1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə36/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
биол маж лекция

3.Ajratilgan tuqimalar kulturasi deganda odatda kallus to’qimasi yoki shish to’qimasi tasavvur etiladi.
Kallus bu dedifferentsiyalangan hujayralardan iborat tashkillanmagai massa. Kallusning hosil bo’lishi va o’sishi auksin hamda tsitokiiin guruhlariga mansub bo’lgan fitogarmonlar tomonidan pazorat qplinadi. Ixtisoslashgan to’qimaning differentsiyalangan hujayralari auksin ta’sirida dedifferentsirovkani yengadi, tsitokinenlar ta’sirida esa aktiv bo’linishga o’tib, kallusli to’qima hosil qiladi. Ikki pallali o’simliklar kalluslari, fitogarmon tutuvchi turli sun’iy ozuqa muhitlarida turli organlar eksplantlarida: aseptik o’suvchi urug‘larda, poya va ildiz bo’laklarida, izolyatsiyalangan parenxima bo’laklarida, tuganak to’qimalarda, izolyatsiyalangan poya murtagida, bargda oson hosil bo’ladi.In vitro kallus to’qimasi asosan oq yoki sarg‘ish rangda bo’ladi. Kallus qariy boshlaganda fenol birikmalari to’planishi natijasida qo’ig‘ir rangga kira boshlaydi.
Kallus to’qimasi amorf bo’lib, aniq anatomik tuzilishga ega emas. Lekin kelib chiqishiga, o’sish sharoitiga bog‘liq holda u:
1.Po’k alohida mayda agregatlarga tez parchalanuvchi.
2.O’rta zichlikdagi, meristematik markazn yaxshi ko’rinadigan.
3.Zich, kambiy, elementlari differentsiyalanayotgan va sistemaga tushayotgan holatda bo’ladi.
O’simlik hujayrasining differentsirovkasi va kallusga aylanipsh uchun ozuqa muhit tarkibida fitogarmonlar: auksin va tsitokinenlar ishtirok etishi lozim. Auksin hujayra differentsirovkasi jarayonini yuzaga keltirib, bo’linishga tayyorlaydi, tsitokinin esa differentsiyalangan hujayralarni bo’linishga olib keladi. Agar garmonsiz ozuqa muhitlariga differentsiyalantan o’simlik eksplanti joylashtirilsa (poya, barg,ildiz bo’lagi) hujayra bo’linishi ketmaydi va kallus hosil bo’lmaydi. Bu differentsiyalangan hujayralarning bo’linish xususiyatita ega emasligini ko’rsatadi. Har bir hujayra o’sishning bo’linish, . cho’zilish, differentsirovka fazalarini o’tashi kerak.. Dedifferentsiyalangan hujayralar ning bo’linishi natijada kallus hosil bo’ladi.
Hujayralarning in vitro differentsiyalangan holatdan dediferentsiyalangan holatga o’tishi va hujayralarning aktiv bo’linishi genlarnipg aktivligining o’zgarishi bilan bog‘liq. Ba’zi genlarning faollashuvi ba’zilarining passivlashuvi hujayraning oqsil tarkibining o’zgarishiga olib keladi. Kallus hujayralarida spetsifik oqslllar paydo bo’ladi va bir vaqtning o’zida bargning fotosinteziga taaluqli oqsillar kamayadi yoki umuman yo’qolib ketadi. Hujayralar dedifferentsiyalanib kallus hosil qilish jarayonida hujayrada biokimiyaviy va tsitologik o’zgarishlar roy bsradi. Dedifferentsirovka zaxira moddalar sarflanib hujayra organellalarining parchalanishidan boshlanadi. Dedif-ferentsirovka induktsiyasidan 6-12 soat o’tganidan so’ng hujayra qobig‘i po’kaklashadi va shishadi, erkin ribosomalar soni ortadi, goldjp apparati elementlarining soni ko’payadi, yadrochalarning o’lchami kattalashadi va soni oshadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin