1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


 О‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashda jahon tajribasiga suyanish



Yüklə 472,85 Kb.
səhifə13/73
tarix20.10.2023
ölçüsü472,85 Kb.
#158168
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz-hozir.org

2.4. О‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashda jahon tajribasiga suyanish
Mamlakatimizda О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga о‘tishning о‘ziga xos yо‘li konsepsiyasiga amal qilib iqtisodiyotda tub institusional va tarkibiy о‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarishni qayta tashkil etish va davlat tasarrufidagi korxonani xususiylashtirish asosida mulkchilik munosabatlari qayta kо‘rilmoqda, yangi bozor mexanizmlari va bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Shu bilan birga respublikaning XXI asrga qadam qо‘yishi milliy tizimlarga yuksak talablar qо‘yuvchi iqtisodiy integratsiya asosida globallashuvning jahon tendensiyalari kuchaygan bir sharoitga tо‘g‘ri keldi.
Mamlakat birinchi Prezidenti Islom Karimov tashqi iqtisodiy aloqalar muammosiga diqqat e’tiborini qaratib quyidagicha ta’kidlagan edi “Shu narsani qayta-qayta takrorlashga tо‘g‘ri kelmoqda: О‘zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimi bilan integratsiyalashuviga erishmasdan turib, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirmasdan va mustahkamlamasdan turib, eng muhimi xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etmasdan turib, bank va moliya sohalarida, real iqtisodiyotda, birinchi galda yetakchi tarmoqlarda chet el kapitalining ishtirokini kengaytirmasdan turib, iqtisodiyotimizning barqaror taraqqiyotini ta’minlash qiyin”.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida respublika oldida jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvni chuqurlashtirish va jahon amaliyoti yutuqlarini ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishga joriy etish, davlatning tashqi iqtisodiy siyosatini takomillashtirish vazifasi turibdi.
Hozirgi paytda iqtisodiyotni erkinlashtirish, uning ochiqligini kengaytirish, milliy va jahon iqtisodiyoti mintaqalari, tarmoqlarining uzviy о‘zaro aloqa va hamkorligini ta’minlash integratsiyalashuvning obyektiv rolini kuchayishi va rivoji orqali yuz berdi.
Hozirgi zamon jahon iqtisodiy rivojlanish amaliyoti milliy iqtisodiyotlarni yuksaltirishda faqat о‘z kuchlariga tayanish kam samara berishini kо‘rsatadi. Bunday yul iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga tо‘sqinlik qiladi, u milliy resurslardan nooqilona foydalanish bilan aloqador va u pirovard natijada bozor iqtisodiyoti shakllanishi jarayonini qiyinlashtiradi.
О‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi sharoitlarida, tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning prinsipial jihatdan yangi modeliga о‘tish xorijiy mamlakatlar amaliyotining ijobiy jihatlarini va ayrim yutuqlarini respublikamizda qо‘llash alohida ahamiyatga egadir.
О‘zbekistonda, bugungi kunda iqtisodiy integratsiyaning nazariy, amaliy, moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv jihatlarini tadqiq etuvchi kompleks ishlar hamda xorijiy mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bozor mexanizmi amaliyotini qiyosiy tahlil qilishga ma’lumotlar deyarli yetarli. Joriy iqtisodiy muammolarni hal etishning muqobilini aniqlash va О‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida integratsiyalashuv tendensiyalarini amalga oshirish usullarini ishlab chiqish maqsadida iqtisodiy integratsiyalashuvni rivojlantirishda xorijiy tajribani qо‘llash imkoniyatini tahlil etish zarur.
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy integratsiyalashuvi rivojlanishining nazariy-metodologik tahlili, zamonaviy globallashuvning о‘ziga xosligi va uning milliy iqtisodiy tizimlar rivojlanishiga ta’sirini aniqlash integratsiyaning amaliy omillariga baho berishda marketing yondoshuvidan foydalanish va jahon xо‘jalik tizimiga integratsiyalashuv jarayonida О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi tarkibiy о‘zgarishlarni tahlil etish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni isloh qilish, ushbu faoliyatning xorijiy mamlakatlarda va О‘zbekiston Respublikasida tartibga solinishi jarayonlari global iqtisodiyotga integratsiyani predmeti hisoblanadi.
Globallashuv muammolari tadqiqoti tahlili XXI asrdagi asosiy tendensiyalarni anglab olishda jahonni global makon sifatida tasavvur qilishdan kelib chiqish zarurligini kо‘rsatadi.
О‘z navbatida global makon milliy tuzilmalarning jamisi emas, balki milliy iqtisodiyotlar simbiozi, о‘z qonunlari bilan ishlay boshlagan geoiqtisodiyot va integratsiyalangan tizimdir.
Jahon iqtisodiy tizimining globallashuvi hozirgi zamon jahon xо‘jaligining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Globallashuv jarayonlariga ikki turdagi о‘zgarishlar sababchi bо‘ladi: texnologiyalarning rivojlanishini va iqtisodiy siyosatning liberallashuvi.
Bu о‘zgarishlar axborotlar oqimi, iqtisodiyot (daromadlar va boyliklar taqsimlanishi sohasida) ustidan olib borilayotgan davlat nazoratini kamaytiradi, ma’naviy boyliklarni ahamiyatini mustahkamlaydi. Aslida, globallashuvning hukumat faoliyatiga bо‘lgan ta’siri juda murakkab bо‘lib, о‘z ichiga siyosatdagi har xil kuchlar balansini va ta’sirini qamrab oladi.



Yüklə 472,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin