kontseptsiyasi «ijtimoiy tabiat»ga yakin, jamiyat rivoji (evolyutsiyasi)
oddiylikdan tsivilizatsiya saridir. Ibn Xaldunning bu asaridan tarjima «Ijtimoiy fikr»
jurnalining 1998 yil 1-sonida (158-165-betlar) keltiriladi. Asarning «Kitobi avval»
kismida «inson jamoasining farkli tomonlari: shoxlik xokimiyati, odamlarning
daromadlari»ni urganish asosiy vazifv kilib kuyilgan. Olim: «Insonga xos bulgan
jixatlarga yashash uchun mablag, narsa topishga intilish, bu uchun mexnat kilish
zaruriyati xam kiradi», deb yozadi. Davlatning yashash davr va boskichlari
keltiriladi, u beshga bulinadi va nixoyatda ibratlidir. Mexnat kilinmasa
«bozor Iqtisodiyoti xam barxam topadi».
«Davlatning kuchi va kudrati, axolining soni boylik va farovonlikka boglikdir», deb
yozadi olim. Soliklar zarurligi uktiriladi, soliklar yana axolining uziga kaytib keladi.
«Axolinig boylik manbaini bozor va savdo munosabatlari tashkil etadi», deganda
olim xuddi bugungi Iqtisodiy goyani qullab-kuvvatlaydi. Merkantilistik goya klassik
maktab fikrlari bilan tuldiriladi. «Savdogar moliga narx kuyishda barcha sarf-
xarajatlarini xisoblab narx yozadi». Olimning bexosiyat, mevasiz daraxtlar ekishdan
chetlanish xakidagi fikri xam kimmatlidir.
Italiyalik roxib Foma Akvinskiy (1225-1274) ta’limotida Iqtisodiy goyalar
ma’lum tartibga solingan. U uzining asarlarida qullik va krepostnoylikni oklaydi,
bunda u Aristotel va mukaddas kitoblarga asoslanadi. U xudoni barcha boyliklar
egasi deb e’lon kiladi, lekin xususiy mulkchilik xam ximoya kilinadi, chunki bunda
insonning uz toifasi, tabakasiga mos ravishda yashashiga imkoniyat yaratiladi. Davr
takozosiga mos (natural xujalik xukmron) ravishda davlat uz-uzini ta’minlash
goyasini qullaydi, natura shaklidagi boylikka asosiy e’tiborini karatadi, oltin va
kumushlarni sun’iy boylik deb biladi. Mexnatsiz yaratilgan boylik (savdo, sudxurlik)
xarom deb xisoblangan.
Asosiy va xudo tomonidan belgilangan bu narsa «adolatli baxo» masalasi edi.
Kanonistlar amalda baxoni mexnat sarflarining yigindisidan iborat deb tan
olganlar. Agar proportsional tenglik saklanmasa, jamiyat yemirilishi mumkin, degan
tugri xulosa chikarildi. Savdo foydasi va foiz olish «adolatli baxo» buyicha
almashuvni buzadi, shu sababdan yirik savdo va sudxurlikni takiklash talab etiladi.
Foma Akvinskiy «adolatli baxo» masalasini foydalar, tugrirogi naf, manfaatlar
tengligi asosida xal etdi va uni sub’ektiv vakt deb baxoladi. U aytadiki, agar narsa
biror odam foydasiga, lekin boshka odam ziyoni xisobiga utsa, bu xolda buyumni
uzining xakikiy baxosidan yukorirok sotish xukuki paydo buladi. SHu bilan birga bu
buyum baribir xakikiy egasidagidan kimmatrok sotilmaydi, chunki kushimcha baxo,
shu buyumdan xoli bulgan ziyonni koplaydi. F.Akvinskiy yukori tabaka axolisini
mexnatkashlarning manfaatini ximoya kiluvchilar kilib kursatadi. SHu sababli bu
tabakaga buyumlarni uz xakikiy baxosidan kimmatrok sotishga ruxsat
beradi. Protsent (foiz)ni tavakkalchilik tulovi yoki karz oluvchiga beriladigan
«begaraz sovga» deb tushuntiradi. U rentaning ekspluatatorlik moxiyatini buyab
kursatadi va renta yer egasiga uz qul ostidagilarni boshkarishdagi mexnati uchun
tulanadigan xak deb baxolaydi. Bu bilan cherkov (eri bor) va feodallarning
manfaatlarini ximoya kiladi.
Показать больше ...
Эту лекция ещё не готова к просмотру.
Описание
|
|
|