1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


Jahon iqtisodiyoti globallashuvining kо‘rsatgichlari



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə8/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

1.6. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining kо‘rsatgichlari
Jahon banki tomonidan tayyorlangan ma’lumotlariga kо‘ra, dunyoning 20 ta eng boy mamlakati aholisining о‘rtacha daromadlari 20 ta kambag‘al mamlakatlarning о‘rtacha daromadlaridan 37 marta ortiq. Keyingi 40 yilda portlashlar ikki barobarga oshdi. Dunyoning beshta boy va beshta kambag‘al mamlakatlari о‘rtasidagi daromadlardagi uzilishlar esa 1990 yilda 60:1 va 1997 yilda 74:1 tashkil qildi.
Globalizatsiya indeksi kо‘rsatgichlari[1]
Fin eksperti K.Kilyunenning fikricha, “iqtisodiy tizim dunyoning 225 ta boy kishilarining jami boyligi 1 trln. dollardan oshganda sog‘lom hisoblanishi mumkin emas, bu 47% kishini tashkil etuvchi 2,5 mlrd. kambag‘alning yillik daromadlariga teng ... sayyoraning uchta boy kishisining umumiy holati 48 ta rivojlangan mamlakatning jami YAIMini oshiradi”. Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar о‘rtasida ziddiyat unchalik qat’iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan mamlakatlar qatoriga kirib qolgan (BMT tasnifi bо‘yicha). AQSH jahon xо‘jaligida о‘z etakchiligini saqlab qolish va yanada oshirishga, о‘z milliy masalalarini hal qilish uchun globallashtirishning neoliberal variantidan foydalanishga harakat qiladi.
Globallashtirishning, eng avvalo, moliyaviy foydasi, о‘z hududida ta’sis qilingan (1960-1970 yillardayoq), alohida pereferey mamlakatlar, offshor hududlar, xorij kapitalini jalb qilish maqsadida soliqdan ozod qilinganligini olishlari mumkin. Tо‘rt asosiy hududiy guruhni birlashtiruvchi offshor hududlarning yaxlit pleyadasi yuzaga keldi. Karib havzasining offshor hududlari Nyu-York bilan bir vaqtinchalik mintaqada bо‘lgan Shimoliy va janubiy Amerika mamlakatlariga xizmat qiladi. Fors kо‘rfazi mamlakatlaridagi offshor hududlar Yaqin Sharqning neft qazib chiqaradigan mamlakatlariga xizmat qiladi. Tinch okeanining Singapur, Gongkong, shuningdek, Vanuatu, Nauru va boshqa orol hududlari Tokio bilan bir vaqtinchalik mintaqada joylashgan Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarining moliyaviy kapitalidan foydalanadilar.

Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin