1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə43/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74
биол маж лекция

2.Kointegrativ vektorlar. Begona DNK ni o‘simlik genomiga kiritilishni osonlashtiruvchi usullardan biri kointegrativ vektorlardan foydalanish bo‘lib hisoblanadi. Bu yo‘nalishning mohiyati quyidagicha. Begona genni o‘simlik genomiga ko‘chirib o‘tkazishdagi barcha jarayonlarni 2 bosqichga bo‘linadi: o‘simlik genomiga kiritilishi lozim genni klonlash va o‘simlik hujayrasi genomi transformatsiyasini amalga oshirish. Bu ikkala bosqich turli xil vektorlar yordamida amalga oshiriladi.
Kerakli genni klonlash uchun yordamchi (oraliq) vektor sifatida E. coli asosidagi plazmidalardan foydalaniladi. Ularga T-DNK ning chegaralangan T-DNK ketma-ketliklari fragmenti va selektiv (odatda, antibiotiklar kanamitsin, gigromitsin yoki gerbitsidga) chidamlilik belgisini kodirlaydigan geni joylashtiriladi, bu esa kelgusida transgen o‘simliklarni tanlashni amalga oshirish imkonini beradi. Bunday vektor kichik hajmga ega, undan T-DNK hududiga kerakli gen ketma – ketligini ulab, klonlash maqsadida foydalaniladi.
3.Binar vektorlar. Begona DNK ni ko‘chirib o‘tkazishning boshqa xil birmuncha sodda, keng qo‘llaniladigan uslublaridan biri binar vektorlardan foydalanish hisoblanadi. Ilgari qayd etilganidek, agrobakteriyalar bilan o‘simlik hujayrasini zararlantirish va javobgar vir –hududi transformatsiyani amalga oshirish uchun DNK ni ko‘chirib o‘tkazish va T-DNK rayonini chegaralovchi to‘g‘ri takroriy ketma-ketliklar zarurdir. Bundan tashqari vir hududi va DNK ning chegaralovchi takroriy ketma-ketliklari bitta plazmida tarkibida joylashgan bo‘lishi muhimdir. Binar vektorlar tizimi shunga asoslanganki, o‘simliklar transformatsiyasi uchun foydalaniladigan agrobakteriya hujayrasida bir vaqtning o‘zida ikkita plazmida joylashgan bo‘ladi. Ulardan biri T-DNK ning chegaralangan qismlar ketma-ketliklariga ega bo‘lsa, ikkinchisi vir hududiga ega bo‘ladi. Ikkala plazmida ham mustaqil replikatsiya bo‘la oladi, lekin alohida holda o‘simliklar transformatsiyasiga sabab bo‘la olmaydi. Bunda T-DNK tutuvchi plazmida o‘z tarkibida E.coli plazmidasi fragmentlari (jumladan, replikatsiyaning boshlang‘ich nuqtasini) tutadi, bu esa E. coli hujayralarida klonlash bo‘yicha barcha manipulyasiyalarni amalga oshirish va barcha jarayonlar (soddalashtirish) ni osonlashtirish imkonini beradi. Kointegrativ vektorga analogik holda kerakli (maqsadli) gen va selektiv marker geni T-DNK hududiga ulanadi, shundan so‘ng bunday rekombinant plazmida vir-hududiga ega boshqa plazmida saqlovchi agrobakteriyalar hujayrasiga kiritiladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin