3. Gen muxandisligi usullari yordamida yaratilgan transgen hayvonlar. Transgen hayvonlar olish jarayoni transgen bakteriya olishga nisbatan ancha murakkabdir. Ammo bugungi kunga kelib turli transgen hayvonlar yaratilgan. Bularga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
• turli maqsadlar uchun modifikatsiyalangan sichqonlar. Ulardan ba’zilariga insonlar kasalliklarining inson bo‘lmagan modelini olish uchun insonlarnining genlari kiritilgan. Masalan, gen injenerligi usullari bilan o‘zgartirilgan sichqonlar poliomelit virusi uchun insonlarning xujayra retseptori genini tutadi. Ularning normal sichqonlardan farqi ular mazkur virus bilan zararlanishi mumkin, xatto bu sichqonlarda bu kasallikning belgilari rivojlanishi mumkin. Yana insonlarning immun tizimiga ega bo‘lgan sichqonlarni ham misol sifatida ko‘rishimiz mumkin, bu sichqonlar kasal odamlarsiz ularning kasalliklarini tadqiq etish imkonini beradi.
• gen muxanjisligi usularri yordamida geni o‘zgartirilgan tovuqlar olingan bo‘lib, ular tarkibida insonlar uchun foydali bo‘lgan oqsillar tutuvchi tuxum qo‘yadi;
• genetik modifikatsiyalangan qo‘ylar 1-antitripsin alfa genini tutuvchi sut beradi. Bu oqsilning ikkita funsiyasi mavjud bo‘lmaydigan geni irsiy berilgan odamlar 1-antitripsin alfa etishmovchiligi deb nomlanadigan kasalliklar bilan og‘riydi. Ular o‘pka va jigarni ishdan chiqaradi. ;
• tadqiqotchi Ontario «Envirocho‘chqa» yaratib, uning go‘ngi 60% kam fosfor tutadi;
• genetik muxandisligi usullari yordamida olingan echkilar inson insulini tutuvchi sut beradi, yana boshqalari sutida o‘rgimchaklarning pautina oqsillarini tutadi.
Hayvonlarda gen injenerligini qo‘llash inson uchun kerakli (foydali) genlarni genomga joylashning bajarilishiga bog‘liq. Mana shunday klonlashtirilgan genni hujayra yadrosiga joylab qo‘yishning ikki usuli: pronukleusga genni purkash va virus trasnfeksiyasi usullari mavjud.
Birinchi usul bilan kerakli gen oldin DNK molekulasiga ulanib so‘ngra pronukleusga joylab qo‘yiladi. SHunday yo‘l bilan Vigler va boshqalar gerpes virusdan (NSV-1) olingan va DNK molekulasiga ulangan timidinkinaza fermentini nazorat qiladigan genni sichqon hujayrasiga kiritishdi. Sichqon hujayrasida ushbu ferment bo‘lmagan natijada bir necha bo‘g‘in davomida sichqon hujayralarida timidinkinaza fermenti bo‘lgan.
Ikkinchi usul, ya’ni virus infeksiyasi (transfeksiyasi) hayvonlar hujayrasiga tabiiy genetik informatsiya kiritish hisoblanadi. Bundan tashqari viruslar hujayra transformatsiyasida kerakli (foydali) genlarni kiritish uchun ham hizmat qiladi.
Hozirgi vaqtda har xil retroviruslar (teskari transkripsiya qiluvchi RNK saqlovchi viruslar oilasi) sistemasi vektorlari yaratilgan bo‘lib, ular qushlar va sutemizuvchilar organizmiga tashqaridan gen kiritish xususiyatiga ega.
Genlar organizmga kiritishda viruslardan tashqari mobil elementlar ham mavjud bo‘lib bu 1983 yilda drozofila genomidan ajratilgan. Eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri genlarni zigotaning pronukleusiga in’eksiya qilishdir. Qishloq xo‘jalik hayvonlari zigotasida pronekleusni ajratish qiyin bo‘lgani uchun in’ekssiyani aniq qilishni qiyinlashtiradi. Shunga qaramay Xammer va boshqalar 1985 yilda birinchi bo‘lib transgen cho‘chqa oldilar. Lekin tajribalar mahsuli juda past edi. Masalan, bitta transgen qo‘zi olish uchun 1032 zigotaga in’eksiya qilish, 20 ta transgen cho‘chqa bolasini olish uchun esa 20035 zigotga in’eksiya qilishga to‘g‘ri keladi.