1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə42/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
биол маж лекция

Savollar:
1.Hujayra texnologiyasidan selektsiyada foydalanish deganda nimani tushnasiz?
2.Ajratilgan hujayra va to’qimalarni In vitro o’stirysh usullarini aytib berish ?
3.Protoplastdan regenerant-o’simlik olish bosqichlarida nimalar kilish kerak?
4.Protoplastdan hosil 6o’lgan gibrid va tsibrid hujayralarning farqi nimada?.


Mavzu. Agrobakteriyalar asosida o‘simliklar transformatsiyasi
Reja
1. Ti – plazmidalar asosida transformatsiya qilish uchun vektorlar
2.Kointegrativ vektorlar
3.Binar vektorlar
4.Ri – plazmidasi asosida o‘simliklar transformatsiyasi.
5.DNK saqlovchi viruslar asosidagi o‘simlik vektorlari.
6.Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar (transpozonlar) asosidagi vektorlar

Adabiyotlar: 12,15,17,19,20


Tayanch iboralar: Ti – plazmida, Ri – plazmida, vektorlar, kointegrativ, Binar, transpozonlar


1.Ti – plazmidalar asosida transformatsiya qilish uchun vektorlar. Transgen o‘simliklar olishdagi asosiy muammolardan biri o‘simliklar xromosomasiga begona genlarni kiritish ya’ni, o‘simlik hujayralari transformatsiyasi hisoblandi. Bu borada tuproq agrobakteriyalari Ti – plazmidalaridan o‘simliklar transformatsiyasi tabiiy tizimida foydalanish imkoniyatining kashf etilishi muhim turtki bo‘ldi.
Shish hosil qiluvchi kuchli induktorlardan biri Agrobacterium tumefaciens misolida shish chaqiruvchi vosita Ti – plazmida deb nomlangan (ingliz tilidan Tumor inducing – shish chaqiruvchi) maxsus plazmida bo‘lib, uning bir qismi o‘simlik hujayrasi xromosomasiga o‘rnashib olishi aniqlangan (2.1- rasm).
Ti – plazmida uzunligi 200 m.n.j (ming nukleotid juft) dan iborat halqasimon DNK dan tashkil topgan. U bakteriya hujayralarida avtonom replikatsiya bo‘la olish xususiyatiga ega. Ti – plazmidalarni ular sintezlaydigan opinlar tipiga ko‘ra 4 ta guruhga bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha nopalin yoki oktopin aminokislotalarini kodirlaydigan Ti – plazmidalar uchraydi. Agrobakteriya hujayrasi plazmidalarning faqat biri oktopin yoki nopalin kodirlaydigan tipini saqlashi mumkin.
Ti – plazmidaning nodir biologik xususiyatlari uni genlarni ko‘chirib o‘tkazishdagi ideal tabiiy vektorga aylantiradi. Ti – plazmidasi ho‘jayinlarning keng spektriga ega, u T-DNK ni o‘simlik xromosomasiga o‘tkazadi, u erda T-DNK replikatsiyasi amalga oshadi va uning genlari oqsil hosil qilish bilan translyasiya bo‘ladi. T-DNK chegaralari uzunligi 25 nukleotid juftliklardan iborat takrorlanuvchi to‘g‘ri ketma-ketliklardan iborat bo‘lib, bu ketma-ketliklar oralig‘iga ulangan har qanday begona DNK bo‘lagi o‘simlik hujayrasiga o‘ta oladi. Biroq Ti – plazmidasi bilan ishlash uning katta o‘lchamdaligi sababli qiyinchilik tug‘diradi, an’anaviy usullarni qo‘llab, genni plazmidaga ulab bo‘lmaydi. SHuning uchun Ti – plazmida gen muhandisligi usullari yordamida modifikatsiya qilinib, uning asosida o‘simliklar transformatsiyasi uchun vektorlar olingan (2.4 - rasm).

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin