Termik sinf. Bu sinfga kiruvchi usullarning barchasi (elektr yoy yordamida, elektr shlakda, elektron nurida, gaz alangasida, plazmada va boshqalar) da metallarni payvandlash joylarini qizdirishda ajraluvchi issiqlik energiyadan foydalaniladi.
Termomexanik sinf. Bu sinfga kiruvchi usullarning barchasi (elektrokontakt, gaz alangasida qizdirib presslash va boshqalar) da metallarni payvandlash joylari ajraluvchi issiqlik energiyada qizdirilib, yuqori plastik holatga keltirilib bosim bilan siqib payvandlanadi.
Mexanik sinf. Bu sinfga kiruvchi usullarning barchasi (ultra tovush yordamida, portlovchi moddalarni portlatib, sovuqlayin ishqalab va boshqalar)da
metallarni payvandlash joylari mexanik energiyani issiqlikka aylanishida qizib yuqori plastik holatga keltirilgach bosim bilan siqib payvandlanadi.
Payvand birikmalar va ularning asosiy turlari
Payvand chok bilan biriktirilgan bir necha elementlar yig’indisiga payvand birikma deyiladi. Payvandlash yo’li bilan ajralmaydigan xilma–xil metall konstruktsiyalar
tayyorlashda ko’proq uchma-uch, ustma–ust, burchakli va tavrosimon payvand birikmalar uchraydi.
Payvand birikmalarining asosiy turlari:
a − uchma-uch birikmalar; b − ustma-ust birikmalar; v − burchak hosil qilgan birikmalar; g − tavrsimon birikmalar.
CHoklarni fazodagi holatiga ko’ra ularni pastki, vertikal, gorizontal va ship
choklarga, shuningdek ularni uzluksiz va uzluklilarga ajratiladi.
CHoklaming fazodagi holati va ularni hosil qilish sxemasi;
a − pastki chok; b − gorizontal chok; v − vertikal chok; g − ship chok. Metallarning payvandlanuvchanligi va payvandlashda struktura o’zgarishlari
Metallarning turli usullarda texnik talablarga javob bera oladigan darajada payvandlanish xususiyatiga payvandlanuvchanligi deyiladi.
Metallarning payvandlanuvchanligi ularni kimyoviy tarkibiga, strukturasiga,
payvandlash usuliga, rejimiga va boshqa ko’rsatkichlarga bog’liq. Odatda,
metallarning payvandlanuvchanligini aniqlashda bostirilgan chok puxtaligi
payvandlanadigan metall puxtaligiga taqqoslanadi. Agar chokda nuqsonlar metallar puxtaligiga yaqin bo’lsa, bunday metallar yaxshi payvandlanuvchan hisoblanadi. Ma’lumki, turli metall konstruksiyalar tayyorlashda asosiy material sifatida po’latlardan foydalaniladi.
Aniqlanganki, tarkibida uglerodi 0,25% kam boigan uglerodli va kam
legirlangan po’latlar barcha payvandlash usullarda yaxshi payvandlanadi.
4- Mavzu:Eritib payvandlash fiziko-metalurgik jarayonlar
O’rtacha uglerodli po’latlarni payvandlashda chokka yondosh zonada toblangan struktura, chok metallda kristalizatsion darzlar berishi sababli cheklangan holda payvandlanuvchanlikka ega bo’ladi. Ko’p uglerodli po’latlar esa yomon payvandlanadi. Agar bunday po’latlarni payvaridlashga zaruriyat bo’lsa
avvalo payvandlanuvchi buyumlarni 300–450 gacha qizdirib, payvandlab bo’lingach termik ishlanmog’i kerak. O’rtacha va ko’p legirlangan po’latlarning issiqlik o’tkazish va issiqlikdan kengayish koeffitsientini kam uglerodli po’latlardan pastligi payvandlashda o’ta qizib, havoda sovishida karbidlar hosil bo’lib, qattiqligi ortadi va bu hoi darz ketishiga ham olib kelishi mumkin.
Po’latlarda legirlash elementlarni ortishida payvandlanuvchanligi yomonlashadi.
SHu sababli bu po’latlarni payvandlashda, avval, ma’lum temperaturagacha qizdirib, payvandlab bo’lingach termik ishlovlarga berilishi lozim.
Barcha cho’yanlar esa yomon payvandlanadi. Ularda nuqsonlar (darzlar,
kemtik joylari, katta g’ovakliklar va boshqalar) uchraydi.
Payvandlashda havoda sovishida chokda va chokka yondosh-gan joyi toblangan boiishi natijasida, darz ketishi asosiy qiyinchilikni tug’diradi.
CHo’yanlar xilini ko’pligi va xossalarini xilma–xilligi sababli payvandlash usulini
to’g’ri tanlash muhimdir. CHo’yan quymalardagi nuqsonlarni payvandlab tiklashda qator usullar bo’lib, bularning ichida payvandlanuvchi quymani qizdirib payvandlash va qizdirmay payvandlash usullaridan foydalaniladi.
1) Payvandlanuvchi quymalarni qizdirib payvandlashda nuqsonli joy 90° li
burchak bo’ylab kesilib, uni atrofi qolip material bilan qoplangan, buyum 600–650
gacha asta qizdiriladi. Keyin payvandlovchi material sifatida, masalan, cho’yan
chiviq, flyus sifatida bura olinib gaz alangasida eritib payvandlanadi.
1) Quymani qizdirmay payvandlashda esa, avvalo, payvandlash joyiga po’lat
shpilkalar shaxmat tartibda rezbaga o’rnatilib, ularni qoplamali kam uglerodli po’lat elektrod bilan kichik tokda (150A gacha) payvandlab, keyin qolgan joylari payvandlab to’ldiriladi.
Rangli metallar va ularning qotishmalariga kelsak, ularning issiqlikni va elektrni yaxshi o’tkazishi, oson oksidlanishi, gazlarni yutishi va boshqa
xususiyatlari payvandlashda ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi.
5-Mavzu:Payvandlash birikmalari va choklarning asosiy turlari
Materiallarni o’zaro atomar yoki molekulyar bog’lanishi hisobiga ajralmaydigan qilib biriktirilishiga payvandlash deyiladi.
Amalda bu maqsad uchun payvandlanuvchi metallarni payvandlash joylari eritilib, kichik vanna hosil etiladi va uni havoda sovishida kristallanib chok olinadi yoki payvandlash joylari yuqori plastik holga kelguncha qizdirilib, bosim ostida o’zaro yaqinlashtiriladi.
Bunda yuzalaridagi oksid pardalar parchalanib, iflosliklar ajralib, yuza g’adir– budurliklari ezilib, atomlararo tortishish kuchlari hisobiga bog’lanib chok olinadi. Bu usullarda har xil qalinlikdagi metallar va ularning qotishmalarini, nometall materiallar yerda, suv ostida va koinotda payvandlanadi.
CHunki bu usul ajralmaydigan birikmalar olishdagi boshqa usullar (kovsharlash, mixni porchinlab biriktirish)ga qaraganda puxta birikmalar olinishi, tejamliligi, ish unumining yuqoriligi va boshqa afzalliklariga ko’ra texnikaning barcha sohalarida keng qo’llaniladi.
Metallarni payvandlash usuli odamlarga juda qadimdan ma’lum bo’lib o’sha zamonlarda metallarni yer o’choqlarda qizdirilib, ularni birikish joylarini birini ustiga ikkinchisini qo’yib zarblab payvandlaganlar. Lekin bu usulning nazariy asoslari faqat XIX asr oxiri XX asr bosfjjaridagina yaratila boshlandi. Bu borada
V. V. Petrovning xizmatlari g’oyat katta, u 1802 yilda elektr yoyining xususiyatini o’rganib, yoy issiqligida metallarni payvandlash mumkinligini aytdi. 1882 yilda N. N. Benardos elektr yoy yordamida ko’mir elektrod bilan metallarni payyandlashni (1–rasm, a), 1888 yilda esa N. G. Slavyanov elektr yoy yordamida metall elektrod bilan metallarni payvandlash usulini, metall vannani havo tarkibidagi chok sifatiga zararli 2, N2, H2, gazlarni ta’siridan himoya qilish uchun flyus sifatida maydalangan shishadan foydalanishni, shuningdek, metallarni payvandlash vaqtida payvandlash joyi tomon elektrodni sarflanishiga ko’ra bir tekisda uzatib turuvchi mexanizmni ham ixtiro etdi (1–rasm, b).
Metallami elektr yordamida payvandlash usullari sxemasi:
a - N. N. Bernardos usuli: 1 − ko’mir elektrod; 2 − chok bob sim; b - N. G.
Slavyanov usuli: 1 − metall elektrod.
1907 yilda esa O. Kelberg maxsus qoplamali metall elektrodlardan foydalanishni tavsiya etdi. Bunday elektrodlar bilan metallami elektr yoy yordamida dastaki payvandlashda qoplama erib yoyni barqaror yonishi ta’minlanib, vanna havoning zararli gazlari ta’siridan himoyalanib, sifatli choklar olindi. Keyinchalik zarur payvandlash mashinalar, yangi-yangi payvandlash usullar va texnologiyalar (masalan, metallami flyus qatlami ostida elektr yoy yordamida, elektroshlak, elektron nur, plazma yordamida payvandlash va boshqa usullar) yaratildi. Hozirda 70 dan ortiq usullar mavjuddir.
6-Mavzu: Payvandlash birikmalari chizmalarda belgilanishi
Payvandlash yo’li bilan turli materiallardan ajralmaydigan konstruksiyalar tayyorlashda payvand birikmalarning turli xillaridan foydalaniladi, lekin, ko’proq tarqalgan xillariga uchma-uch, ustma-ust, burchak hosil qilgan va tavraviy birikmalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |