1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə41/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
биол маж лекция

Postgam chatishmaslikni yengish. Postgam chatishmaslik changlangandan go’pg kelib chiqadi. Bunda rivojlanmagan, puch, unmaydigan urug‘lar hosil bo’ladi. Bunga sabab murtak bilan endospermaning rivojmanish vaqtining to’g‘ri kelmasligi bo’lishi mumkin. Endos perma yomon rivojlanganida murtak normal o’smaydi. Bunday hollarda yetilgan puch urug‘lardan murtak ajratib olinadi va ozuqa muhitda o’stiriladi.
Murtaklarni suniiy ozuqa muhitlarda o’stirish embriokultura deb ataladi. YEtilgan murtaklarni mineral tuzlar va saharoza tutuvchi fiziologik aktiv moddalar solinmagan oddiy ozuqa muhitlarida o’sgirish mumkin. Hozirgi kunda embriokulturalarni selektsiyada qo’llash, qishloq xo’jalik o’simliklarini uzoq formalarini chatishtirib yangi duragaylar olishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Ajratilgan murtaklar kulturasi yordamida nafaqat uzoq duragaylashda yoki postgam chatishmaslikni yengishda balki qimmatli duragaylarni mikroko’paytirishda ham foydalani ladi. Mikroko’paytirish kallus to’qimalaridan kallusogenez, morfogenezning induktsiyasi va regenerant - o’simlik olish yo’lini beradi
In vitro gaploidlar olish, ularni selekpiyada qullash. Gaploid o’xshashliklar dan foydalanib kerakli kombinatsiyalarni tezroq topish va qisqa vaqt ichida nav yaratish mumknn. Gaploidlar stabil gomozigot tizimlar olishda ishlatiladi. Gaploid asoslar sterildir, lekin ularning xromosomalar to’plamini kolxitsin yordamida ikki marta ko’paytirish mumkin va diploid gomozigot o’simliklar olish mumkin.
3.Nujayra selektsiyasi ishlarini amalga oshirish uchun kallus, suspenzion kulgura yoki ajratilgan protoplastlardan foldalanish mumkin. Hujayra selektsiyasining keyingi uslublaridan biri bu somatik hujayralardan olingan protoplastlarni bir biriga qo’shishdir. Bu uslub, oddiy jinsiy yo’l bilan chatishtirish imkoni bo’lmagan o’simliklarning filogenetik uzoq turlarini chatishtirish imkoniyatini beradi.
Protollast - bu pektin-tsellyulozali qobiqdan maxrum etilgan tirik hujayradir. Hozirgi vaqtda protoplastlarni o’simliklarning ildiz, barg, gul, mevalaridan, kartoshka tuganagidan, turli shishlardan, mikrosporalardan va turli organlar to’qimalaridan ajaratib olish mumkin. Pektoligik, tsellyulotik fermentlar va osmotik aktiv moddalar eritmalari bilan protoplastlarni zararlamasdan hujayra devorini parchalashga eriishsh mumkin.
Agar ajaratilgan protoplastlar ozuqa. muhitlariga ekilsa 3-4 kundan so’ng yana ularning hujayra devori tiklanib, hujayralar bo’limlshga o’tadi. 12-14 inchi kuni hamma hujayralar mikrokoloniyalarga aylanadi. Shundan so’ng hosil bo’lan 20-40 ta huyjayralardan iborat mikrokoloniyalar yangi ozuqa muhitiga o’tkaziladi, bu yerda ular kallus hosil qiladi, Shu kalluslardan regenerant-o’simlik olish mumkin. Ajratilgan protoplastlar qo’lshilish xususiyatiga ega. Bir xil o’simliklar protoplasti, har-xil turga mansub o’simliklar protoplasti va turli oilaga mansub o’simliklar protoplastlarini qo’shish mumkin. Protoplastlarning qo’shilishidan gibridlar yoki tsibridlar hosil bo’ladi. Tsibrid hujayra ikkala partnerning bittasining tsitoplazmasiga, ikkinchisining yadrosiga ega bo’ladi. Tsibridizatsiya tsitoplazma (TsMS) xosgalariga ega bo’lgan genlarni, ba’zi gerbitsid va patogenlarga chidamlilik gellarini o’tkazish imkonini beradi.
4.Xulosa qilib aytganda, hujayra texnologiyasidan foydalanib, selektsiya jarayonlarini tezlashtirish va osonlashtirish, o’simliklarning yalgi shakllarini va navlarini yaratish mumkin.Ajratilgan hujayra va to’qimalarni In vitro o’stish, postgam chatishmaslikni yengish, embriokulturalar olish, qimmatli duragaylarni mikroko’pay tirish, In vitro gaploidlar, somoklonlar olish imkoniyatini beradi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin