Mamlakatimiz fuqarolik protsessual qonunchiligi fuqarolik sud ishlarini yuritishning bir qator turlarini nazarda tutadi. Bular buyruq tartibidagi ishlar; da'vo tartibidagi ishlar; alohida tartibda ko‘riladigan ishlar, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlar, chet davlat sudlarining hamda ched davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bog‘liq ishlar (FPKning 1-moddasi). Mazkur sud ishlarini yuritish turlari fuqarolik ishlarining moddiy-huquqiy xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi.
Buyruq tartibidagi ishlar.Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish mexanizmining samaradorligini oshirish maqsadida, ayrim fuqarolik ishlarini o‘ziga xos moddiy-huquqiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqishning yangi protsessual tartiblari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi sa'yi-harakatlar natijasi o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 12 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublika-sining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan mamlakatimizning birinchi Fuqarolik protsessual kodeksi“Buyruq tartibida ish yuritish”deb nomlangan 201 -bob bilan to‘ldirilgan edi.25 Ushbu norma bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan va 2018 yil 1 apreldan kuchga kirgan FPKning18-bobida ham o‘z ifodasini topgan.
Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish va da'vo arizalari va shikoyatlarni qabul qilish hamda ularni ko‘rib chiqish borasidagi dastlabki jarayonlarni yanada soddalashtirish maqsadida fuqarolik ishlarini sudda ko‘rish va hal qilishning birmuncha soddalashtirilgan tartibi – buyruq tartibida ish yuritish institutining joriy etilishi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga kelib tushayotgan da'vo arizalari, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqishning dastlabki jarayonlarini soddalashtirishda, sudyalar yurituvidagi ish yuklamalarining kamayishida hamda ish sifatining yanada yaxshilanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Buyruq tartibida ish yuritish institutining amalga kiritilishi munosabati bilan nizosiz huquqlarning fuqarolik ishini qo‘zg‘atmasdan, ishni sudda mazmunan ko‘rmay turib, tez va soddalashtirilgan shaklda himoya qilinishiga erishilmoqda.
Huquqni qo‘llash amaliyoti xodimlari ham mazkur institutning ahamiyati haqida to‘xtalib, muqaddam undiruvchining pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi yoki ko‘char mulkni nizosiz talablar bo‘yicha qarzdordan talab qilib olish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ham fuqarolik ishi yuritilganligini, har ikkala taraf sud majlisiga chaqirilib ish hal qilinganligini, endilikda qonun qabul qilingach, mazkur toifadagi arizalar bo‘yicha sudya ishni ko‘rmasdan sud buyrug‘i chiqarish vakolatiga ega bo‘lganligini, bu o‘z navbatida, fuqarolar o‘rtasidagi nizoli bo‘lmagan fuqarolik munosabatlarini ortiqcha sansalorliklarsiz tartibga solish imkoniyatini yaratganligini ta'kidlaganlar.26 Fuqarolik protsessual qonunchiligini yanada takomillashtirish va buyruq tartibida ish yuritish doirasini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustdagi Fuqarolik protsessual kodeksiga turli vaqtlarda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan sud buyrug‘ini chiqarish bo‘yicha talablar ro‘yxati kengaytirilib, jami 5 tani tashkil etgan edi.
Mamlakatimizning yangi qabul qilingan FPKda sud buyrug‘ini berish bo‘yicha talablar ro‘yxati yanada kengaytirilib, ushbu ro‘yxatga ijara shartnomasida belgilangan ijara to‘lovlari muddatida to‘lanmaganligi sababli ushbu to‘lovlarni undirish to‘g‘risida talab hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari a'zolaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish, yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti bo‘lgan ko‘char mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab to‘g‘risida talab kiritildi (FPKning 171-moddasi).
Sud buyruqlari o‘ziga xos bo‘lgan belgilari bilan sud hal qiluv qarorlaridan farqlanadi