1-mavzu: Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari Reja: O’rgatish jismoniy tarbiya jarayonining bir tomoni ekanligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə9/71
tarix25.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#194093
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
2-kurs JMNM new majmua 2023

Internet saytlari
1. www.gov.uz – Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali.
2. www.lex.uz – Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi.
3. http://www.Ziyonet.uz.


2-mavzu: Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari
Reja:
1. O’rgatish jismoniy tarbiya jarayonining bir tomoni ekanligi.
2. Harakat ko’nikmalarini taraqqiy ettirish qonuniyatlarining o’rgatish jarayonini tashkil etishdagi ahamiyati.
3. Harakat malakalarining tashkil topish qonuniyatlari.
4. Malakaning xarakterli belgilari.
5. Malakaning fiziologik mexanizmi
6. Harakat malakasi shakllanishining fiziologik fazalari.

Tayanch iboralar:harakat ko‘nikmasi, harakat malakasi, malakaning fiziologik belgilari, fiziologik fazalar.


Jismoniy tarbiya jarayonida o’rgatishning asosiy xususiyati bu o’rgatishning harakat malakalari va maxsus bilimlarni egallashga qaratilgandir. O’rgatish shug’ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi bilan maxkam bog’liq bo’ladi. Ta‘lim tarbiya amalyotining xar qanday soxasida bo’lganidek, jismoniy tarbiya jarayonida ham o’qitish o’qituvchi va talabalarning birgalikdagi ijodiy faoliyatlaridan tashkil topadi va bunda, albatta, o’qituvchi etakchi rol o’ynaydi.
Harakatli mashqlarni harakat ko’nikmasi va harakat malakalari bo’lgan taqdirdagina bajarish mumkin. Bu ko’nikma va malakalar harakatlarni boshqaishning muayyan usullarini ifoda etadi.
Harakat ko’nikmalari.
Kishida harakat tajribasi va bilimlari to’planib, jismoniy jixatdan zarur darajada rivoj topgach, kishida biror bir harakat vazifasini xal qilish imkoniyati yaratiladi. Biror harakat faoliyatida masalan (o’yinda, yakkama – yakka kurashish va x.k.) da qatnashishni amalga oshirish uchun kishi ilgari xosil qilgan ko’nikma va malakalardan jismoniy va manaviy, irodaviy sifatlardan ijodiy foydalana oladi. Bilim va tajribalar asosida egallangan harakat ko’nikmalari – harakat faoliyati jarayonida harakatlarni avtomatlashmagan xolatda boshqarish qobiliyatidir.
Jismoniy tarbiya jarayonida ikki xil ko’rinishda bo’lgan harakat ko’nikmalari:
Yaxlit harakat faoliyatini amalga oshira olish.
Xar xil murakkablikda bo’lgan aloxida harakatlarni bajara olish ko’nikmalari xosil qilinadi.

Birinchi ko’rinishdagi ko’nikma murakkab o’zgaruvchan sharoitlarda (o’yin vaziyatida, raqib harakatida) birdan yuzaga keladigan harakat vazifalarini xal qilish bilan bog’liqdir. Bunday harakat faoliyati xar doim anglab, bilib bajariladi, bunday harakat faoliyati to’la avtomatlashgan standart harakaterda bo’la olmaydi. Bu ko’nikmalar malakaga aylanmaydi. O’rganilgan harakat va jismoniy sifatlarni chaqqon va ijodiy ravishda qo’llanish xar doim bu xil ko’nikmalarga xos xususiyat bo’lib qoladi.


Alohida harakatlarni bajara olish ko’nikmasi odatda malaka xosil kilishga tomon qo’yilgan bir qadam bo’ladi. O’rgatish jarayonida bu ko’nikmalar harakat texnikasini dastlabki umumiy tarzda egallashdan tortib, mukammal ravishda egallagunga qadar rivojlanadi. Oddiy va murakkab harakatlarni bajara olish qobiliyati bu harakatlarni bajarish uchun, butun harakat aktini bajarish uchun diqqatni to’plash talab qilingunga qadar ko’nikma doirasida bo’ladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin