1-mavzu: Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari Reja: O’rgatish jismoniy tarbiya jarayonining bir tomoni ekanligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə11/71
tarix25.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#194093
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
2-kurs JMNM new majmua 2023

Malakaning o’zaro ijobiy aloqasi
O’rganilayotgan harakat akti bilan ilgari o’zlashtirilgan biror akti tuzilishlari o’rtasida o’xshashlik qanchalik ko’p bo’lsa yangi harakat aktini o’rganish shuncha Yengil bo’ladi. Bunga asos harakatlarni o’rganish ketma – ketligini shunday rejalashtirish zarurki, bunda bir harakatni o’zlashtirish ko’nikma va malakaning boshqa harakatini o’rganishga ―ijobiy ko’chishga imkoniyat yaratsin. Bu jixatdan qaraganda, aktlari xar xil bo’lgan mashq turlarida, ayniqsa katta imkoniyatlar mavjuddir. Harakat faoliyatining bunday turlarida harakatlar tuzilishining o’xshashligiga qarab gurux tuzish mumkin. So’ngra harakatlarni guruxlarga, ularni murakkabligiga qarab joylashtirilsa, bu guruxlarning navbatdagi harakatlarga tayyorlanish guruxi bo’lib qoladi. Ko’chish odatda, harakat aktlarini asosiy fazalari o’xshash bo’lganda ijobiy samara beradi. Masalan,
Turli harakatli mashqlar uchun ko’p bo’lmagan sport turlarida ―ijobiy ko’chish xolatida maxsus tayyorgarlik, yani imitatsiyali mashqlar yordamida foydalaniladi. Masalan, kankida yugurish imitatsiyasi va roliklarda yugurish konkida uchish sportida keng va muvoffaqiyatli qo’llaniladi.
Malakaning o’zaro salbiy ta’siri
Tuzilish dastlabki fazalariga o’xshash va keyingilari o’rtasida katta farqlari bo’lgan harakat aktlarini o’zlashtirish jarayonida malakalarning o’zaro salbiy ta‘siri ko’picha sezilib turadi. Agar navbat bilan bunday harakat aktlarni tarkib toptirib ko’rilsa, u vaqtda bir harakatdan ikkinchi xrakatga, yani yangi o’rganilgan dastlabki faza bo’yicha o’xshash bo’lgan harakatgabeihtiyor o’tish mumkin. Asab tizimi o’z faoliyatini xar doim ancha tejam bilan amalga oshirishga intiladi. CHunki I.P.Pavlov va uning shogirdlari ko’rsatib o’tishganidek, asab tizimi uchun odat tusiga kirgan steriotiplik faoliyat, xatto bu faoliyat bir muncha soddaroq bo’lsa ham yangi faoliyatga qaraganda Yengilroqdir. O’rgatish jarayonida o’quv materialini raqobatlashuvchi malakalarning bir vaqtda tarkib topishga yo’l qo’ymaslikni yoki ko’chishning salbiy ta‘siri ancha kam bo’lishini ta‘minlaydigan qilib rejalashtirish muximdir. Masalan, oldin turnik yoki brusda bir oyoqda osilib ko’tarilish emas, balki to’nkarilib ko’tarilish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin