1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə4/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

Bizning fikrimizcha, jahon iqtisodiyotini globallashtirish – bu xо‘jalik hayotini zamonaviy butunjahon internatsionallashtirish bosqichidir, uning doirasida jahon xо‘jaligi sifat jihatdan yangi, rivojlanishning avval notanish bо‘lgan tavsiflari va xususiyatlariga ega bо‘ladi. Shunday tavsiflar sifatida jahon xо‘jaligining muvofiq tarzda ortib borayotgan yaxlitligi hamda deyarli jahonning barcha mamlakatlari iqtisodiyotining keskin kuchayib borayotgan о‘zaro bog‘liqligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga dastlab yopiq bо‘lgan mamlakatlarning jalb etilishi, global tovar va ayniqsa moliya bozorlarini shakllantirish jarayonlarini keltirish mumkin.

Y.V.Shishkovning namunaviy ta’rifiga kо‘ra, jahon xо‘jaligi katta yoki kichik yaxlit iqtisodiy tizimdan nafaqat xalqaro mehnat taqsimoti, balki ulkan xalqaro, kо‘pincha butunjahon, ishlab chiqaruvchi-savdo tuzilmalari, global moliyaviy tizim hamda planetar axborot tarmog‘i bilan biriktirilgan yagona butunjahon iqtisodiy tashkilotiga aylana boshladi.

Xalqaro valyuta fondi (XVF) taftishchilari jahon xо‘jaligining globallashtirishini “tovarlar, xizmatlar va jahon kapital oqimi bо‘yicha xalqaro bitimlarning turi va hajmining ortishi, shuningdek, texnologiyalarning nisbatan jadal va keng diffuziyasi natijasida jahonning barcha mamlakatlari ortib boruvchi iqtisodiy о‘zaro bog‘liqligi” sifatida ta’riflaydilar.
XVFning sо‘nggi ma’ruzalaridan birida mazkur nuqtai nazar mantiqan davom ettiriladi: “Globallashtirish nima?”. Ushbu tushunchaning iqtisodiy mazmuni – jahonda milliy iqtisodning, xususan tashqi savdo va moliyaviy oqimlar yordamida yaqinlashishini kuchaytirishni anglatadi. Ba’zan hatto ishchi kuchi, bilim va texnologiyalarning milliy chegaralaridan oqimlarning misli kо‘rilmagan darajada ortib ketishi ham nazarda tutiladi.
Professor A.Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xо‘jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: “Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish - bu erkin savdo tо‘g‘risidagi bitimlar uyg‘unligi, jahonni yagona va о‘ta raqobatli bozorga aylantirgan internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir, degan taklifni kiritadi.
Globallashtirish jarayonlarini tushunishga yondoshuv asosida Jahon banki Prezidenti Dj.Vulfensonning jahon xо‘jaligi va jahon sotsiumi zamonaviy holati tо‘g‘risidagi mulohazalari joy olgan: “Globallashtirish jahonni yagona global tarkibga aylantiradi, milliy va internatsional birliklar esa bir-biriga qо‘shilib ketadi. Sо‘nggi moliyaviy inqiroz, OITS, global isib ketishlarni eslang. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi yashash tarzimiz va biznes uslubimizni о‘zgartiradi. Xususiy sektor – xususiy kapital oqimlarining masalan rivojlanayotgan mamlakatlar hozirga kelib, ushbu mamlakatlarning g‘arbiy moliyalashtirish hukumat manbalaridan besh marotaba ortib ketayotgani, misli kо‘rilmagan darajada taraqqiy etib ketdi. Qashshoq mamlakatlarda tezkor urbanizatsiya yuz berib fuqarolik jamiyati vujudga kelmoqda, demokratiya rivojlanmoqda – hukumat ham markaziy hokimiyatdan mahalliy darajaga bosqichma-bosqich о‘tmoqda. Ushbu yо‘nalishlardan foydalana oladigan mamlakatlar misli kо‘rilmagan darajada ilgariga sakramoqdalar. Integratsiyadan ortda qolayotgan mamlakatlar degradatsiyalanadi (degradatsiya –regressiya – holatning yomonlashuvi). Ularning qoloqlik darajalari ortib borib, boshqa mamlakatlarga nisbatan teng huquqliligi murakkablashib boradi.
Milliy iqtisodiy aloqalarni kuchaytiruvchi nisbatan sezilarli omillaridan biri, shu bilan birga globallashtirish atributi bu – yer sharining deyarli har qanday nuqtasida moliyaviy muassasalarga istalgan miqdordagi mablag‘ni bir zumda о‘tkazib berish imkoniyatini ta’minlovchi global axborot maydoni va global axborot tarmog‘i bо‘lgan global moliya bozorini shakllantirilishi hisoblanadi. Global moliyaviy bozor doirasida milliy bozorlar (yevrobozorlar), shuningdek, offshor moliyaviy bozorlarning ahamiyati oshib boradi. Aynan “Moliyaviy kapital milliy iqtisodiyot chegaralarini buzib о‘tuvchi asosiy omil hisoblanadi».
Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Ishlab chiqarishning xalqaro miqyosda chuqurlashuvi (resurslar almashinuvi hajmi о‘zgarmagan yoki kamaygan holda);
2. Kapitalning xalqaro miqyosdagi hajmining ortishi va harakatining jadallashuvi;
3. Ishlab chiqarish kuchlarining xalqaro miqyosdagi almashinuvi;
4. Global infratuzilma obyektlarining rivojlanishi, axborotlar va ma’lumotlarning xalqaro harakatiga xizmat qiluvchi korxona va tashkilotlar faoliyatining kengayishi;
5. Xalqaro aloqalarning kuchayishi;
6. Jahon xо‘jaligida ishchi kuchi harakati hajmining ortishi va miqyosining kengayishi;
7. Ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa muammolarning jahon xо‘jaligiga ta’siri hamda ularni bartaraf etish yuzasidan hamkorlikning kuchayishi.
Globallashuv bosqichlarini milliy iqtisodiyotga nisbatan 2 turga ajratish mumkin:



Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin