1-mavzu: Fuqarolik prosessual huquqi fanining tushunchasi, tizimi va prinstiplari Reja



Yüklə 119,71 Kb.
səhifə3/15
tarix29.09.2023
ölçüsü119,71 Kb.
#150452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
маъруза матни

Fuqarolik protsessual huquqi o‘zida fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish jarayonida sud va protsessning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan protsessual normalar tizimini jamlagan huquq sohasi hisoblanadi.

Fuqarolik protsessual huquqi normalari bilan fuqarolik ishlarida ishtirok etuvchi har bir shaxs uchun protsessual huquq va majburiyatlar belgilanadi. Masalan, sud fuqarolik ishini mazmunan ko‘rish va hal etish vakolatiga ega bo‘ladi. SHu bilan birga sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlariga qat'iy amal qilishi talab etiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxalar ko‘chirish, rad etish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimos-nomalari, vajlariga qarshi e'tirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir bo‘lishi va o‘z huquqlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladilar (FPKning 40-moddasi).


Fuqarolik protsessual huquq normalari sud protsessini olib borish tartibini belgilaydi, mazkur tartibni buzuvchi fuqarolik protsessual munosabatning har bir sub'ekti uchun muayyan choralarni nazarda tutadi. Fuqarolik protsessual huquqi normalarining huquqiy tartibga solish ob'ektini fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ishlarini yuritish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi.
Fuqarolik protsessual huquqi huquqning mustaqil tarmog‘i bo‘lgani bois, huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos maxsus predmetiga ega. SHu o‘rinda fuqarolik protsessual huquqi predmetining fuqarolik protsessining predmeti bilan o‘zaro farqli jihatlarini ajrata bilish lozim. Masalan, sud tomonidan odil sudlovni amalga oshirish maqsadida sudda ko‘rilayotgan muayyan fuqarolik ishi fuqarolik protsessining predmeti hisoblanadi. YUridik lug‘atlarda e'tirof etilishicha, fuqarolik ishi – fuqarolik sudida fuqarolik huquqiy qonunlarda nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladigan har qanday ish. Fuqarolik ishiga quyidagilar kiradi: fuqarolik huquqi to‘g‘risidagi kelishmovchilikka doir ishlar; boshqaruv organlari yoki mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlarini fuqarolarning huquqlarini cheklab sodir etgan harakatlari bo‘yicha shikoyatlarga doir ishlar; yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar va maxsus yuritiladigan boshqa ishlar.7


Yüklə 119,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin