1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati


Transgen hayvonlar yaratish yo‘nalishlari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə53/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74
биол маж лекция

5.Transgen hayvonlar yaratish yo‘nalishlari. Zamonaviy biotexnologiyaning dolzarb yo‘nalishlaridan biri xo‘jalik axamiyati qimmatli bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lgan transgen hayvonlarni, tabiatda o‘xshashi bo‘lmagan organizmlarni yaratish bo‘lib qoldi.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlardatransgen organizmlar olish texnologiyasiga qiziqish ortib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi uchun mahsuldor hayvonlar yaratishga katta mablag‘lar ajratilmoqda. Hozirgi kunda transgen hayvonlar yaratish bir necha yo‘nalishda rivojlanib bormoqda:
-Tarkibida ba’zi komponentlarni yuqori miqdorda tutuvchi mahsulotlar beruvchi ( Masalan, Buyukbritaniyada chedder pishlog‘i ishlab chiqarish uchun to‘g‘ri keladigan sut beruvchi sigirlar podasi mavjud) hayvonlarning yangi porodalarni yaratish.
-O‘ziga xos bo‘lmagan oqsillar sintez qilish xususiyatiga ega bo‘lgan (masalan, insonlar insuliniga xos sintez qiluvchi cho‘chqalar) yaratish
-Insonlar uchun transplantatsiya qilish uchun organlar beruvchi transgen hayvonlar yaratish.
Transgen hayvonlarni yaratish insoniyatning ko‘pgina, oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi, dori preparatlarni ishlab chiqarish va ularni etarli miqdorda olish kabi muammolarni xal qiliga yordam beradi.
6.Transgen hayvonlar olish texnologiyasi
Transgen hayvonlar – bu tajriba asosida olingan, organizmining harbir xujayrasida xromosomaga integratsiya bo‘lgan va nasldan-naslga beriladigan qo‘shimcha gen tutuvchi hayvonlardir.
“Transgenoz termini 1973 yilda genetik jixatdan uzoq bo‘lgan turlarga mansub bo‘lgan organizmlarning genlarini boshqa organizmga ko‘chirib o‘tkazini belgilovchi sifatida taklif etilgan. Transgen hayvonlarni olish klonlangan genlarni (DNK) urug‘langan tuxum xujayra (zigota) yoki embrional tana xujayralar yrdamda amalga oshiriladi. So‘ngra retsipient urg‘ochi hayvonlarning reproduktiv organlariga xususiy yadrosi tana xujayralarining modifikatsiyalangan embrion xujayralari yadrosi bilan almashtirilgan modifikatsiyalangan zigotalar, tuxumxujayralar yoki embrional tana xujayralari begona DNKsini tutuvchi blastotsistalar (embrionlar) ko‘chirib o‘tkaziladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin