1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati


Nur ta’sirida sterillash (ultrabinafsha va radioaktiv nurlar) 5.Kimyoviy



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə35/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
биол маж лекция

3.Nur ta’sirida sterillash (ultrabinafsha va radioaktiv nurlar)
5.Kimyoviy sterillashga etilen oksidi, (-propolaktan, dietilpirokarbonat, spirt, AgO3,. kalsiy gipoxlorid, kislotalar bilan sterillash kiradi.
O’simlikdan ajratilgan hujayra va to’qimalar o’stiriladigan ozuqa muhitida o’simliklarni o’sishi uchun kerakli bo’ladigan hamma makroelementlardan: azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, oltingugurt, magniy, temir, mikroelemeptlardan: bor, rux, mis, kobalt, marganets, yod molibden, shuningdek vitaminlar, ugelevodlar, fitogarmonlar bo’lishi kerak. Ba’zi ozuqa muhitlari tarkibida esa kazeii gidrolizati va ba’zi aminokislotalar bo’lishi kerak. Bundan tashqari, ozuqa muhiti tarkibiga, hujayralarning temirga bo’lgan talabini turli pH kursatkichlarida qoldirish uchun EDTA (etilendiamin-tetrasirka kislota) yoki uning natriyli tuzi kiritilishi kerak. Ajratilgan hujayra va tuqimalar o’stiriladigan ozuqa muhitining asosiy tarkibiy qismini uglevodlar tashkil qiladi, chunki hujayra va to’qimalar avtotrof ozuqalanish qobiliyatiga ega emas. Ko’pincha uglevod manbai sifatida saharoza yoki glyukozaning 20-40g/l miqdori qo’llaniladi. Uglevodli ozuqa manbai sifatida polisaxaridlar ishlatilmaydi, chunki ba’zi to’qimalar asosan o’smalar aktiv gidrolitik fermentlarga, (amilaza va boshqalar) ega bulib, kraxmal eritmasi bor ozuqa muhitlarida o’sishi mumkin. O’sish regulyatorlari hujayralar dedef ferentsirovkasi va hujayra to’qimalari iiduktsiyasi uchun zarurdur. Shuning uchun kallusli tuqimalar olishda ozuqa muhitlari tarkibiga auksin (hujayra dedifferentsi rovkasini yuzaga keltiruvchilar) va tsitokininni (dedifferentsiallangan hujayra larning bo’linishini induktsiyalovchi) kiritish kerak. Poya morfogenezi induktsiyasida ozuqa muhiti tarkibida auksinning miqdori kamroq bo’lishi yoki umuman bo’lmagligi mumkin. Ikkala garmonlarga yoki ularning bittasiga nisbatan avtonomlik shu hujayra larning garmon ishlab chiqarish qobilyatiga bog‘liq.Auksin manbai sifatida ozuqa muhitlarda 2,4 dixlorfenoksisirka kislotasi (2,4-D) % 1-10 mg/ml; indolilsirka kislota (ISK)-1-30 mg/l, b-naftilsirka kislotasi (NSK)-0,1-2,0 mg/l, kabilar ishlatiladi. Ko’pincha 2,4-D ishlatiladi, (NSK) 2,4-D ga nisbatan 30 marta kam aktivlikka egadir. Kallusning rivojmanishi uchun ko’pincha auksinning yuqori miqdori, ishlatiladi, to’qima keyingi qayta ekilganida auksinning miqdori bir necha marta kam bo’lganda ham to’qima o’sishi davom etaveradi. Sun’ny ozuqa muhitlarida tsitokinin manbai sifatida kinetii, 6-benzil aminopurin (6-BAP) va zeatin (0,001-10mg/l) qo’llaniladi. Ajratilgan to’qimalar ning o’sishida va orgonogenez induktsiyasida 6-BAP kinetinga nisbatan yuqori aktivlikni namoyon kiladi. Ba’zi ozuqa muhitlari tarkibiga adenin kiradi.
Auksii va tsitoknnilardan tashqari ba’zi ozuqa muhitlari tarkibida gibberil kislota (GK) tutadi. Ozuqa muhitida GKniig bo’lishi shart bo’lmasa ham, ba’zi hollarda u izolyatsiyalangan tuqimalarning o’sishini tezlashtiradi. Birlamchi kallus induktsiyasini va uning o’sishi faoliyatini tezlashtirish uchun ozuqa muhitiga o’simlik ekstraktlari yoki sharbatlari qo’shiladi. Kokos suti-kokos yong‘og‘i suyuq endospermi o’sish tezligini oshirish xususiyatiga ega. Qattiq ozuqa muhitini tayyorlashda dengiz suv o’tlaridan olinadigan polisaharid agar-agardan foydalaniladi. “Vacto agar” va o’zimizda ishlab chiqariladigan bakterial agarda keraksiz qo’shimchalarning miqdori kamroq bo’ladi. Bunday agarlarni qattiq ozuqa muhiti tayyorlashda tozalamasdan ishlatash mumkin. Odatda qattiq ozuqa muhiti tayyorlashda 5-7 % agardan foydalaniladi. Vaqtdan unumli foydalanish uchun makro- va mikro tuzlar hamda vitaminlar eritmalari yuqori miqdordagi boshlang‘ich eritmalarini tayyorlab, ularni ko’p marta suyultirib ishlatash mumkin. Kontsentrlangan eritmalar muzlatgichda saqlanadi, vitaminli eritmalar minusli haroratda saqlanadi. Makrotuzlar eritmalari 10-20 marta ko’p miqdorda, mikrotuzlar eritaalari 100-1000 marta ko’p miqdorda, vitaminlar eritmalari esa 1000 marta ko’p darajali miqdorda tayyorlanadi. Har-xil turlarga mansub o’simliklar hujayralari, to’qimalari va organlarini o’stirshida turli tarkibdagi ozuqa muhitlaridan foydalaniladi. Ko’pmncha Murasiga-Skuga, Uayt; Gamborga (V-5) ozuqa muhitlari ishlashladp. Murasige-Skuga ozuqa muhitlaridan turlicha modifikatsiyalar bilan apikal meristemalar o’stirishida va o’simlikni mikroko’paytirish da foydalaniladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin