4.Qishloq xo’jaligi amaliyotida fitoregulyatorlarni qo’llash o’simliklarning o’sish jarayonlarini faol boshqarish imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda retardant-moddalar keng tarqalgan bo’lib, bu moddalar sabzavotlar, mevalar va toklarning bo’yiga ortiqcha o’sishini to’xtatib generativ a'zolarning rivojlanishini tezlashtirishga, boshoqli o’simliklarning egilib qolmasliginini oldini olishga erishish mumkin. Retardantlar ta'siri o’simliklar gormonal sistemasiga ta'siri bilai bo’gliq. Nihollarning vegetativ rivojlanishi fitogormonlar kompleksi bilan boshqariladi, ammo gibberelin asosiy stimullovchi ta'sir ko’rsatadi. Retardant moddalar vaqtiicha biosintezni susaytirib, gibberelinning fitogarmonal ta'sirini to’xtatish xususiyatiga ega. Hozirgi vaqtda o’simliklarning o’sish jarayonlarini boshqarish bilan bir qatorda ularning fiziologik tinch holatini boshqarish imkoniyatlari ham mavjud. Bu holat odatda, kartoshka va piyozning saqlanishini yaxshilash uchun ularning fiziologik tinch holatani kuchaytiradi yoki teskari holatini yuzaga keltiradi, yani Janubiy rayonlardan kartoshkadan ikki marta hosil olish uchun tuganaklarning tinch holati buziladi. O’simliklarning fiziologik tinch holatini, shuningdek o’sish jarayonini fitogarmonal sistemalar orqali nazorat qilinadi. Bunda abssizov kislotasi tinch holatni stimullaydi, gibberelin va sntokinilar bu holatdan chiqishni ta'minlaydi. Nihollar, uru’glar, zahira organlarida vegetatsion davr oxirida fitogor mon-ingibitorlar (abssizov kislota)ning maksimal miqdori to’planadi. Yarovizatsiya, stratifikatsiya yoki saqlash davrida abssizov kiolota parchalanadi va o’simliklardagi bor bo’lgan va yangidan sintezlanuvchn gibberelinlar va sitokininlar, o’sish jarayonini boshlanishpi ta'minlaydi.
4.Xulosa qilib aytganda, o’simliklarning o’stirish va rivojlantirish fitoregulya torlari, o’simliklarning ontogenezini boshqarishda asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi
Fitoregulyatorlar-hujayralarning differensirovkasida, hujayralarning bo’linishida, yangi to’qima va organlarning paydo bo’lishida, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishida, ularning hosildorligini oshirishda, maxsulot sifatani yaxshilashni boshqaruvchi asosiy moddalar hisoblanadi.
Savollar: 1 O’simliklarga o’stirish va rivojlantirish gormonlari qanday ta'sir etadi
2.Fitogarmonlarning ta'sir mexanizmini tushuntiring.
3. Retardant moddalarning o’simliklarga ta'sir mexanizmini tushuntiring.
4. Fitogarmonlardan qishloq xo’jaligida foydalanish yo’llarini aytib bering