1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati


Mavzu-Hayvonlarda gen muxandisligi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə50/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74
биол маж лекция

Mavzu-Hayvonlarda gen muxandisligi.
Transgen hayvonlar yaratish texnologiyasi


Reja:
1. Hayvonlar gen muxandisligi
2. Hayvonlarni genetik modifikatsiya qilishning usullari
3. Gen muxandisligi usullari yordamida yaratilgan transgen hayvonlar
4. Genlarni hayvon hujayrasiga kiritish usullari.
5.Transgen hayvonlar yaratish yo‘nalishlari.
6.Transgen hayvonlar olish texnologiyasi
7.Transgen hayvonlar olish tarixi

1.Hayvonlar gen muxandisligi.Gen injenerligi qisqacha aytganda, genlar ustida turli mani­pulyatsiyalar o‘tkazish, ularni to‘la o‘rganish asosida funksional qisimlariga ega bo‘lish, kerakli joyidan kesish, kerakmas qismini olib tashlab, kerak bo‘lgan qisimlarini boshqa genlardan yoki sin­tez yo‘li bilan olib ulash va shu usulda tayyorlangan duragay yoki rekombinant genni muvofiq organizmga kiritib zarur turlarni yoki preparatlarni sintez qilish va hokazo texnologiyaning yig‘indisidir.
Viruslar bilan prokariot hujayralar orasidagi material­larning ko‘chirilishini, tabiiy sharoitda bakterialarda o‘tadigan rekombinatsiya mexanizimlarini o‘rganish, plazmidalar va mo‘‘tadil faglarning hujayradagi hayotini tushunish genlar ustida turli manipulyatsiyalar o‘tkazish imkonini beradi. Olimlar qo‘lida DNK ning kerakli bir qismini bakteriya hujayrasiga ko‘chirib o‘tqazadigan sistema-plazmidalar ham bor. Bunday transmessiv ko‘chirib o‘tkazuvchi halqli molekulalar-plazmidalar va mo‘‘tadil viruslar vektor deb ataladi. Ularni tabiatning o‘zi biologlarga taqdim qilgan sovg‘a bo‘ldi. Shunday ekan, endi bakteriyalarni kul’turada (ular o‘sadigan muhitda) insonlar uchun kerakli oqsillarni, fermentlarni sintezlashga majbur qilib bo‘lmasmikan?
Bu g‘oyalarni amalda yuzaga chiqishi gen injenerligi yoki gene­tik injenerlik deb atalgan va katta istiqbolga ega bo‘lgan yangi sohani dunyoga keltirdi.
2. Genetik modifikatsiya qilishning usullari. Hayvonlarni genetik modifikatsiya qilishning ikkita usuli mavjud: somatik xujayralarni ( tana xujayralarini) va jinsiy xujayralarni o‘zgartirish usullari bilan. Birinchi usul modifikatsiya qilingan individual organizmlar xujayrasinii o‘zgarishga, ikkinchi usul esa yangi nasldan naslga beriluvchi xususiyatlarni paydo bo‘lishga olib keladi. Somatik xujayralarni modifikatsiyalash to‘rtta bosqichdan iborat:
1. Organizmdan xujayralarni olish.
2. Olingan xujayrasining kulturasini olish.
3.Genni vektorga ulash va xujayraga transformatsiya qilish.
4. Transformatsiyalangan xujayrani organizmga kiritish.
Bu hayvonlar gen terapeyasining asosiy sxemasidir.
Jinsiy xujayralarni o‘zgartirish organizmga yangi nasldan naslga beriladigan irsiy belgilarni beradi. O‘zining avlodlariga yangi irsiy belgilarni beruvchi organizm transgenli organizm deyiladi, yangi organizmga kiritilgan gen transgen deyiladi..

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin